QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят24

۞ وَٱلْمُحْصَنَـٰتُ مِنَ ٱلنِّسَآءِ إِلَّا مَا مَلَكَتْ أَيْمَـٰنُكُمْ ۖ كِتَـٰبَ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ ۚ وَأُحِلَّ لَكُم مَّا وَرَآءَ ذَٰلِكُمْ أَن تَبْتَغُوا۟ بِأَمْوَٰلِكُم مُّحْصِنِينَ غَيْرَ مُسَـٰفِحِينَ ۚ فَمَا ٱسْتَمْتَعْتُم بِهِۦ مِنْهُنَّ فَـَٔاتُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ فَرِيضَةً ۚ وَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ فِيمَا تَرَٰضَيْتُم بِهِۦ مِنۢ بَعْدِ ٱلْفَرِيضَةِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلِيمًا حَكِيمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qo`lingizga mulk bo`lib tushganlardan boshqa erli ayollar ham (harom qilindi). Bu sizlarga Allohning yozganidir. Ana o`shalardan boshqalarni poklik va zino aralashtirmagan holda mollaringiz ila talab qilmog`ingiz halol qilindi. Ulardan huzurlanishingiz sababidan mahrlarini bering. Bu farzdir. Farz mahrdan keyin o`zaro rozilik ila kelishganingiz gunoh emas. Albatta, Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.Қўлингизга мулк бўлиб тушганлардан бошқа эрли аёллар ҳам (ҳаром қилинди). Бу сизларга Аллоҳнинг ёзганидир. Ана ўшалардан бошқаларни поклик ва зино аралаштирмаган ҳолда молларингиз ила талаб қилмоғингиз ҳалол қилинди. Улардан ҳузурланишингиз сабабидан маҳрларини беринг. Бу фарздир. Фарз маҳрдан кейин ўзаро розилик ила келишганингиз гуноҳ эмас. Албатта, Аллоҳ билувчи ва ҳикматли Зотдир.Alauddin Mansour: Yana erlik ayollar (ham harom qilindi). Magar (urush-janglarda) ega boʻlgan choʻrilaringiz haloldir. (Bu hukmlarni) Alloh zimmangizga farz qilib qoʻydi. Mana shulardan boshqa ayollarga zino qiluvchi boʻlmagan holingizda mollaringizni mahr qilib berish bilan uylanishga harakat qilish sizlar uchun halol qilindi. Ular bilan nikoh orqali yaqinlik qilishingiz bilan belgilangan mahrlarini beringiz! Mahr belgilanganidan keyin oʻzlaringiz kelishib olishingizda (yaʼni, ular oʻz ixtiyorlari bilan haqqi-mahrlaridan kechib yuborishlarida) sizlar uchun gunoh yoʻqdir. Albatta, Alloh bilim va hikmat egasi boʻlgan Zotdir.Яна эрлик аёллар (ҳам ҳаром қилинди). Магар (уруш-жангларда) эга бўлган чўриларингиз ҳалолдир. (Бу ҳукмларни) Аллоҳ зиммангизга фарз қилиб қўйди. Мана шулардан бошқа аёлларга зино қилувчи бўлмаган ҳолингизда молларингизни маҳр қилиб бериш билан уйланишга ҳаракат қилиш сизлар учун ҳалол қилинди. Улар билан никоҳ орқали яқинлик қилишингиз билан белгиланган маҳрларини берингиз! Маҳр белгиланганидан кейин ўзларингиз келишиб олишингизда (яъни, улар ўз ихтиёрлари билан ҳаққи-маҳрларидан кечиб юборишларида) сизлар учун гуноҳ йўқдир. Албатта, Аллоҳ билим ва ҳикмат эгаси бўлган Зотдир.

82-sahifa · 5-juz · 9-hizb82-саҳифа · 5-жуз · 9-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ وَٱلْمُحْصَنَـٰتُva erli ayollar (harom)ва эрли аёллар (ҳаром)مِنَ-dan-данٱلنِّسَآءِayollarаёлларإِلَّاmagarмагарمَاnarsaнарсаمَلَكَتْmulk boʻlib tushganмулк бўлиб тушганأَيْمَـٰنُكُمْ ۖqoʻlingizgaқўлингизгаكِتَـٰبَyozganidirёзганидирٱللَّهِAllohningАллоҳнингعَلَيْكُمْ ۚsizlargaсизларгаوَأُحِلَّva halol qilindiва ҳалол қилиндиلَكُمsizlargaсизларгаمَّاnarsalarнарсаларوَرَآءَboshqaбошқаذَٰلِكُمْana oʻshalardanана ўшаларданأَن-ki-киتَبْتَغُوا۟talab qilmogʻingizталаб қилмоғингизبِأَمْوَٰلِكُمmollaringiz ilaмолларингиз илаمُّحْصِنِينَpoklik ilaпоклик илаغَيْرَemasэмасمُسَـٰفِحِينَ ۚzino aralashtiruvchiзино аралаштирувчиفَمَاbas, nimaikiбас, нимаикиٱسْتَمْتَعْتُمhuzurlanishingizҳузурланишингизبِهِۦundanунданمِنْهُنَّulardanуларданفَـَٔاتُوهُنَّbas, ularga beringбас, уларга берингأُجُورَهُنَّmahrlariniмаҳрлариниفَرِيضَةًۭ ۚfarz oʻlaroqфарз ўлароқوَلَاva yoʻqва йўқجُنَاحَgunohгуноҳعَلَيْكُمْsizlargaсизларгаفِيمَاnarsadaнарсадаتَرَٰضَيْتُمoʻzaro rozilik ila kelishganingizўзаро розилик ила келишганингизبِهِۦu haqdaу ҳақдаمِنۢ-dan-данبَعْدِkeyinкейинٱلْفَرِيضَةِ ۚfarz mahrфарз маҳрإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳكَانَerurэрурعَلِيمًاbiluvchiбилувчиحَكِيمًۭاhikmatliҳикматли
TafsirТафсир

Bu oyati karimaning avvalida nikohi harom qilingan ayollarning zikri davom etmoqda. Ularning oxirgi toifasi oʻlaroq erli ayollar keltirildi.

«Qoʻlingizga mulk boʻlib tushganlardan boshqa erli ayollar ham (harom qilindi)».

Demak, eri bor ayolga uylanish harom. Eri oʻlib yoki eridan ajrashib idda oʻtirgan ayollar ham idda muddati orasida erlik ayollar qatoriga kiradi. Bularning nikohi ham vaqtincha haromdir.

Oyatda erli ayollardan «qoʻlingizga mulk boʻlib tushganlar» istisno qilinmoqda. Yaʼni, urushda dushman tomondan musulmonlar qoʻliga tushgan ayollar, erlari boʻlsa ham, hayz koʻrganlaridan keyin, ularga molik boʻlgan musulmonlarga halol boʻlaveradi.

Soʻngra oyatda:

«Bu sizlarga Allohning yozganidir», deyiladi.

Yaʼni, mazkur hukmlar Allohning amridir. Boshqa birovniki emas. Shuning uchun ham, unga amal qilish barchaning burchi. Burchni ado etmaganlar jazoga loyiqdir.

Nikohi harom qilingan ayollarni birma-bir sanab oʻtilgandan soʻng, nikohi halollarning umumiy bayoni kelgan:

«Ana oʻshalardan boshqalarni poklik va zino aralashtirmagan holda mollaringiz ila talab qilmogʻingiz halol qilindi».

Bu jumladagi, «mollaringiz ila talab qilmogʻingiz», degani mahrini berib uylanmogʻingiz maʼnosini anglatadi. Demak, nikohi halol boʻlgan ayollarga uylanayotgan vaqtida har bir kishi amal qilishi lozim boʻlgan bir necha shart bor ekan. Oyatda ulardan poklik, zino aralashtirmaslik va mahr berish shartlari taʼkidlanmoqda. Keyingi jumlada esa, mahr berishning baʼzi sababi zikr qilinmoqda:

«Ulardan huzurlanganingiz sababidan mahrlarini bering».

Mahr kelin turmush qurishga rozi boʻlganini, xotin boʻlib bir yostiqqa bosh qoʻyayotganini taqdirlash sifatida beriladi.

«Bu farzdir».

Yaʼni, kelinga kuyov tomonidan mahr berilishi farzdir. Busiz nikoh nikoh boʻlmaydi.

«Farz mahrdan keyin oʻzaro rozilik ila kelishganingiz gunoh emas».

«Farz mahr» degani nikoh aqdi paytida ikki tomon kelishgan maʼlum miqdor mahrdir. Demak, avval bir miqdor mahrga kelishilgan boʻlsa-yu, keyin baʼzi oʻzgarishlar paydo boʻlib, yana kelishilgan holda mahrning miqdori oʻzgartirilsa, gunoh boʻlmaydi. Ammo albatta mahrni berish kerak. Xiyonat qilmaslik lozim. Agar zikr etilgan hukmlarga itoat etmaydiganlar boʻlsa, bilib qoʻysinlar:

«Albatta, Alloh biluvchi va hikmatli zotdir».

Oʻsha vaqtlarda hamma ham mazkur va boshqa shartlarni oʻrniga qoʻyish imkoniga ega boʻlmagan. Ayniqsa, mahr topish masalasi qiyin boʻlgan. Quyidagi oyatda ana shunday holga tushganlarning vaziyati muolaja qilinadi: