QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят35

وَإِنْ خِفْتُمْ شِقَاقَ بَيْنِهِمَا فَٱبْعَثُوا۟ حَكَمًا مِّنْ أَهْلِهِۦ وَحَكَمًا مِّنْ أَهْلِهَآ إِن يُرِيدَآ إِصْلَـٰحًا يُوَفِّقِ ٱللَّهُ بَيْنَهُمَآ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلِيمًا خَبِيرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ikkovlarining oralari buzilishidan qo`rqsangiz, erning ahlidan bir hakam va xotinning ahlidan bir hakam ajrating. Agar ular islohni iroda qilsalar, Alloh er-xotinning orasini muvofiqlashtirur. Albatta, Alloh biluvchi va xabardor Zotdir.Агар икковларининг оралари бузилишидан қўрқсангиз, эрнинг аҳлидан бир ҳакам ва хотиннинг аҳлидан бир ҳакам ажратинг. Агар улар ислоҳни ирода қилсалар, Аллоҳ эр-хотиннинг орасини мувофиқлаштирур. Албатта, Аллоҳ билувчи ва хабардор Зотдир.Alauddin Mansour: Agar er-xotinning oralari buzilib ketishidan qoʻrqsangizlar, er tomonidan bir hakam, xotin tomonidan bir hakam chaqiringiz. Agar ular isloh qilishni istasalar, Alloh er-xotin orasiga ittifoqlikni solur. Albatta, Alloh bilguvchi va xabardor boʻlgan Zotdir.Агар эр-хотиннинг оралари бузилиб кетишидан қўрқсангизлар, эр томонидан бир ҳакам, хотин томонидан бир ҳакам чақирингиз. Агар улар ислоҳ қилишни истасалар, Аллоҳ эр-хотин орасига иттифоқликни солур. Албатта, Аллоҳ билгувчи ва хабардор бўлган Зотдир.

84-sahifa · 5-juz · 9-hizb84-саҳифа · 5-жуз · 9-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِنْva agarва агарخِفْتُمْqoʻrqsangizқўрқсангизشِقَاقَbuzilishidanбузилишиданبَيْنِهِمَاikkovlarining orasidagiикковларининг орасидагиفَٱبْعَثُوا۟bas, ajratingбас, ажратингحَكَمًۭاbir hakamбир ҳакамمِّنْ-dan-данأَهْلِهِۦerning ahlidanэрнинг аҳлиданوَحَكَمًۭاva bir hakamва бир ҳакамمِّنْ-dan-данأَهْلِهَآxotinning ahlidanхотиннинг аҳлиданإِنagarагарيُرِيدَآikkovlari iroda qilsalarикковлари ирода қилсаларإِصْلَـٰحًۭاislohniислоҳниيُوَفِّقِmuvofiqlashtiradiмувофиқлаштирадиٱللَّهُAllohАллоҳبَيْنَهُمَآ ۗikkovlarining orasiniикковларининг орасиниإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳكَانَerurэрурعَلِيمًاbiluvchiбилувчиخَبِيرًۭاxabardor zotdirхабардор зотдир
TafsirТафсир

Bu oyati karimada kelishmovchilik ham er, ham xotin tomonidan chiqqan paytida koʻriladigan chora haqida gap ketmoqda. Bu holatda oilaning sirini tashqariga chiqarmasdan hal etishning iloji qolmagan boʻladi. Endi, boshqalar aralashib boʻlsa ham, oilani saqlab qolishga uriniladi.

«Agar ikkovlarining oralari buzilishidan qoʻrqsangiz, erning ahlidan bir hakam va xotinning ahlidan bir hakam ajrating».

Er oʻzi rozi boʻlgan qarindoshini, xotin ham oʻzi rozi boʻlgan bir qarindoshini hakamlikka tayin qiladilar. Rozilik keyinchalik hakamlar chiqargan hukmga ham rozi boʻlishlari uchun kerak boʻladi. Albatta, hakamlar aqlli, tajribali, turmushning pastu balandidan xabardor kishilar boʻlishi lozim. Tabiiyki, ikkovlari ham Allohdan qoʻrqqan holda adolatli hukm chiqarishga harakat qilishlari kerak. Hakamlarning asosiy vazifasi eru xotin orasini isloh qilishdir. Shuning uchun ham, oyati karimada

«Agar ular islohni iroda qilsalar, Alloh er-xotinning orasini muvofiqlashtirur», deb hakamlarga islohchilik nisbati berilmoqda. Xuddi shu tushunchadan kelib chiqib, baʼzi ulamolar: «Hakamlarga faqat yarashtirish–isloh huquqi berilgan», deydilar. Boshqalari esa, holatni oʻrgangach, isloh qilishning iloji yoʻqligiga amin boʻlishsa, eru xotinni ajratib qoʻysalar ham haqlari bor, shuningdek, ularga tegishli jazo choralarini, molu mulkka oid masalalarni ham hal qilishadi, deydilar.

Hazrati Usmon ibn Affon Zinnurayni vaqtlarida xuddi shu oyati karimaga amal qilib ish yuritilganligi tafsir kitoblarimizda naql qilinadi:

Aqiyl ibn Abi Tolib Fotima binti Utba ibn Robiʼaga uylangan edi. Ayol:

«Sen menga sabr qilsang, men senga nafaqa beraman», degan edi. Eri koʻchadan kelsa,

«Utba ibn Robiʼa va Shayba ibn Robiʼalar qayerda?» deb soʻrardi. Bir kuni eri:

«Doʻzaxga kirsang, sening chap tomoningda boʻladilar», deb javob qildi. Xotin kiyimlarini kiyib, xalifa–hazrati Usmon huzuriga borib, boʻlgan voqeani aytdi. Hazrati Usmon kuldilar-da, Abdulloh ibn Abbos bilan Muoviya ibn Abu Sufyonlarni chaqirib, hakam etib tayinladilar va ularga: «Agar yarashtirishni istasangiz, yarashtiring, ajratishni istasangiz, ajratinglar», dedilar.

Albatta, hakamlar oʻzlarining insoniy cheklangan ilmlari va imkonlari doirasida hukm chiqaradilar. Qolgani esa, har bir narsani oʻzining cheksiz ilmi ila biluvchi va har bir ishdan xabardor Alloh taoloning oʻziga havola.

«Albatta, Alloh biluvchi va xabardor Zotdir».

Kelasi oyatlarda suraning umumiy mazmuniga mavzu qilib olingan masalaning muolajasi davom etadi. Oilani va Islom jamiyatini mustahkamlash, mazkur gʻayriislomiy illatlardan poklash, yoʻldagi toʻsiqlar va dushmanlarning dushmanligini yengib oʻtish lozimligi haqlarida soʻz ketadi: