QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят26

يُرِيدُ ٱللَّهُ لِيُبَيِّنَ لَكُمْ وَيَهْدِيَكُمْ سُنَنَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِكُمْ وَيَتُوبَ عَلَيْكُمْ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh sizlarga bayon qilib berishni, sizni oldingilarning yo`liga hidoyat qilishni va tavbalaringizni qabul etishni xohlaydir. Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.Аллоҳ сизларга баён қилиб беришни, сизни олдингиларнинг йўлига ҳидоят қилишни ва тавбаларингизни қабул этишни хоҳлайдир. Аллоҳ билувчи ва ҳикматли Зотдир.Alauddin Mansour: Alloh sizlarga shariat hukmlarini bayon qilishni, sizlarni ilgari oʻtgan (haq yoʻldagi) zotlarning yoʻllariga hidoyat qilishni va tavbalaringizni qabul qilishni istaydi. Alloh bilim va hikmat Egasidir.Аллоҳ сизларга шариат ҳукмларини баён қилишни, сизларни илгари ўтган (ҳақ йўлдаги) зотларнинг йўлларига ҳидоят қилишни ва тавбаларингизни қабул қилишни истайди. Аллоҳ билим ва ҳикмат Эгасидир.

82-sahifa · 5-juz · 9-hizb82-саҳифа · 5-жуз · 9-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يُرِيدُxohlaydiхоҳлайдиٱللَّهُAllohАллоҳلِيُبَيِّنَbayon qilib berishniбаён қилиб беришниلَكُمْsizlargaсизларгаوَيَهْدِيَكُمْva sizni hidoyat qilishniва сизни ҳидоят қилишниسُنَنَyoʻligaйўлигаٱلَّذِينَoʻshalarningўшаларнингمِن-dan-данقَبْلِكُمْoldingilarолдингиларوَيَتُوبَva tavbalaringizni qabul etishniва тавбаларингизни қабул этишниعَلَيْكُمْ ۗsizlardanсизларданوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳعَلِيمٌbiluvchiбилувчиحَكِيمٌۭhikmatli zotdirҳикматли зотдир
TafsirТафсир

Oyatda, bayon qilib berishni xohlaydi, deyilganda, nimani bayon qilib berish ekanligi qayd etilmagan. Bu Qurʼoniy uslub katta maʼnolarni oʻz ichiga oladi. Oʻquvchi oʻzi avvalgi oyatlarning maʼnolaridan chiqarib olaveradi. Demak, Alloh taoloning xohlagani bandalariga bayon qilishdir, ulardan yashirish yo tushunmaydigan qilish va topishmoqqa aylantirish emas. Alloh taoloning musulmonlarni Oʻz bayoniga munosib kishilar deb topishi, ularga bayonni yuborishi ham ulkan eʼtibordir.

«Sizni oldingilarning yoʻliga hidoyat qilishni...» xohlaydi.

Musulmonlardan oldingi oʻtgan qavmlar ham musulmon boʻlganlar. Ularning yoʻlini ham Allohning Oʻzi koʻrsatib bergan. Shuning uchun ham, bu yoʻlning asli mustahkam. Barcha iymonlilar bosib oʻtgan va bosib oʻtajak yoʻl. Alloh taolo oʻta ishonchli va ilohiy yoʻlni oxirgi ummatga–Muhammad alayhissalomning ummatlariga bayon qilib, ularni oʻsha yoʻlga hidoyat etishni xohlaydi.

«Va tavbalaringizni qabul etishni xohlaydir».

Demak, Alloh taoloning hamma narsani bayon qilib berishdan, oʻtgan azizlarning yoʻliga hidoyat qilishdan maqsadi–adashganlar tavba qilishi va ularning tavbasini qabul etib, rahim koʻrsatib, yoʻlni osonlashtirishdir.

«Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir».

U zot hamma narsani biluvchi boʻlganidan ham uning bayonlari va koʻrsatgan yoʻllari ilmiydir. Har bir narsani avvalidan oxirigacha yaxshi bilib, oqibatini ham yaxshi bilib turib koʻrsatmalar beradi. Bu ilm cheksiz va azaliydir.

Alloh taolo hikmatli Zot boʻlganidan koʻrsatmalarining hammasi hikmatga asoslangandir.

Ha,