وَٱللَّهُ يُرِيدُ أَن يَتُوبَ عَلَيْكُمْ وَيُرِيدُ ٱلَّذِينَ يَتَّبِعُونَ ٱلشَّهَوَٰتِ أَن تَمِيلُوا۟ مَيْلًا عَظِيمًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh sizning tavbangizni qabul qilishni xohlaydir. Shahvatlarga ergashadiganlar esa, ulkan og`ishga moyil bo`lishingizni xohlaydir.Аллоҳ сизнинг тавбангизни қабул қилишни хоҳлайдир. Шаҳватларга эргашадиганлар эса, улкан оғишга мойил бўлишингизни хоҳлайдир.Alauddin Mansour: Alloh tavbalaringizni qabul qilishni istaydi, hoyu havasga berilgan kimsalar esa (haq yoʻldan) butunlay ogʻib ketishingizni istaydilar.Аллоҳ тавбаларингизни қабул қилишни истайди, ҳою ҳавасга берилган кимсалар эса (ҳақ йўлдан) бутунлай оғиб кетишингизни истайдилар.
Ushbu oyati karimada Alloh taolo yer yuzida oʻz shariatini, dasturini joriy etishdan koʻzlagan maqsadini anglatmoqda. Shu bilan birga, oʻz hoyi-havasi va shahvatiga ergashgan kishilarning–odamlarni Allohning koʻrsatmasini qoʻyib, oʻzlarining koʻrsatmalariga yurishga chaqirayotganlarning niyatlaridan ogoh etmoqda.
Alloh yoʻl koʻrsatish, bayon qilib berish, hidoyatga boshlash bilan bandalarning tavbasini qabul qilishni, notoʻgʻri yoʻldan qaytarib, toʻgʻri yoʻlga solishni xohlaydi. «Shahvatlarga ergashadiganlar» esa, odamlarni Allohning yoʻlidan butunlay adashtirishni xohlaydilar. Ular Islom tuzumidan, ilohiy tuzumdan boshqa tuzumlarga chorlovchilardir. Ular odamlarni nima qilib boʻlsa ham, Islom yoʻliga yuritmaslikka chiranadilar. Ular taklif qilayotgan yoʻl oʻzlari oʻylab chiqargan yoʻldir. Yoʻl oʻylab chiqaruvchilar koʻp boʻlganidan, har biri ham oʻz hoyi-havasi va shahvatiga binoan yoʻl tuzadi, shuning uchun oyati karima ularni «shahvatlariga ergashadiganlar», deb koʻplikda zikr etmoqda.
Ushbu suraning avvalida zikr qilinib kelinayotgan masalalarda ham xuddi shunday: Alloh taolo oilaviy ishlarda, meros masalasida, zinodan poklanish, jamiyatni bu ishdan toʻgʻri yoʻlga solishda–barcha ishlarda bandalarning tavbasini qabul qilishni xohlaydi. Ularni toʻgʻri, pok yoʻlga solishni xohlaydi.
Shahvatlariga ergashuvchilar esa, harom-xarish yoʻlni, zinoni, adashuvni, nopoklikni xohlaydilar. Ularning bu ishlari odamlarni ulkan ogʻishga moyil qilib tarbiyalaydi. Haqiqatan ham, Alloh koʻrsatgan yoʻl qolib, shahvatiga, hoy-havasiga berilgan bandaning yoʻliga yurish ulkan ogʻishdir.