QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят31

إِن تَجْتَنِبُوا۟ كَبَآئِرَ مَا تُنْهَوْنَ عَنْهُ نُكَفِّرْ عَنكُمْ سَيِّـَٔاتِكُمْ وَنُدْخِلْكُم مُّدْخَلًا كَرِيمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar qaytarilgan narsalarning kattalaridan chetda bo`lsangiz, gunohlaringizni kechirurmiz va sizni yaxshi joyga kiritamiz.Агар қайтарилган нарсаларнинг катталаридан четда бўлсангиз, гуноҳларингизни кечирурмиз ва сизни яхши жойга киритамиз.Alauddin Mansour: Agar sizlar man etilgan gunohlarning kattalaridan saqlansangizlar, qilgan kichik gunohlaringizni oʻchirurmiz va sizlarni ulugʻ manzil — jannatga kiriturmiz.Агар сизлар ман этилган гуноҳларнинг катталаридан сақлансангизлар, қилган кичик гуноҳларингизни ўчирурмиз ва сизларни улуғ манзил — жаннатга киритурмиз.

83-sahifa · 5-juz · 9-hizb83-саҳифа · 5-жуз · 9-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنagarагарتَجْتَنِبُوا۟chetda boʻlsangizчетда бўлсангизكَبَآئِرَkattalaridanкатталариданمَاnarsalarningнарсаларнингتُنْهَوْنَqaytarilganқайтарилганعَنْهُundanунданنُكَفِّرْkechiramizкечирамизعَنكُمْsizdanсизданسَيِّـَٔاتِكُمْgunohlaringizniгуноҳларингизниوَنُدْخِلْكُمva sizni kiritamizва сизни киритамизمُّدْخَلًۭاkirar joygaкирар жойгаكَرِيمًۭاyaxshi (karamli)яхши (карамли)
TafsirТафсир

Bu oyati karimaning maʼnosi, katta gunohlardan chetda boʻlsangiz, kichik gunohlaringizni kechirib, oxiratda sizni jannatga kiritamiz, deganidir.

Sharʼiy istilohda katta gunohlarni «kabira» deyiladi. Ana shu kabira gunohlar qaysi gunohlar ekanligi haqida koʻplab hadisi shariflar bor. Bu hadislar turli munosabatlarda kelgani uchun, maqomiga qarab aytilgan. Ushbu masalada ulamolarimiz ham anchagina bahslar yuritishgan. Ulardan baʼzilari, gunohi kabira–uni qilgan odamga Qurʼon yoki hadisda doʻzaxga kirish tayin qilingan gunohlardir, deydilar.

Ikkinchilari, shariatda hadni joriy etishni taqozo qilgan gunohlar gunohi kabiradir, deydilar. Boshqa birlari esa, Alloh taolo man qilgan har bir ish gunohi kabiradir, deganlar. Oʻtgan ulamolardan baʼzilari gunohi kabiralar haqida alohida kitob ham qilganlar. Misol uchun, Abu Abdulloh az-Zahabiy gunohi kabiralar haqidagi oʻz kitoblarida yetmishga yaqin gunohni keltirganlar.

Alloma Ibn Kasir tafsirlarida ulamolar gunohi kabira sifatida zikr qilgan gunohlardan baʼzilarini keltirganlar: nohaq odam oʻldirish, zino, bachchabozlik, aroq ichish, oʻgʻrilik, bosqinchilik, birovni zinoda ayblash, yolgʻon guvohlik berish, riboxoʻrlik, yolgʻon qasam ichish, qarindoshlik aloqalarini uzish, ota-onaga oq boʻlish, jihoddan qochish, yetimning molini yeyish, oʻlchov va tarozida xiyonat qilish, namozni vaqtidan oldin oʻqish, namozni uzrsiz vaqtidan keyin oʻqish, pora olish, erkak va ayollar oʻrtasida qoʻshmachilik qilish, zakotni man etish, amri maʼruf va nahyi munkarga qodir boʻlib turib qilmaslik, Qurʼon taʼlimotini unutib yuborish, hayvonni oʻtda kuydirish, eri yaqinlikni istaganida ayol kishining sababsiz rozi boʻlmasligi, Allohning rahmatidan noumidlik, Allohning makridan beparvolik, ahli ilm va hofizi Qurʼonlarga yomonlik qilish va boshqalar.

Bundan koʻrinib turibdiki, ahli salaf ulamolarimiz mazkur gunohlarni sanashda oʻzlari yashab turgan voqelik taʼsirida ham boʻlganlar yoki baʼzi bir gunohlarni gunohi kabiradan ham katta gunoh hisoblaganlar. Misol uchun, namozni olaylik. Hozirgina zikr qilingan roʻyxatda, namozni vaqtidan oldin yoki keyin oʻqish gunohi kabira–kechirilmas gunoh, deyilgan. Ammo namozni butunlay oʻqimay qoʻyish haqida gap yoʻq. Buning, avval aytganimizdek, ikki sababi bor. Birinchisi–oʻsha payt musulmonlari, jumladan, ulamolari ham namoz oʻqimagan odamning musulmonlikni daʼvo qilishini tasavvurlariga ham keltira olmaganlar. Ikkinchidan esa, namoz oʻqimaslikni gunohi kabira emas, balki kufrga, dindan chiqishga eltadigan ulkan gunoh hisoblaganlar. Xuddi shu fikrni roʻza tutmaslik, imkoni boʻlib turib haj qilmaslik, Islomga, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga, Qurʼonga til tekkizish kabi bugun avj olgan koʻpgina kattadan-katta gunohlar haqida ham aytsa boʻladi.

Shuning uchun, Qurʼoni Karimda ham, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarida ham gunohi kabiralarni chegaralab qoʻyilmagan. Chunki, gunohi kabiralar vaqtga, sharoitga, jamiyatga qarab xilma-xil boʻlib turadi. Musulmon odam, islomiy jamiyat, Allohdan zarracha boʻlsa ham qoʻrquvchi, qiyomatdan umidvor shaxs gunohi kabirani ajratib olishi qiyin emas. Eng muhimi– ushbu oyatda kelgan umumiy qoidani unutmaslikdir. Banda oʻzini gunohi kabiradan chetga olsa, qolgan xato va ayblarni Allohning Oʻzi magʻfirat qiladi.

Molu mulk, uning jamoatchilik orasidagi oʻrni haqida soʻz ketayotgan bir paytda, bu ishda erkak va ayollar oʻrtasida boʻladigan muomala hamda chora-tadbirlar haqida quyidagilar aytiladi: