QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят36

۞ وَٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ وَلَا تُشْرِكُوا۟ بِهِۦ شَيْـًٔا ۖ وَبِٱلْوَٰلِدَيْنِ إِحْسَـٰنًا وَبِذِى ٱلْقُرْبَىٰ وَٱلْيَتَـٰمَىٰ وَٱلْمَسَـٰكِينِ وَٱلْجَارِ ذِى ٱلْقُرْبَىٰ وَٱلْجَارِ ٱلْجُنُبِ وَٱلصَّاحِبِ بِٱلْجَنۢبِ وَٱبْنِ ٱلسَّبِيلِ وَمَا مَلَكَتْ أَيْمَـٰنُكُمْ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ مَن كَانَ مُخْتَالًا فَخُورًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Allohga ibodat qilinglar va Unga hech narsani shirk keltirmanglar. Ota-onaga, qarindoshlarga, yetimlarga, miskinlarga, yaqin qo`shnilarga, yon qo`shnilarga, yonboshdagi sohiblarga, ko`chada qolganlarga va qo`lingizda mulk bo`lganlarga yaxshilik qilinglar. Albatta, Alloh o`zini yuqori tutuvchilarni va odamlar ustidan faxr qiluvchilarni xush ko`rmas.Ва Аллоҳга ибодат қилинглар ва Унга ҳеч нарсани ширк келтирманглар. Ота-онага, қариндошларга, етимларга, мискинларга, яқин қўшниларга, ён қўшниларга, ёнбошдаги соҳибларга, кўчада қолганларга ва қўлингизда мулк бўлганларга яхшилик қилинглар. Албатта, Аллоҳ ўзини юқори тутувчиларни ва одамлар устидан фахр қилувчиларни хуш кўрмас.Alauddin Mansour: Allohga bandalik qilinglar va Unga hech narsani sherik qilmanglar! Ota-onangizga hamda qarindosh-urugʻ, yetim va miskinlarga, qarindosh qoʻshni va begona qoʻshniga, yoningizdagi hamrohingizga, yoʻlovchi musofirga va qoʻllaringizdagi qullaringizga yaxshilik qilingiz! Albatta, Alloh mutakabbir va maqtanchoq boʻlgan kimsalarni sevmaydi.Аллоҳга бандалик қилинглар ва Унга ҳеч нарсани шерик қилманглар! Ота-онангизга ҳамда қариндош-уруғ, етим ва мискинларга, қариндош қўшни ва бегона қўшнига, ёнингиздаги ҳамроҳингизга, йўловчи мусофирга ва қўлларингиздаги қулларингизга яхшилик қилингиз! Албатта, Аллоҳ мутакаббир ва мақтанчоқ бўлган кимсаларни севмайди.

84-sahifa · 5-juz · 9-hizb84-саҳифа · 5-жуз · 9-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ وَٱعْبُدُوا۟va ibodat qilinglarва ибодат қилингларٱللَّهَAllohgaАллоҳгаوَلَاva emasва эмасتُشْرِكُوا۟shirk keltirmanglarширк келтирмангларبِهِۦUngaУнгаشَيْـًۭٔا ۖhech narsaniҳеч нарсаниوَبِٱلْوَٰلِدَيْنِva ota-onagaва ота-онагаإِحْسَـٰنًۭاyaxshilik qilinglarяхшилик қилингларوَبِذِىva egalarigaва эгаларигаٱلْقُرْبَىٰqarindoshlik (qarindoshlarga)қариндошлик (қариндошларга)وَٱلْيَتَـٰمَىٰva yetimlargaва етимларгаوَٱلْمَسَـٰكِينِva miskinlargaва мискинларгаوَٱلْجَارِva qoʻshnigaва қўшнигаذِىegasiэгасиٱلْقُرْبَىٰyaqin (yaqin qoʻshniga)яқин (яқин қўшнига)وَٱلْجَارِva qoʻshnigaва қўшнигаٱلْجُنُبِyon (uzoqroq qoʻshniga)ён (узоқроқ қўшнига)وَٱلصَّاحِبِva sohibgaва соҳибгаبِٱلْجَنۢبِyonboshdagiёнбошдагиوَٱبْنِva oʻgʻligaва ўғлигаٱلسَّبِيلِyoʻl (koʻchada qolganlarga)йўл (кўчада қолганларга)وَمَاva narsagaва нарсагаمَلَكَتْmulk boʻlganмулк бўлганأَيْمَـٰنُكُمْ ۗqoʻlingizdaқўлингиздаإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳلَاemasэмасيُحِبُّxush koʻrarхуш кўрарمَنkimsaniкимсаниكَانَboʻlganбўлганمُخْتَالًۭاoʻzini yuqori tutuvchiўзини юқори тутувчиفَخُورًاfaxr qiluvchiфахр қилувчи
TafsirТафсир

Mulohaza qilsak, ushbu oyati karima «Va» bogʻlovchisi bilan boshlanmoqda. Demak, bu oyatdagi maʼnolar yuqorida oʻtgan maʼnolarga, bu oyatdagi amru farmonlar yuqorida oʻtgan amru farmonlarga bogʻlanmoqda. Binobarin, yuqoridagi amru farmonlarga amal qilinglar:

«Va Allohga ibodat qilinglar va Unga hech narsani shirk keltirmanglar».

Bu bogʻliqlik Islomda ibodat boshqa-yu, shaxsiy-oilaviy-ijtimoiy hayot boshqa emasligini yana bir bor koʻrsatadi. Bular hammasi birikib, umumiy islomiy hayotni tashkil etadi. Islomda din va dunyo ajramagan. Inson masjidga kirganida musulmon boʻlib turib, uyiga kirganida boshqalarning yoʻrigʻini tutmaydi. Oʻligini musulmoncha koʻmib, bayramini xristiancha oʻtkazmaydi. Bolasiga musulmoncha nom berib, unga gʻayrimusulmoncha tarbiya bermaydi.

Oilaviy-ijtimoiy masalalar, mol-mulk haqida, birovlarga yaxshilik qilish haqida bahs etuvchi oyat va jumlalar ichida ibodat va shirk keltirmaslik haqidagi ushbu jumlaning kelishi bejiz emas. Allohning Oʻzigagina ibodat qilish, unga hech narsani shirk keltirmaslik–tavhiddir. Bandalar uchun Allohning tavhidi asosiy aqiydadir. Tavhid har bir insondan talab etiladi. U–Allohning bandalaridagi haqqidir. Paygʻambarimiz alayhissalom Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuga: «Allohning bandalardagi haqqi nima ekanini bilasanmi?» dedilar. U kishi: «Alloh va Uning Rasuli biluvchiroqdirlar», dedi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Unga ibodat qilmoqlari va hech narsani shirk keltirmasliklari», dedilar. Soʻngra: «Agar bandalari buni bajarsalar, bandalarning Allohdagi haqlari nima ekanini bilasanmi? Ularni azoblamasligi», dedilar.

Oyatda tavhidga amr etilganidan soʻng, bir necha toifa kishilarga yaxshilik qilishga buyurilyapti.

«Ota-onaga, qarindoshlarga, yetimlarga, miskinlarga, yaqin qoʻshnilarga, yon qoʻshnilarga, yonboshdagi sohiblarga, koʻchada qolganlarga va qoʻlingizda mulk boʻlganlarga yaxshilik qilinglar».

Birinchisi–ota-onalardir.

Islomda ota-onalarga yaxshilik qilish katta ish, eʼtiborga molik amal ekanligi hammaga maʼlum. Har bir insonning dunyoga kelishiga sabab boʻlgan bu ulugʻ zotlarning oʻz farzandlaridagi haqlari, farzandlarning ota-ona oldidagi burchlari haqida Qurʼoni Karimda va Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislarida kelgan taʼlimotlardek oliy maqom taʼlimotlar insoniyat tarixida hech bir din, tuzum yoki falsafada koʻrilmagan! Dunyoda musulmonlarchalik ota-onasini hurmat qiladigan xalqmillat ham boʻlmagan! Ushbu oyatda ham Alloh taolo musulmonlarga Oʻzining tavhididan soʻng bevosita ota-onaga yaxshilik qilishga buyurmoqda.

Ikkinchisi–qarindoshlar.

Odatda, qarindoshlar ota-onaning yaqin kishilari boʻladilar, yaxshilik qilinishi lozim boʻlganlar qatorida bevosita ota-onadan soʻng kelishlari shundan. Albatta, qarindoshlarga yaxshilik qilishga yolgʻiz ushbu oyatgina amr etmagan. Bu haqda koʻplab oyat va hadislar bor. Oʻsha hadisi shariflardan birini keltirsak, imom Nasaiy rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz alayhissalom: «Miskinga berilgan sadaqa sadaqadir. Qarindoshga berilgan sadaqa esa, ham sadaqa, ham silai rahmdir», deganlar.

Uchinchisi–yetimlar.

Har bir jamiyatda yetimlar mavjud va ular alohida eʼtiborni talab etadilar. Chunki ular boquvchilarini va tarbiyachilarini yoʻqotgan, kichik yoshdagi, yordamga muhtoj insonlardir. Alloh taolo ham ularga yaxshilik qilish, mehr-shafqat koʻrsatishga amr etib, Oʻzining yetimparvarligini koʻrsatmoqda. Shuningdek, boshqa koʻpgina oyatlarda, jumladan, ushbu «Niso» surasining avvalidagi oyatlarda ham bu masalaga alohida eʼtibor qilingan. Yetimparvarlikning afzalligi haqida koʻplab hadisi shariflar ham kelgan.

Toʻrtinchisi–miskinlar.

Jamiyat iqtisodiy jihatdan bir tekis emas. Unda turli sabablarga koʻra noqulay holga tushib qolgan kishilar ham boʻlishi tabiiy hol. Har qaysi jamiyat miskinlik holiga tushib qolgan oʻsha aʼzolariga turlicha munosabatda boʻladi. Islom jamiyatida miskinlarga yaxshilik qilishni, ularning noqulay iqtisodiy holatdan chiqib olishlariga yordam berishni boy, oʻziga toʻq aʼzolariga vazifa qilib yuklatilgan. Bu haqda ham koʻplab oyat va hadislar kelgan, ularni oʻz oʻrnida oʻrganamiz, inshaalloh.

Beshinchisi–yaqin qoʻshni.

Oltinchisi–yon qoʻshni.

Tafsirchi ulamolarimiz oyati karimada zikr qilingan «yaqin qoʻshni»ni qarindosh qoʻshni, yaʼni yaqinligi bor qoʻshni, deb; «yon qoʻshni» esa, oddiy, yaqinligi yoʻq qoʻshni, deb tushuntirganlar. Qoʻshniga yaxshilik qilish haqidagi islomiy taʼlimotlar ham dunyoda misli yoʻq taʼlimotdir. Kezi kelganda, shu joyda bir necha hadisi shariflarni zikr etaylik.

Imom Ahmad Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz alayhissalom:

«Jabroil menga qoʻshni haqida shu qadar koʻp tavsiya berardiki, uni merosga ham sherik emasmikin, deb oʻylab qoldim», deydilar.

Imom Termiziy Abdulloh ibn Amr ibn Os roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz alayhissalom:

«Allohning huzurida doʻstlarning yaxshisi oʻz doʻstiga yaxshilik qilganidir. Allohning huzurida qoʻshnilarning yaxshisi oʻz qoʻshnisiga yaxshilik qilganidir», deganlar.

Abu Bakr al-Bazzor Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz alayhissalom quyidagilarni aytadilar:

«Qoʻshnilar uch xil boʻladilar. Bitta haqqi bor qoʻshni. U haqqi eng oz qoʻshnidir. Ikkita haqqi bor qoʻshni. Uchta haqqi bor qoʻshni. Bunisi eng koʻp haqqi bor qoʻshnidir. Endi, bitta haqqi bor qoʻshniga kelsak, u mushrik qoʻshnidir. Uning qoʻshnilik haqqi bor, xolos. Ikkita haqqi bor qoʻshni esa, musulmon qoʻshnidir. Uning ham musulmonlik haqqi, ham qoʻshnilik haqqi bor. Uchta haqqi bor qoʻshni esa, musulmon, qarindosh qoʻshnidir. Uning musulmonlik, qarindoshlik va qoʻshnilik haqlari bordir».

Maʼlumki, qoʻshnilarga yaxshilik qilish jamiyatdagi insoniy aloqalarni mustahkamlashga, jamiyatni kuchli-qudratli qilishga xizmat etadi.

Yettinchisi–yonboshdagi sohiblar.

Tafsirchilarimizning koʻplari «yonboshdagi sohiblar»dan murod safardagi hamroh va ishdagi sherikdir, deganlar. Demak, musulmon inson oʻzining hamrohi va bir ishdagi kasbdoshi bilan ham yaxshi munosabatda boʻlishi, unga qoʻlidan kelgan yaxshiligini–xayru ehsonini qilishi lozim.

Sakkizinchisi–koʻchada qolganlar.

Bularni arabchada ibn Sabiyl–koʻcha oʻ0178li, deyiladi. Bular, koʻproq, vatandan ayrilib, soʻngra ogʻir iqtisodiy holatga tushib qolgan kishilar boʻladilar. Islomda bu toifa kishilarga ham yaxshilik qilish buyurilgan. Hatto zakotga haqdor sakkiz toifadan bittasi xuddi shu koʻchada qolganlardir. Agar ularning oʻz vatanlarida molu pullari koʻp boʻlsa ham, voqelikni hisobga olib, ularning ogʻir holda turganliklari eʼtiboridan zakot berilaveradi. Bu oyatda zakotdan tashqari ham ularga yaxshilik qilish musulmonlarning burchi ekanligi taʼkidlanmoqda.

Toʻqqizinchisi–«Qoʻlingizda mulk boʻlganlar», yaʼni qullar.

Qullarga Islom taʼlimoti qanchalik yaxshilik qilgani haqida koʻp gapirib oʻtildi. Bu yerda ham yuqorida zikr etilgan boshqa toifalar qatorida ularga yaxshilik qilish yana bir bor eslatilmoqda. Qulga qilinadigan eng katta yaxshilik uni ozod etishdir. Yoki uning ozod boʻlishiga yordam berishdir. Qoʻlida quli bor odamlar ham ularga yaxshi munosabatda boʻlishlari shart. Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz alayhissalom: «Taomi, kiyimi va qudrati yetmaydigan ishga buyurmaslik qullarning haqqidir», deganlar. Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz alay- hissalom: «Ular birodarlaringizdir. Qullaringizdir. Alloh ularni qoʻl ostingizga bergan. Kimning birodari qoʻl ostida boʻlsa, oʻzi yegan taomdan yegizsin, oʻzi kiygan kiyimdan kiygizsin. Ularni qiyin ishga buyurmang. Agar qiyin ishga buyursangiz, oʻzingiz yordam bering», deganlar.

Mazkur toʻqqiz toifaga yaxshilik qilgan odam oilasi va jamiyatidagi yaxshilikka muhtoj hamma toifalarga ehson qilgan boʻladi. Bu esa, ham oilani, ham jamiyatni mustahkamlaydi. Jamiyat aʼzolari orasidagi oʻzaro aloqalarni yaxshilaydi. Yaxshilikka har bir oila, har bir jamiyat doimo muhtojdir. Ularga yaxshilik qiluvchilar Allohning amriga boʻyinsungan moʻmin-musulmon, kamtar kishilardir. Ularga yaxshilik qilmaganlar esa, mutakabbir, soxta gʻurur egalaridir. Bundaylarni Alloh taolo xush koʻrmaydi:

«Albatta, Alloh oʻzini yuqori tutuvchi va odamlar ustidan faxr qiluvchilarni xush koʻrmas».

Oyati karimada biz «oʻzini yuqori tutuvchi» deb tarjima qilgan maʼno «muxtol»; «odam ustidan faxr qiluvchi», deb tarjima qilgan maʼno «faxur» lafzlari bilan kelgan. Lugʻat ilmi ulamolari «muxtol»ni mutakabbir, oʻziga bino qoʻygan, deb taʼriflaydilar. «Faxur»ni esa, Alloh bergan neʼmat ila odamlarga faxrlanadi, ammo Allohga shukr qilmaydi, deb sifatlaganlar.

Alloh taolo esa, ularni kelgusi oyatlarda quyidagicha sifatlaydi: