QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят25

وَمَن لَّمْ يَسْتَطِعْ مِنكُمْ طَوْلًا أَن يَنكِحَ ٱلْمُحْصَنَـٰتِ ٱلْمُؤْمِنَـٰتِ فَمِن مَّا مَلَكَتْ أَيْمَـٰنُكُم مِّن فَتَيَـٰتِكُمُ ٱلْمُؤْمِنَـٰتِ ۚ وَٱللَّهُ أَعْلَمُ بِإِيمَـٰنِكُم ۚ بَعْضُكُم مِّنۢ بَعْضٍ ۚ فَٱنكِحُوهُنَّ بِإِذْنِ أَهْلِهِنَّ وَءَاتُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ بِٱلْمَعْرُوفِ مُحْصَنَـٰتٍ غَيْرَ مُسَـٰفِحَـٰتٍ وَلَا مُتَّخِذَٰتِ أَخْدَانٍ ۚ فَإِذَآ أُحْصِنَّ فَإِنْ أَتَيْنَ بِفَـٰحِشَةٍ فَعَلَيْهِنَّ نِصْفُ مَا عَلَى ٱلْمُحْصَنَـٰتِ مِنَ ٱلْعَذَابِ ۚ ذَٰلِكَ لِمَنْ خَشِىَ ٱلْعَنَتَ مِنكُمْ ۚ وَأَن تَصْبِرُوا۟ خَيْرٌ لَّكُمْ ۗ وَٱللَّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizlardan kim hur mo`minalarni nikohiga olishga imkon topmasa, qo`lingizda mulk bo`lgan mo`mina qizlaringizdan (uylansin). Alloh iymoningizni biluvchi Zotdir. Hammalaringiz birsiz. Ularni nikohingizga ahllarining izni ila oling. Va yaxshilik bilan mahrlarini bering. Ular pokiza, zinokor emas va o`ynash tutmagan bo`lsinlar. Erga tekkanlaridan so`ng fohisha ish qilsalar, ularga hur ayollarga beriladigan azobning yarmi beriladir. Bu buzilishdan qo`rqqanlar uchundir. Sabr qilmog`ingiz siz uchun yaxshidir. Alloh mag`firatli va rahimlidir.Сизлардан ким ҳур мўминаларни никоҳига олишга имкон топмаса, қўлингизда мулк бўлган мўмина қизларингиздан (уйлансин). Аллоҳ иймонингизни билувчи Зотдир. Ҳаммаларингиз бирсиз. Уларни никоҳингизга аҳлларининг изни ила олинг. Ва яхшилик билан маҳрларини беринг. Улар покиза, зинокор эмас ва ўйнаш тутмаган бўлсинлар. Эрга текканларидан сўнг фоҳиша иш қилсалар, уларга ҳур аёлларга бериладиган азобнинг ярми бериладир. Бу бузилишдан қўрққанлар учундир. Сабр қилмоғингиз сиз учун яхшидир. Аллоҳ мағфиратли ва раҳимлидир.Alauddin Mansour: Sizlardan kimda-kim ozod moʻmina ayollarga uylanish imkoniyatiga ega boʻlmasa, qoʻllaringizdagi moʻmina choʻrilardan biriga uylanaversin. Alloh iymonlaringizni juda yaxshi bilguvchidir. Birovingiz birovingizdandirsiz (yaʼni, hammangizning aslingiz bittadir). Bas, ulardan oʻzlarini saqlagan, fohishalik qilmagan va maxfiy oʻynashlar tutmaganlariga xojalarining izni bilan uylanaveringlar va mahrlarini toʻkis qilib beringlar! Endi erga tekkach, agar buzuqlik qilsalar, ularga ozod ayollarga beriladigan azobning yarmi berilur. Bu (yaʼni, choʻrilarga uylanish ruxsati) orangizdagi buzilib ketishdan qoʻrqqan kishilar uchundir. Sabr qilib (uylanmay turishlaringiz) oʻzingiz uchun yaxshiroqdir. Alloh magʻfiratli va mehribondir.Сизлардан кимда-ким озод мўмина аёлларга уйланиш имкониятига эга бўлмаса, қўлларингиздаги мўмина чўрилардан бирига уйланаверсин. Аллоҳ иймонларингизни жуда яхши билгувчидир. Бировингиз бировингиздандирсиз (яъни, ҳаммангизнинг аслингиз биттадир). Бас, улардан ўзларини сақлаган, фоҳишалик қилмаган ва махфий ўйнашлар тутмаганларига хожаларининг изни билан уйланаверинглар ва маҳрларини тўкис қилиб беринглар! Энди эрга теккач, агар бузуқлик қилсалар, уларга озод аёлларга бериладиган азобнинг ярми берилур. Бу (яъни, чўриларга уйланиш рухсати) орангиздаги бузилиб кетишдан қўрққан кишилар учундир. Сабр қилиб (уйланмай туришларингиз) ўзингиз учун яхшироқдир. Аллоҳ мағфиратли ва меҳрибондир.

82-sahifa · 5-juz · 9-hizb82-саҳифа · 5-жуз · 9-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَنva kimва кимلَّمْemasэмасيَسْتَطِعْqodir boʻlsaқодир бўлсаمِنكُمْsizlardanсизларданطَوْلًاimkon (boylik)имкон (бойлик)أَن-ni-ниيَنكِحَnikohiga olishgaникоҳига олишгаٱلْمُحْصَنَـٰتِhur pokizaҳур покизаٱلْمُؤْمِنَـٰتِmoʻminalarniмўминаларниفَمِنbas, -danбас, -данمَّاnarsaнарсаمَلَكَتْmulk boʻlganмулк бўлганأَيْمَـٰنُكُمqoʻlingizdaқўлингиздаمِّن-dan-данفَتَيَـٰتِكُمُkanizaklaringizканизакларингизٱلْمُؤْمِنَـٰتِ ۚmoʻminaмўминаوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳأَعْلَمُbiluvchi zotdirбилувчи зотдирبِإِيمَـٰنِكُم ۚiymoningizniиймонингизниبَعْضُكُمbaʼzingizбаъзингизمِّنۢ-dan-данبَعْضٍۢ ۚbaʼzingiz (hammangiz birsiz)баъзингиз (ҳаммангиз бирсиз)فَٱنكِحُوهُنَّbas, ularni nikohingizga olingбас, уларни никоҳингизга олингبِإِذْنِizni ilaизни илаأَهْلِهِنَّahllariningаҳлларинингوَءَاتُوهُنَّva ularga beringва уларга берингأُجُورَهُنَّmahrlariniмаҳрлариниبِٱلْمَعْرُوفِyaxshilik bilanяхшилик биланمُحْصَنَـٰتٍpokiza boʻlsinlarпокиза бўлсинларغَيْرَemasэмасمُسَـٰفِحَـٰتٍۢzinokorзинокорوَلَاva emasва эмасمُتَّخِذَٰتِtutganтутганأَخْدَانٍۢ ۚoʻynashўйнашفَإِذَآbas, qachonkiбас, қачонкиأُحْصِنَّerga tekkanlaridaэрга текканларидаفَإِنْbas, agarбас, агарأَتَيْنَqilsalarқилсаларبِفَـٰحِشَةٍۢfohisha ishфоҳиша ишفَعَلَيْهِنَّbas, ularga (beriladir)бас, уларга (бериладир)نِصْفُyarmiярмиمَاnarsaningнарсанингعَلَىustidagiустидагиٱلْمُحْصَنَـٰتِhur ayollarҳур аёлларمِنَ-dan-данٱلْعَذَابِ ۚazobазобذَٰلِكَbuбуلِمَنْkimsa uchundirкимса учундирخَشِىَqoʻrqqanқўрққанٱلْعَنَتَbuzilishdanбузилишданمِنكُمْ ۚsizlardanсизларданوَأَنvaваتَصْبِرُوا۟sabr qilmogʻingizсабр қилмоғингизخَيْرٌۭyaxshidirяхшидирلَّكُمْ ۗsiz uchunсиз учунوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳغَفُورٌۭmagʻfiratliмағфиратлиرَّحِيمٌۭrahmlidirраҳмлидир
TafsirТафсир

Imkoni bor odam hur ayolga uylangani yaxshi, buning har tomonlama afzalliklari bor. Ammo, buning imkonini topa olmasa, choʻrilarga uylansin. Choʻri ayollar bilan boʻladigan aloqasi halol-pok nikoh aloqasi boʻlsin.

«Sizlardan kim hur moʻminalarni nikohiga olishga imkon topmasa, qoʻlingizda mulk boʻlgan moʻmina qizlaringizdan (uylansin)».

Qurʼoni Karim «moʻmina qizlaringizdan» degan iborani «choʻrilaringizdan», degan iboraning oʻrniga ishlatgan. Bu bilan ularning shaʼni koʻtarilmoqda, ular ham Islom nazarida boshqalardan farq qilmasliklari taʼkidlanmoqda. Xuddi shu oliy maʼnoni yana ham mustahkamlash uchun oyat davomida:

«Alloh iymonlaringizni biluvchi Zotdir. Hammangiz birsiz», deyilmoqda.

Demak, inson turli oʻlchovlar, jumladan, hur yoki qulligi bilan emas, iymoni bilan qimmatlidir. Kelgusi jumla ham choʻrilarga nisbatan odobli va yuksak ruhdagi eʼtiborni davom ettirib:

«Ularni nikohingizga ahllarining izni ila oling», deydi.

Egalari, xojalari, xoʻjayinlari kabi soʻzlarning oʻrniga «ahllarining» deyilishi katta maʼnoni anglatadi. Shu bilan birga, ayollarning choʻri boʻlgani mahrni bekor qilishga yoki mahrini xoʻjayiniga berishga olib kelmaydi. Choʻri ayolga mahr berish ham farz. Bu ish muhimligidan oyatda:

«Va yaxshilik bilan mahrlarini bering», deyilmoqda.

Joʻngina, mahrlarini bering, deb qoʻymasdan, «yaxshilik bilan»ning qoʻshib aytilishi ham hikmatlidir. Choʻri kelinning choʻriligini yuziga solmasdan, kamsitmasdan, yaxshilik bilan mahrini bering, degan maʼnoni anglatadi.

Islom dini taʼlimotlari choʻrilar harom yoʻldan yurmasliklarini, balki halol-pok boʻlib, nikoh yoʻlidan borishlarini taʼkidlaydi:

«Ular pokiza, zinokor emas va oʻynash tutmagan boʻlsinlar».

Bunday holatni faqat Islom taʼlimotlaridagina koʻrish mumkin. Choʻrilarning pokiza boʻlishiga, zino qilmasliklariga va oʻynash tutmasliklariga kim bunchalik eʼtibor bergan! Choʻrilarning shaʼnini shunchalik koʻtarish bilan birga, ularning yelkasiga masʼuliyat ham yuklanadi:

«Erga tekkanlaridan soʻng fohisha ish qilsalar, ularga hur ayollarga beriladigan azobning yarmi beriladir».

Maʼlumki, erli hur ayolning zinosi isbotlansa, oʻlguncha toshboʻron qilinadi. Oila qurmagan hur ayol zino qilsa, yuz darra uriladi. Ushbu oyatda, hur ayollarga beriladigan azobning yarmi haqida soʻz ketmoqda. Ochiq koʻrinib turibdiki, bu yerda nazarda tutilgan azob darra urishdir. Demak, erli choʻrining zinosi sobit boʻlsa, unga ellik darra uriladi. Ularning choʻrilik holatidan kelib chiqib shunday hukm joriy qilingan. Albatta, ular hur ayollar kabi qulayliklarga ega emaslar. Turmush jarayonida turli holatlarni boshdan oʻtkazishlari mumkin. Shular eʼtiboridan ularga nisbatan toshboʻron jazosi bekor qilingan va darra urish yuztadan elliktaga tushirilgan. Bu hol Islomning insonparvarligining bir koʻrinishidir. Boshqa tuzumlarda kiborlarga jazo bekor qilinib, bechoralarga kuchaytirilishi hammaga maʼlum.

Oyatning davomida:

«Bu buzilishdan qoʻrqqanlar uchundir», deyiladi. Yaʼni, bu ish– hur ayollarga uylanish imkonini topa olmaganlarning choʻrilarga uylanishi xotinsizlikka chiday olmay buzilib, zino yoʻliga kirib ketishdan qoʻrqqanlar uchundir.

«Alloh magʻfiratli va rahimlidir».

Keyingi oyatlarda yuqorida zikr etilgan hukmlar va taʼlimotlar nima uchun joriy qilinganining bayoni keladi: