وَلَا تَنكِحُوا۟ مَا نَكَحَ ءَابَآؤُكُم مِّنَ ٱلنِّسَآءِ إِلَّا مَا قَدْ سَلَفَ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ فَـٰحِشَةً وَمَقْتًا وَسَآءَ سَبِيلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Otalaringiz o`z nikohlariga olgan ayollarni siz o`z nikohingizga olmang! Avval o`tgan bo`lsa, mayli. Bu ish, albatta, fohisha, g`azabnok ish va qanday ham yomon yo`ldir!Оталарингиз ўз никоҳларига олган аёлларни сиз ўз никоҳингизга олманг! Аввал ўтган бўлса, майли. Бу иш, албатта, фоҳиша, ғазабнок иш ва қандай ҳам ёмон йўлдир!Alauddin Mansour: Otalaringiz uylangan xotinlarni nikohingizga olmang! Magar ilgari oʻtgan boʻlsa, (uylangan boʻlsangiz, Alloh afv etar). Albatta, bu xunuk va jirkanch boʻlgan yomon qiliqdir.Оталарингиз уйланган хотинларни никоҳингизга олманг! Магар илгари ўтган бўлса, (уйланган бўлсангиз, Аллоҳ афв этар). Албатта, бу хунук ва жирканч бўлган ёмон қилиқдир.
Johiliyat davrida oʻgay onaga uylanish odati bor edi. Bu koʻpincha «azl»ga–ayollarni zulm ila behuda tutib turishga ham sabab boʻlar edi. Chunki, aksar paytda bolaning katta boʻlib voyaga yetishini, soʻngra otasining xotiniga–oʻgay onasiga uylanishini kutishga toʻgʻri kelar edi. Agar oʻgʻli otasi oʻlgan paytda voyaga yetgan boʻlsa, oʻgay onasi unga meros tariqasida xotin boʻlib qolar edi. Alloh taolo ushbu oyati karimani nozil qilib, bu ishni harom etdi.
«Otalaringiz oʻz nikohlariga olgan ayollarni siz oʻz nikohingizga olmang! Avval oʻtgan boʻlsa, mayli».
Yaʼni, ushbu oyati karima nozil boʻlgandan keyin otaning nikohida boʻlgan ayolga oʻgʻil nikohlanishi tamoman harom etildi. Oyati karima nozil boʻlishidan oldin, johiliyat odati boʻyicha bu ish sodir etilgan boʻlsa, kechiriladi. Alloh taolo musulmonlarga oʻz otalari uylangan ayolga uylanishni shu yoʻl ila harom etdi. Harom etganda ham, otaning nikohida boʻlgan ayollarga oʻgʻilning uylanishi mumkin emasligini eʼlon qilib qoʻyish bilan kifoyalanmay, bu ishning gʻazabnok ekanini ham aytdi, Allohning gʻazabini chiqaradigan ish naqadar yomon yoʻl, deb taʼrifladi.
«Bu ish, albatta, fohisha, gʻazabnok ish va qanday ham yomon yoʻldir!»
Haqiqatan ham, bu ish insongarchilikka-da toʻgʻri kelmaydi. Chunki, ota bilan muqaddas aloqada boʻlgan ayol oʻgʻilga ona hisoblanadi. Otasining hurmati bor, axir! Ikkinchidan, odatda er oʻz xotinining birinchi erini yomon koʻradi. Agar oʻgʻil otasining xotiniga uylansa, marhum otasiga munosabati qanday boʻladi? Oyatning bu ishni gʻoyat katta razolat deb taʼriflashining boisi ham–shu. Bu ishni qilgan odamga nisbatan koʻriladigan chora ham nihoyatda qattiq– kim shunday razolatga botsa, dindan qaytgan hisoblanadi. Oʻzini oʻldiriladi, molu mulki musulmonlarning baytul moliga qoʻshiladi.
Imom Ahmad va «Sunan» deb nomlangan toʻrt mashhur kitob sohiblari Baro ibn Ozib roziyallohu anhudan, u kishi oʻz togʻalari Abu Burdadan rivoyat qilishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u kishini otasidan keyin oʻgay onasiga uylangan bir odamga yuborib, uni oʻldirib, molini olib kelishga amr qilganlar.
Imom Ahmad rivoyat qiladilar:
«al-Baro ibn Ozib aytadiki: «Oldimdan amakim (Horis ibn Umayr) Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam bergan bayroqni koʻtarib oʻtib qoldi. Unga:
«Ha, amaki, Paygʻambar alayhissalom sizni qayoqqa yubordilar?» deb soʻradim. U kishi:
«Otasining xotiniga uylangan kishiga yubordilar. Uning kallasini olishga amr qildilar», dedi».
Koʻrinib turibdiki, Baro ibn Ozib roziyallohu anhudan kelgan rivoyat ikki xil boʻlib, biri togʻalari Abu Burdadan, ikkinchisi amakilari Horis ibn Umayrdan ekan.
Keyingi oyatlarda oilani va u orqali jamiyatni johiliyat asoratlaridan poklash davom etadi. Nikohi harom boʻlgan ayollarning bayoni bevosita keladi: