QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят29

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَأْكُلُوٓا۟ أَمْوَٰلَكُم بَيْنَكُم بِٱلْبَـٰطِلِ إِلَّآ أَن تَكُونَ تِجَـٰرَةً عَن تَرَاضٍ مِّنكُمْ ۚ وَلَا تَقْتُلُوٓا۟ أَنفُسَكُمْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِكُمْ رَحِيمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Bir-birlaringizning mollaringizni botil yo`l bilan yemang. Magar o`zaro rozilik ila tijorat bo`lsa, mayli. O`zingizni o`zingiz o`ldirmang. Albatta, Alloh sizlarga rahimlidir.Эй, иймон келтирганлар! Бир-бирларингизнинг молларингизни ботил йўл билан еманг. Магар ўзаро розилик ила тижорат бўлса, майли. Ўзингизни ўзингиз ўлдирманг. Албатта, Аллоҳ сизларга раҳимлидир.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, mollaringizni oʻrtalaringizda nohaq (yaʼni, oʻgʻrilik, qaroqchilik, sudxoʻrlik, poraxoʻrlik, qimor kabi) yoʻllar bilan yemangiz! Balki oʻzaro rizolik bilan boʻlgan savdo-sotiq orqali mol-dunyo kasb qilingiz. Hamda bir-birlaringizni oʻldirmangiz! Albatta, Alloh sizlarga mehribon boʻlgan Zotdir.Эй мўминлар, молларингизни ўрталарингизда ноҳақ (яъни, ўғрилик, қароқчилик, судхўрлик, порахўрлик, қимор каби) йўллар билан емангиз! Балки ўзаро ризолик билан бўлган савдо-сотиқ орқали мол-дунё касб қилингиз. Ҳамда бир-бирларингизни ўлдирмангиз! Албатта, Аллоҳ сизларга меҳрибон бўлган Зотдир.

83-sahifa · 5-juz · 9-hizb83-саҳифа · 5-жуз · 9-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَoʻshalarўшаларءَامَنُوا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларلَاemasэмасتَأْكُلُوٓا۟yemanglarемангларأَمْوَٰلَكُمmollaringizniмолларингизниبَيْنَكُمbir-birlaringizningбир-бирларингизнингبِٱلْبَـٰطِلِbotil yoʻl bilanботил йўл биланإِلَّآmagarмагарأَن-ki-киتَكُونَboʻlsaбўлсаتِجَـٰرَةًtijoratтижоратعَنilaилаتَرَاضٍۢoʻzaro rozilikўзаро розиликمِّنكُمْ ۚsizlardanсизларданوَلَاva emasва эмасتَقْتُلُوٓا۟oʻldirmangўлдирмангأَنفُسَكُمْ ۚoʻzingizniўзингизниإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳكَانَerurэрурبِكُمْsizlargaсизларгаرَحِيمًۭاrahmliраҳмли
TafsirТафсир

Birovning molini botil yoʻl bilan yeyishga ribo, qimor, poraxoʻrlik, aldamchilik, narxni sunʼiy ravishda koʻtarish, oʻgʻrilik, qimorbozlik, tovlamachilik va boshqalar kiradi.

«Ey, iymon keltirganlar! Bir-birlaringizning mollaringizni botil yoʻl bilan yemang».

Oyati karimada botil yoʻl bilan birovning molini yeyishdan

«Magar oʻzaro rozilik ila boʻlgan tijorat boʻlsa, mayli», deb istisno qilinmoqda. Albatta, halol rizq topishning yoʻli faqat tijorat emas. Ammo bu maqomda tijoratning zikr qilinishiga sabab–botil yoʻl bilan mol yeyishning baʼzi turlarida tijoratga oʻxshashlik bor. Misol uchun, Arabiston yarim orolida riboxoʻrlik avj olgan edi. Alloh taolo bu ishni harom qilganida, mushriklar, ribo ham tijoratga oʻxshash, degan daʼvoni ilgari surdilar. Shunga oʻxshash tushunmovchiliklar yoki nooʻrin daʼvolarning boʻlmasligi uchun, oʻzaro rozilik bilan boʻlgan tijorat istisno qilinmoqda. Chunki, tijorat–halol mehnat. Tojir mehnat qilib, molu pulini ishga solib, ishlab chiqaruvchi va xaridor orasida vosita boʻladi. Bu vazifani bajarish uchun orada anchagina xizmatlarni ado etadi. Uning kelajakda foyda koʻrish-koʻrmasligi, foydaning oz yoki koʻp boʻlishi gumon boʻladi. U kasod boʻlish, sinib, molsiz-pulsiz qolish ehtimollarini ham boʻyniga olib, bu ishga qoʻl uradi. Eng muhim omillardan biri–tijorat ikki tarafning roziligi bilan boʻladi. Xaridor rozi boʻlmasa, olish-olmaslikda hur, boshqa tomonga ketaveradi.

Oyatning davomida Alloh taolo moʻmin bandalariga xitob qilib:

«Oʻzingizni oʻzingiz oʻldirmang!» demoqda.

Sirtdan qaragan odam, bir-birining molini botil yoʻl bilan yeyish va oʻzini oʻzi oʻldirish orasida nima aloqa bor, deyishi mumkin. Lekin chuqurroq oʻylab koʻrilsa, hayotiy tajribaga nazar solinsa, haqiqatda bu ikki narsa oʻrtasida bevosita aloqa borligi koʻriladi. Bir-birining molini botil yoʻl bilan yeyish odati bor jamiyatlar oʻzini oʻzi halokatga olib borajagini va borayotganini koʻramiz. Umuman, Allohning aytganidan chiqish, unga maʼsiyat qilish halokatga eltishi aniq ekanligida shubha yoʻq. Jumladan, mazkur botil yoʻl bilan mol yemoq ham katta maʼsiyat sifatida halokatga sabab boʻladi. Bu ishni qilganlar oʻzini oʻzi oʻldirgan boʻladi.

«Albatta, Alloh sizlarga rahimlidir».

U, siz moʻmin-musulmonlarga rahim qilgani uchun ham, halokatga olib boruvchi ishlardan, jumladan, bir-biringizning molingizni botil yoʻl bilan yeyishdan qaytarmoqda. Sizni najotga sabab boʻluvchi ishlarga buyurmoqda. Bu hol Allohning rahmatidir. Agar u rahim qilib, toʻgʻri yoʻlni koʻrsatib bermaganida, notoʻgʻrisidan qaytarmaganida, katta mashaqqatda qolgan boʻlar edingiz.