QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят23

حُرِّمَتْ عَلَيْكُمْ أُمَّهَـٰتُكُمْ وَبَنَاتُكُمْ وَأَخَوَٰتُكُمْ وَعَمَّـٰتُكُمْ وَخَـٰلَـٰتُكُمْ وَبَنَاتُ ٱلْأَخِ وَبَنَاتُ ٱلْأُخْتِ وَأُمَّهَـٰتُكُمُ ٱلَّـٰتِىٓ أَرْضَعْنَكُمْ وَأَخَوَٰتُكُم مِّنَ ٱلرَّضَـٰعَةِ وَأُمَّهَـٰتُ نِسَآئِكُمْ وَرَبَـٰٓئِبُكُمُ ٱلَّـٰتِى فِى حُجُورِكُم مِّن نِّسَآئِكُمُ ٱلَّـٰتِى دَخَلْتُم بِهِنَّ فَإِن لَّمْ تَكُونُوا۟ دَخَلْتُم بِهِنَّ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ وَحَلَـٰٓئِلُ أَبْنَآئِكُمُ ٱلَّذِينَ مِنْ أَصْلَـٰبِكُمْ وَأَن تَجْمَعُوا۟ بَيْنَ ٱلْأُخْتَيْنِ إِلَّا مَا قَدْ سَلَفَ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ غَفُورًا رَّحِيمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizlarga onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, emizgan onalaringiz, emikdosh opa-singillaringiz, xotinlaringizning onalari, o`zingiz qovushgan xotinlaringizning qaramog`ingizdagi qizlari harom qilindi. Agar u(xotin)lar bilan qovushmagan bo`lsangiz, (qizlariga uylanishingizda) gunoh yo`q. Va pushtingizdan bo`lgan o`g`illaringizning xotinlari, opa-singilni qo`shib olmog`ingiz harom qilindi. Magar avval o`tgan bo`lsa, mayli. Albatta, Alloh mag`firat qiluvchi va rahimli Zotdir.Сизларга оналарингиз, қизларингиз, опа-сингилларингиз, аммаларингиз, холаларингиз, ака-укаларингизнинг қизлари, опа-сингилларингизнинг қизлари, эмизган оналарингиз, эмикдош опа-сингилларингиз, хотинларингизнинг оналари, ўзингиз қовушган хотинларингизнинг қарамоғингиздаги қизлари ҳаром қилинди. Агар у(хотин)лар билан қовушмаган бўлсангиз, (қизларига уйланишингизда) гуноҳ йўқ. Ва пуштингиздан бўлган ўғилларингизнинг хотинлари, опа-сингилни қўшиб олмоғингиз ҳаром қилинди. Магар аввал ўтган бўлса, майли. Албатта, Аллоҳ мағфират қилувчи ва раҳимли Зотдир.Alauddin Mansour: Sizlar uchun onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, emizgan onalaringiz, emishgan opa-singillaringiz, qaynonalaringiz, jinsiy aloqada boʻlgan xotinlaringizning tarbiyangizda boʻlgan qizlari (mana shu sanab oʻtilgan ayollarga uylanish harom qilindi) — agar xotinlaringiz bilan jinsiy aloqada boʻlmagan boʻlsangiz (ularni taloq qilgandan keyin avvalgi erlaridan tugʻilgan qizlariga uylansangiz), sizlar uchun gunoh yoʻqdir. Yana oʻz pushti kamaringizdan boʻlgan oʻgʻillaringizning xotinlariga (uylanishingiz) hamda opa-singilni jamlashlaringiz (yaʼni, birini taloq qilmay turib boshqasiga uylanishlaringiz harom qilindi). Magar ilgari oʻtgan boʻlsa (Alloh afv etar). Albatta, Alloh magʻfiratli va mehribon boʻlgan Zotdir.Сизлар учун оналарингиз, қизларингиз, опа-сингилларингиз, аммаларингиз, холаларингиз, ака-укаларингизнинг қизлари, опа-сингилларингизнинг қизлари, эмизган оналарингиз, эмишган опа-сингилларингиз, қайноналарингиз, жинсий алоқада бўлган хотинларингизнинг тарбиянгизда бўлган қизлари (мана шу санаб ўтилган аёлларга уйланиш ҳаром қилинди) — агар хотинларингиз билан жинсий алоқада бўлмаган бўлсангиз (уларни талоқ қилгандан кейин аввалги эрларидан туғилган қизларига уйлансангиз), сизлар учун гуноҳ йўқдир. Яна ўз пушти камарингиздан бўлган ўғилларингизнинг хотинларига (уйланишингиз) ҳамда опа-сингилни жамлашларингиз (яъни, бирини талоқ қилмай туриб бошқасига уйланишларингиз ҳаром қилинди). Магар илгари ўтган бўлса (Аллоҳ афв этар). Албатта, Аллоҳ мағфиратли ва меҳрибон бўлган Зотдир.

81-sahifa · 4-juz · 8-hizb81-саҳифа · 4-жуз · 8-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
حُرِّمَتْharom qilindiҳаром қилиндиعَلَيْكُمْsizlargaсизларгаأُمَّهَـٰتُكُمْonalaringizоналарингизوَبَنَاتُكُمْva qizlaringizва қизларингизوَأَخَوَٰتُكُمْva opa-singillaringizва опа-сингилларингизوَعَمَّـٰتُكُمْva ammalaringizва аммаларингизوَخَـٰلَـٰتُكُمْva xolalaringizва холаларингизوَبَنَاتُva qizlariва қизлариٱلْأَخِaka-ukalaringizningака-укаларингизнингوَبَنَاتُva qizlariва қизлариٱلْأُخْتِopa-singillaringizningопа-сингилларингизнингوَأُمَّهَـٰتُكُمُva onalaringizва оналарингизٱلَّـٰتِىٓki, ularки, уларأَرْضَعْنَكُمْsizni emizganсизни эмизганوَأَخَوَٰتُكُمva opa-singillaringizва опа-сингилларингизمِّنَ-dan-данٱلرَّضَـٰعَةِemikdoshlikэмикдошликوَأُمَّهَـٰتُva onalariва оналариنِسَآئِكُمْxotinlaringizningхотинларингизнингوَرَبَـٰٓئِبُكُمُva oʻgay qizlaringizва ўгай қизларингизٱلَّـٰتِىki, ularки, уларفِى-da-даحُجُورِكُمqaramogʻingizқарамоғингизمِّن-dan-данنِّسَآئِكُمُxotinlaringizхотинларингизٱلَّـٰتِىki, ularки, уларدَخَلْتُمqovushganқовушганبِهِنَّular bilanулар биланفَإِنbas, agarбас, агарلَّمْemasэмасتَكُونُوا۟boʻlsangizбўлсангизدَخَلْتُمqovushganқовушганبِهِنَّular bilanулар биланفَلَاbas, yoʻqбас, йўқجُنَاحَgunohгуноҳعَلَيْكُمْsizlargaсизларгаوَحَلَـٰٓئِلُva xotinlariва хотинлариأَبْنَآئِكُمُoʻgʻillaringizningўғилларингизнингٱلَّذِينَki, ularки, уларمِنْ-dan-данأَصْلَـٰبِكُمْpushtingizпуштингизوَأَنvaваتَجْمَعُوا۟qoʻshib olmogʻingizқўшиб олмоғингизبَيْنَorasiniорасиниٱلْأُخْتَيْنِikki opa-singilикки опа-сингилإِلَّاmagarмагарمَاnarsaнарсаقَدْbatahqiqбатаҳқиқسَلَفَ ۗavval oʻtganаввал ўтганإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳكَانَerurэрурغَفُورًۭاmagʻfirat qiluvchiмағфират қилувчиرَّحِيمًۭاrahmliраҳмли
TafsirТафсир

Avvalda nikoh muqaddas aloqa ekani aytib oʻtildi. Albatta, bu aloqani toʻgʻri holda oʻrnatish kerak. Buning uchun esa, uylanmoqchi boʻlgan inson oʻziga mos juft tanlamoqi zarur. Tanlash jarayonida eʼtibor berish farz boʻlgan shart–xotinlikka tanlanayotgan ayolning nikohi tanlovchi erkakka halol boʻlishi kerak. Islom shariati musulmon erkaklarga ayrim toifa ayollarga uylanishni harom qilgan. Mazkur toifalar ushbu oyatda, bundan oldingi va keyingi oyatlarda va Paygʻambarimiz sollalohu alayhi vasallamning hadislarida bayon qilingan. Bu boradagi ilohiy taʼlimot va amrlar shulardan iborat boʻladi. Islomdan boshqa din va tuzumlarda ham ushbu masalada oʻz taʼlimotlari va hukmlari bor. Ularning baʼzilari Islomniki bilan toʻgʻri kelsa, koʻplari notoʻgʻridir. Baʼzi tuzumlarda Alloh harom qilgan toifadagi ayollarning nikohini halol qilishgan. Hatto onasiga uylanishga ham ruxsat berilgan. Boshqa bir tuzumlarda esa, qabilasi boshqa, tanasining rangi boshqa, tabaqasi boshqa yoki shunga oʻxshash boshqa shartlar ila ayollarning nikohi harom qilingan. Islom esa, ulkan hikmatlarni eʼtiborga olib, nasab aloqasi, emishlik aloqasi va qudachilik aloqasi tufayli maʼlum toifa ayollarning nikohini maʼlum toifa erkaklarga harom qilgan. Buni bir-bir oʻrganib chiqaylik:

Nasab aloqasi tufayli nikohi harom boʻlgan ayollar:

«Sizlarga onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa- singillaringizning qizlari», harom qilindi.

1. Nikohi harom qilingan ayollar toifasi oyati karimada «onalar»dan boshlangan.

Bu narsa nasab jihatidan asl boʻlganlarning nikohi haromligiga ishoratdir. Onaga, ota-onaning onalariga erkakning nikohi haromdir. Buni sharhlashga hojat boʻlmasa kerak. Oʻz onasiga erlik qilish nafaqat insonga, balki vahshiy hayvonlar tabiatiga ham ziddir. Axir, u onasining bir parchasi hisoblanadi. Buning ustiga, nasab jihatidan yaqin boʻlgan kishilarning nikohi ikki tomon sogʻliqi uchun ham zarar ekani hammaga maʼlum. Ulardan boʻlgan farzandlar nimjon, kasalmand va nogiron boʻlib tugʻilishi aniqlandi.

2. Keyingi toifa «qizlaringiz»dir.

Bunga kishining oʻzidan tarqagan zurriyotlari, jumladan, nabira qizlari va ulardan keyingi tabaqalar ham kiradi. Oʻziga jigargoʻsha boʻlmish qizining eri boʻlishni ravo koʻrish uchun inson insonlikdan chiqishi kerak! Bu ish insoniy tabiatga mutlaqo zid boʻlgani uchun ham Islom shariatida harom qilingandir.

3. «Opa-singillaringiz».

Tugʻishgan boʻlsa ham, ota bir, ona boshqa yoki ona bir, ota bosh- qa boʻlsa ham, opa-singillarning nikohlari haromdir. Avvalo, bularning asllari bir–bir qondan, bir qorindan paydo boʻlib, bir xil sutdan katta boʻlganlar. Insoniylik tabiatining oʻzi ularning eru xotin boʻlishini koʻtarmaydi. Ularning nikohlaridan keladigan tabiiy zararlardan tashqari, ijtimoiy zararlari ham koʻp. Agar mazkur shaxslar orasida nikoh joiz boʻlsa, ular bir oila aʼzolari sifatida birga yashash va insoniy aloqalarda boʻlish imkoniga ega boʻlmay qoladilar. Chunki, nikohi joiz erkak-ayol bir joyda turishi, yolgʻiz qolishi koʻplab muammolarni keltirib chiqaradi. Xotin erini uning opa-singillaridan ham qizgʻanadigan boʻlib qoladi. Bu mulohaza boshqa toifalarga ham joriydir.

4. «Ammalaringiz va xolalaringiz».

Bular bilan ham nasab aloqalari boʻlib, bu odamlar ham yuqorida zikr qilingan toifalarga oʻxshashdir. Amma-xolalar, odatda, onaning oʻrniga oʻtadigan, ota va ona tarafning vakillari hisoblanadi. Ular bilan nikohda boʻlish sogʻliq, axloq-odob va qarindoshlik jihatlaridan katta zararlar keltiradi.

5. «Aka-ukalaringizning qizlari va opa-singillaringizning qizlari».

Bular ham nasab tomonidan aloqador boʻlib, avvalgi zikr qilingan va yana Allohning Oʻzi biladigan boshqa hikmatlar uchun nikohlari harom qilingan.

Emizish tufayli nikohi harom boʻlgan ayollar:

«...emizgan onalaringiz, emikdosh opa-singillaringiz» nikohi harom qilindi.

6. Bu jumlada emish orqali nikohi harom boʻlgan ayollar zikr qilinmoqda. Oyati karimada faqat ikki toifa–emish tufayli aslga aylangan, yaʼni ona boʻlganlar va ularning shoxobchalari boʻlmish emikdosh opa-singillargina zikr qilinmoqda. Paygʻambarimiz alay- hissalom esa, bu borada: «Nasab jihatidan (nikohi) harom boʻlganlar emish jihatidan ham harom boʻladilar», deganlar. Yaʼni nasab jihatidan qaysi toifadagi ayollarning nikohi harom boʻlsa, emish tufayli ham oʻsha toifalarning nikohi harom boʻladi. Bunday hukmlar ostiga kiradigan emish shuki, ikki yoshdan kichik boʻlgan goʻdakning onasidan boshqa, sutli ayolni toʻyib emishidir. Ana oʻshanda u ayol bolaning onasiga, eri esa otasiga, bolalari aka-ukasi va opasingillariga aylanadilar. Shuningdek, boshqa qarindoshlar ham emgan bolaga xesh boʻladilar. Bu hukmning hikmati toʻlaligicha Allohning Oʻziga maʼlum. Ammo baʼzi hikmatlari ushbu oyati karima nozil boʻlganidan bir necha asrlar oʻtib maʼlum boʻldi. Goʻdakning suyagi va eti ona sutidan shakllanar ekan. Bir onaning sutini emib katta boʻlgan insonlarning fiziologik xususiyatlari bir xil shakllangani tufayli ular orasida nikoh aloqasi boʻlsa, oʻzlariga ham, ulardan boʻlgan bolalarga ham katta zarar boʻladi. Buni musulmonlardan boshqalar endi-endi tushunib kelmoqdalar.

Qudachilik asosida nikohi harom qilingan ayollar:

«...xotinlaringizning onalari, oʻzingiz qovushgan xotinlaringizning qaramogʻingizdagi qizlari harom qilindi. Agar u(xotin)lar bilan qovushmagan boʻlsangiz, (qizlariga uylanishingizda) gunoh yoʻq. Va pushtingizdan boʻlgan oʻgʻillaringizning xotinlari, opa-singilni qoʻshib olmogʻingiz harom qilindi. Magar avval oʻtgan boʻlsa, mayli. Albatta, Alloh magʻfirat qiluvchi va rahimli Zotdir».

7. «Xotinlaringizning onalari».

Qaynonalar va katta qaynonalarga (qaynota tarafdan boʻlsa ham, qaynona tarafdan boʻlsa ham) uylanish kuyov uchun harom. Bular qudachilik aloqalari tufayli nikohi harom boʻlgan ayollar toifasiga kiradilar. Qaynona ham ona, unga uylanish hech mumkin emas. Qizi bilan boʻlgan oilaviy hayotning hurmati bor. Soʻngra, agar qaynonaga uylanish mumkin boʻlsa, qizi erini undan qizgʻanib, ona-bolaning orasidagi aloqalar ham buzilishi tabiiy.

8. «Oʻzingiz qovushgan xotinlaringizning qaramogʻingizdagi qizlari».

Shariat hukmi boʻyicha, erkak va ayol rozi boʻlib, aqdu nikoh oʻtishi bilan eru xotinga aylanadilar. Birga er-xotinlik qilib yashasalar, arabcha «duxul boʻldi», deyiladi. Ammo aqdu nikohdan soʻng birga yashamasdan turgan hollari ham boʻlishi mumkin. Bu ikki holatning oʻziga xos hukmlari bor. Ushbu holatlarni biz tarjimada «qovushgan» yoki «qovushmagan» deb zikr qildik. Ana oʻsha holatlarga tegishli hukmlardan biri nikohi harom boʻlgan ayollar masalasida ham kelmoqda. Yaʼni, bir odam ayol kishi bilan aqdu nikohni oʻtkazgan boʻlsa-yu, «duxul» qilgan, yaʼni, qovushgan ham boʻlsa, oʻsha xotinning avvalgi eridan boʻlgan qizi bu erkakka harom boʻladi. Oyati karimada «qaramogʻingizdagi qizlari» deyilishi gʻolibo odatni eʼtiborga olib aytilgan. Aslida, oʻgay qiz oʻgay otasining qaramogʻida boʻlmasa ham, unga nikohi harom boʻlaveradi. Bu hukmning hikmati ham aniq koʻrinib turibdi. Agar erkak kishiga oʻgay qiziga uylanishga ruxsat berilsa, u qizning oʻz onasi bilan munosabatlari qiyinlashadi. Qolaversa, oʻgay qiz ham qiz oʻrnida. Ammo yuqoridagi shartga koʻra, aqdu nikohi boʻlgan-u, hali duxul boʻlmagan ayol bilan ajrashsa, uning qiziga uylansa boʻladi.

9. «Va pushtingizdan boʻlgan oʻgʻillaringizning xotinlari».

Yaʼni, kelinlar. Bu yerda «pushtingizdan boʻlgan oʻgʻillaringiz» deb qayd qilish bilan birga, tutingan oʻgʻillar bu hukmga kirmasligi ayon boʻlmoqda. Kelinlarga uylanishni man qilishda axloqiy, insoniy eʼtiborlar bilan birga, xuddi yuqoridagi holatlarga oʻxshab, qarindoshlik aloqalarini ehtiyotlash hikmati ham bor.

Mazkur toifalarning nikohi abadiy haromdir.

10. «Opa-singilni qoʻshib olmogʻingiz harom qilindi».

Yaʼni, bir kishi oʻz nikohida turgan xotinining opa-singlisiga uylanishi mumkin emas. Bunday nikohning haromligi vaqtinchadir. Agar nikohida turgan opa yoki singil ila nikoh aloqasi uzilsa, u holda uning opasi yo singlisiga uylansa boʻlaveradi.

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam ayol bilan uning ammasini yoki xolasini qoʻshib xotin qilmoqlikni man qilganlar. Bunday nikohlar qarindosh xotinlar orasidagi munosabatlarni buzadi, shu uchun harom qilingan.

Oyatning oxirida:

«Magar avval oʻtgan boʻlsa, mayli», deyilmoqda.

Yaʼni, Islomning ushbu hukmi tushguncha bunga oʻxshash nikohlar boʻlgan boʻlsa, kechiriladi. Chunki, hukm joriy qilinmasdan oldin eski urf-odatga binoan qilingan, deb hisoblanadi.

Imom Ahmad ibn Hanbal al-Zahhok ibn Feruzdan, u kishi otasidan qilgan rivoyatda: «Musulmon boʻlganimda ikki xotinim bir- biriga opa-singil edi. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam ulardan birini taloq qilishimni buyurdilar», deydi.