QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят17

إِنَّمَا ٱلتَّوْبَةُ عَلَى ٱللَّهِ لِلَّذِينَ يَعْمَلُونَ ٱلسُّوٓءَ بِجَهَـٰلَةٍ ثُمَّ يَتُوبُونَ مِن قَرِيبٍ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ يَتُوبُ ٱللَّهُ عَلَيْهِمْ ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Jaholat-la yomonlik qilib qo`yib, so`ngra tezda tavba qiladiganlarning tavbasi Allohning zimmasidadir. Alloh ana o`shalarning tavbasini qabul qiladir. Va Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.Жаҳолат-ла ёмонлик қилиб қўйиб, сўнгра тезда тавба қиладиганларнинг тавбаси Аллоҳнинг зиммасидадир. Аллоҳ ана ўшаларнинг тавбасини қабул қиладир. Ва Аллоҳ билувчи ва ҳикматли Зотдир.Alauddin Mansour: Albatta, Allohning tavbalarni qabul qilishi faqat bironta gunohni nodonlik bilan qilib qoʻyib, soʻngra darhol tavba qilgan kishilar uchundir. Alloh ana shunday kishilarning tavbasini qabul qilur. Alloh bilim va hikmat egasi boʻlgan Zotdir.Албатта, Аллоҳнинг тавбаларни қабул қилиши фақат биронта гуноҳни нодонлик билан қилиб қўйиб, сўнгра дарҳол тавба қилган кишилар учундир. Аллоҳ ана шундай кишиларнинг тавбасини қабул қилур. Аллоҳ билим ва ҳикмат эгаси бўлган Зотдир.

80-sahifa · 4-juz · 8-hizb80-саҳифа · 4-жуз · 8-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّمَاalbatta, faqatалбатта, фақатٱلتَّوْبَةُtavbani qabul qilishтавбани қабул қилишعَلَىzimmasidadirзиммасидадирٱللَّهِAllohningАллоҳнингلِلَّذِينَoʻshalarga (kimlarki)ўшаларга (кимларки)يَعْمَلُونَqilib qoʻysalarқилиб қўйсаларٱلسُّوٓءَyomonlikёмонликبِجَهَـٰلَةٍۢjaholat-laжаҳолат-лаثُمَّsoʻngraсўнграيَتُوبُونَtavba qiladilarтавба қиладиларمِن-dan-данقَرِيبٍۢtezda (yaqin vaqtda)тезда (яқин вақтда)فَأُو۟لَـٰٓئِكَbas, ana oʻshalarбас, ана ўшаларيَتُوبُtavbasini qabul qiladiтавбасини қабул қиладиٱللَّهُAllohАллоҳعَلَيْهِمْ ۗularningуларнингوَكَانَva erurва эрурٱللَّهُAllohАллоҳعَلِيمًاbiluvchiбилувчиحَكِيمًۭاhikmatli zotdirҳикматли зотдир
TafsirТафсир

Ulamolarimiz jaholatning bu yerdagi maʼnosini hidoyat yoʻlidan adashish, deb taʼriflaganlar. Shunga binoan, yoʻldan adashib, gunoh ishlarni qilib yurganlar «Biz qiladiganimizni qilib boʻldik, endi kech boʻldi, tavba qilib qayerga borar edik» degan fikrga bormasliklari kerak. Ular xatolarini qanchalik tez tushunsalar, qanchalik tezroq tavba qilsalar, oʻzlariga shunchalik yaxshi boʻladi. Agar ular darrov tavba qilsalar, ularning tavbasini qabul etishni Alloh taolo oʻz zimmasiga olgan.

«Jaholat-la yomonlik qilib qoʻyib, soʻngra tezda tavba qiladiganlarning tavbasi Allohning zimmasidadir».

Bu esa, insonga Alloh taolo tomonidan oʻzini oʻnglab olishi uchun, toʻgʻri yoʻlga tushib, yangi hayot boshlashi uchun berilgan katta imkoniyatdir. Bu qulay fursatdan foydalanmaganlar oʻzlariga yomonlik qiladilar. Chunki: