وَٱلَّذَانِ يَأْتِيَـٰنِهَا مِنكُمْ فَـَٔاذُوهُمَا ۖ فَإِن تَابَا وَأَصْلَحَا فَأَعْرِضُوا۟ عَنْهُمَآ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ تَوَّابًا رَّحِيمًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizlardan o`sha(fohisha) ishni qilgan ikki erkakka ozor beringlar. Agar ikkovlari tavba qilsalar va tuzalsalar, ularni tek qo`ying. Albatta, Alloh tavbalarni qabul qiluvchi va rahimli Zotdir.Сизлардан ўша(фоҳиша) ишни қилган икки эркакка озор беринглар. Агар икковлари тавба қилсалар ва тузалсалар, уларни тек қўйинг. Албатта, Аллоҳ тавбаларни қабул қилувчи ва раҳимли Зотдир.Alauddin Mansour: Sizlardan ikki erkak shunday qilsa (yaʼni, bachchavozlik yoki fohishabozlik qilsa), ularni (urib-soʻkish bilan) taʼzirlarini beringiz. Agar tavba qilib, oʻzlarini tuzatsalar, ularni tinch qoʻyinglar. Albatta, Alloh tavbalarni qabul qilguvchi va mehribon boʻlgan Zotdir.Сизлардан икки эркак шундай қилса (яъни, баччавозлик ёки фоҳишабозлик қилса), уларни (уриб-сўкиш билан) таъзирларини берингиз. Агар тавба қилиб, ўзларини тузатсалар, уларни тинч қўйинглар. Албатта, Аллоҳ тавбаларни қабул қилгувчи ва меҳрибон бўлган Зотдир.
Bu oyatdagi fohisha ishdan koʻzda tutilgan narsa bachchabozlikdir. Bu razolat ham oʻsha vaqtlarda keng tarqalgan jinoyatlardan boʻlgan. Islom musulmon jamiyatni mazkur yaramaslikdan tozalash uchun ham jiddiy choralar koʻrgan.
«Sizlardan oʻsha(fohisha) ishni qilgan ikki erkakka ozor beringlar».
«Ozor beringlar» degani–soʻkish, ayblash, qoʻlga tushgan narsalar bilan urish, deganidir va bular vaqtinchalik chora hisoblangan. Ishonchli hadis kitoblarining sohiblari Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz alayhissalom: «Kimning Lut qavmi amalini qilayotganini koʻrsangiz, qiluvchini ham, qilinuvchini ham oʻldiring», deganlar. Ammo ushbu oyatda koʻrsatilgan vaqtinchalik chora boʻyicha ozor bergandan soʻng:
«Agar ikkovlari tavba qilsalar va tuzalsalar, ularni tek qoʻying».
Yaʼni, ortiqcha soʻkib, ayblab yurmang. Chunki:
«Albatta, Alloh tavbalarni qabul qiluvchi va rahimli Zotdir».
Bu ikkovining ham tavbalarini qabul etib, rahim qilgan boʻlsa, ajab emas. Ha, Islom xato qilib gunohga qoʻl urgan, keyin esa tavba qilganlarga nisbatan bagʻrikenglik qiladi. Avvalo, ularning yomon yoʻldan qaytib, oʻzlarini oʻnglab olishlari uchun barcha choralarni qoʻllaydi. Ushbu maʼno kelasi oyatlarda ham bayon qilinadi: