وَلَيْسَتِ ٱلتَّوْبَةُ لِلَّذِينَ يَعْمَلُونَ ٱلسَّيِّـَٔاتِ حَتَّىٰٓ إِذَا حَضَرَ أَحَدَهُمُ ٱلْمَوْتُ قَالَ إِنِّى تُبْتُ ٱلْـَٔـٰنَ وَلَا ٱلَّذِينَ يَمُوتُونَ وَهُمْ كُفَّارٌ ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ أَعْتَدْنَا لَهُمْ عَذَابًا أَلِيمًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yomonliklarni qilib yurib, birlariga o`lim yetganda, endi tavba qildim, deganlarga va kofir hollarida o`lganlarga tavba yo`q. Ana o`shalarga alamli azoblarni tayyorlab qo`yganmiz.Ёмонликларни қилиб юриб, бирларига ўлим етганда, энди тавба қилдим, деганларга ва кофир ҳолларида ўлганларга тавба йўқ. Ана ўшаларга аламли азобларни тайёрлаб қўйганмиз.Alauddin Mansour: Na gunoh ishlarni mudom qilib yurib, qachonki, birovlariga oʻlim kelganida «endi tavba qildim», deydigan va na kofir holda oʻlib ketadigan kimsalarning tavbalari qabul qilinmas. Ular uchun alamli azobni tayyorlab qoʻyganmiz.На гуноҳ ишларни мудом қилиб юриб, қачонки, бировларига ўлим келганида «энди тавба қилдим», дейдиган ва на кофир ҳолда ўлиб кетадиган кимсаларнинг тавбалари қабул қилинмас. Улар учун аламли азобни тайёрлаб қўйганмиз.
Kofir holida oʻlganlarning ishi oʻz-oʻzidan maʼlum: ular toʻppatoʻgʻri doʻzaxga ravona boʻladilar. Ularning tavbalari botil va hech qachon qabul boʻlmaydi. Ammo moʻmin boʻlib turib, moʻminlikka toʻgʻri kelmaydigan ish qilganlar-chi? Ularga iymonlari hurmatidan oʻzini oʻnglab olish imkoni berilgan edi. Tavba eshigi ochilgan edi. Ular gunohlardan tavba qilishlari, yaʼni, qaytishlari lozim edi. Arabchada «tavba» soʻzi «qaytish» maʼnosini anglatadi. Gunohdan qaytib, savobga yurish kerak edi. Ammo vaqtida bu ishni qilmadi. Endi oʻlim koʻziga koʻrinib qolganda, tavba qildim, deganidan nima foyda?
Tavba haqidagi bu oyatlar ham suraning avvalidan boshlab muolaja qilib kelinayotgan musulmon jamoasini johiliyat asoratlaridan poklash ruhiga juda mosdir. Chunki, tavba johiliyat amallarini tark etib, haqiqiy islomiy holatga oʻtish uchun ochilgan katta eshikdir.
Kelajak oyatlarda musulmonlar jamoasini ayollarga nisbatan mavjud boʻlgan baʼzi johiliy zulmlardan xalos qilish haqida soʻz yuritiladi: