QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят2

وَءَاتُوا۟ ٱلْيَتَـٰمَىٰٓ أَمْوَٰلَهُمْ ۖ وَلَا تَتَبَدَّلُوا۟ ٱلْخَبِيثَ بِٱلطَّيِّبِ ۖ وَلَا تَأْكُلُوٓا۟ أَمْوَٰلَهُمْ إِلَىٰٓ أَمْوَٰلِكُمْ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ حُوبًا كَبِيرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va yetimlarga o`z mollarini bering. Nopokni pokka almashtirmang. Ularning mollarini o`zingizning mollaringizga qo`shib yemang. Zero, bu katta gunoh bo`lur.Ва етимларга ўз молларини беринг. Нопокни покка алмаштирманг. Уларнинг молларини ўзингизнинг молларингизга қўшиб еманг. Зеро, бу катта гуноҳ бўлур.Alauddin Mansour: (Voyaga yetganlaridan keyin qoʻl ostingizdagi) yetimlarga mollarini beringiz va (yetimlarning sizlar uchun) nopok boʻlgan mollarini (oʻzingizning haqqingiz boʻlgan) pok narsaga almashtirib olmangiz! Va ularning mollarini oʻzingizning molingizga qoʻshib yemangiz! Zero, bu katta gunoh boʻlgan ishdir.(Вояга етганларидан кейин қўл остингиздаги) етимларга молларини берингиз ва (етимларнинг сизлар учун) нопок бўлган молларини (ўзингизнинг ҳаққингиз бўлган) пок нарсага алмаштириб олмангиз! Ва уларнинг молларини ўзингизнинг молингизга қўшиб емангиз! Зеро, бу катта гуноҳ бўлган ишдир.

77-sahifa · 4-juz · 8-hizb77-саҳифа · 4-жуз · 8-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَءَاتُوا۟va beringва берингٱلْيَتَـٰمَىٰٓyetimlargaетимларгаأَمْوَٰلَهُمْ ۖoʻz mollariniўз моллариниوَلَاva emasва эмасتَتَبَدَّلُوا۟almashtiringалмаштирингٱلْخَبِيثَnopokniнопокниبِٱلطَّيِّبِ ۖpokkaпоккаوَلَاva emasва эмасتَأْكُلُوٓا۟yenglarенгларأَمْوَٰلَهُمْularning mollariniуларнинг моллариниإِلَىٰٓ-ga qoʻshib-га қўшибأَمْوَٰلِكُمْ ۚoʻz mollaringizgaўз молларингизгаإِنَّهُۥzero, buзеро, буكَانَboʻladiбўладиحُوبًۭاgunohгуноҳكَبِيرًۭاkattaкатта
TafsirТафсир

Ushbu oyatdagi xitob umuman musulmonlar ommasiga, xususan yetimlarning kafillariga qaratilgandir. Balogʻatga yetmagan yosh bolalar otasi oʻlib qolsa, yetim boʻladilar. Ularni ota tomonidan yoki ular boʻlmasa, boshqa tomondan boʻlgan qarindoshlar yoxud umuman boshqa birorta musulmon oʻz kafolatiga oladi. Yetimga kafil boʻlgan kishi uning barcha ishlariga, shu jumladan, molu mulkiga ham rahbarlik qiladi. Yetim bola yosh boʻlib, molu mulkni toʻgʻri tasarruf qilishga salohiyati yetmagani uchun, kafil uning mol-mulkini muhofaza etishga masʼul boʻladi. Bola balogʻatga yetishi bilan yetimligi tugaydi. Endi u oʻz holicha tasarruf qilishga oʻtadi. Voyaga yetgan inson sifatida oʻz mol-mulkini tasarruf qilish imkoniga ega boʻladi. Shuning uchun ham, oyatdagi:

«Va yetimlarga oʻz mollarini bering», degan jumlani «voyaga yetganlarida» degan qoʻshimcha ila anglatish kerak boʻladi. Johiliyatda, yaʼni islomiy nizomdan boshqa tuzumlarda yetimlarning haqqiga eʼtibor berilmaydi, bu haq doimo poymol qilinadi, yetim haqqiga xiyonat avj olgandir. Islomda esa, ularning haqlari toʻla muhofaza qilingan.

«Nopokni pokka almashtirmang» jumlasida birovning molini oʻz moliga almashtirmaslik, xususan, yetimlarning molini oʻz moliga aralashtirib-almashtirmaslik tushunilishi lozim. Bu hol turlicha koʻrinishlarda boʻlishi mumkin. Biz mol deganda faqat pulni tushunib qolganmiz. Chunki uzoq davom etgan xudosiz tuzum boshqa mulkka egalikni man qilgan edi. Yuqoridagi jumlani «ularning yaxshi mollarini oʻzingizning sifatsiz molingizga almashtirib qoʻymang» deb tushunsa boʻladi. Misol uchun, yetimning yaxshi uyi, yeri, chorvasi, ulushi va boshqa mulklari boʻlishi mumkin. Kafil yetimning oʻsha yaxshi, sifatli mollarini oʻziniki qilib, oʻrniga oʻzining sifatsiz molini bersa, nopokni pokka almashtirgan hisoblanadi. Yaʼni, kafil oʻziga nopok boʻlgan molni olib, oʻrniga oʻzining halol-pok molini bergan–almashtirgan boʻladi.

«Ularning molini oʻzingizning molingizga qoʻshib yemang».

Bu iborada ham yetimlarning himoyasi yaqqol koʻrinib turibdi. Kafillar: «Men shu yetimga kafilman, unga qarayapman, tarbiya qilyapman», degan maʼnodagi daʼvolar bilan oʻzlariga topshirilgan yetimning mollarini ham oʻz mollariga qoʻshib yeb yuborish odati bor edi. Bu esa, yetimga nisbatan katta zulmdir. Oyati karima yetimning molini yeyishni man etyapti. Bu ishni katta gunoh deb eʼlon qilyapti:

«Zero, bu katta gunoh boʻlur».