QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят30

وَمَن يَفْعَلْ ذَٰلِكَ عُدْوَٰنًا وَظُلْمًا فَسَوْفَ نُصْلِيهِ نَارًا ۚ وَكَانَ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kim o`shani tajovuzkorlik va zulm ila qilsa, albatta, uni do`zaxga kiriturmiz. Bu esa, Allohga osondir.Ким ўшани тажовузкорлик ва зулм ила қилса, албатта, уни дўзахга киритурмиз. Бу эса, Аллоҳга осондир.Alauddin Mansour: Kim haddan oshib, zoʻravonlik bilan shunday ishlarni qilsa, biz uni doʻzaxga kiritajakmiz. Bu Alloh uchun oson boʻlgan ishdir.Ким ҳаддан ошиб, зўравонлик билан шундай ишларни қилса, биз уни дўзахга киритажакмиз. Бу Аллоҳ учун осон бўлган ишдир.

83-sahifa · 5-juz · 9-hizb83-саҳифа · 5-жуз · 9-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَنva kimва кимيَفْعَلْqilsaқилсаذَٰلِكَoʻshaniўшаниعُدْوَٰنًۭاtajovuzkorlik ilaтажовузкорлик илаوَظُلْمًۭاva zulm ilaва зулм илаفَسَوْفَbas, yaqindaбас, яқиндаنُصْلِيهِuni kiritamizуни киритамизنَارًۭا ۚdoʻzaxgaдўзахгаوَكَانَva erurва эрурذَٰلِكَbuбуعَلَى-ga-гаٱللَّهِAllohАллоҳيَسِيرًاosonосон
TafsirТафсир

Oyatdagi «oʻshani» soʻzi bir-birining molini botil yoʻl ila yeb, oʻzini oʻzi halokatga duchor qilishga ishoradir. Demak, kim mazkur ishni tajovuzkorlik (yaʼni, haromligini bilib turib) va zulm ila (yaʼni, qilishdan tap tortmay) qilsa, oxiratda doʻzaxga kiritiladi. Odatda, botil yoʻl bilan mol yeydiganlar bu dunyo-dagi hukumatlar tayin qilgan jazolardan qutulib ketishadi. Shuning uchun ham, ularning zehnida, ilojini topsa, hamma narsadan qutulsa boʻladi, degan fikr oʻrnashib qolgan boʻladi. Oʻsha fikrni koʻtarish uchun oxirida «Bu esa, Allohga osondir», deyilmoqda. Yaʼni, botil yoʻl bilan mol yeganlarni doʻzaxga kiritish Alloh uchun osondir. Hech kim qochib, hiyla qilib qutula olmaydi.

Ammo, bu bilan, endi ish tamom boʻlibdi, iloji yoʻq ekan, deb noumid boʻlishga oʻrin yoʻq. Alloh taolo qudrati cheksiz, azobi katta boʻlishi bilan birga, marhamati ham keng, rahim-shafqati cheksiz Zotdir. Agar bandalar oʻzlarini oʻnglasalar, ularning gunohlarini oʻtishi muqarrar. Buni kelasi oyatda bayon etadi: