QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят37

ٱلَّذِينَ يَبْخَلُونَ وَيَأْمُرُونَ ٱلنَّاسَ بِٱلْبُخْلِ وَيَكْتُمُونَ مَآ ءَاتَىٰهُمُ ٱللَّهُ مِن فَضْلِهِۦ ۗ وَأَعْتَدْنَا لِلْكَـٰفِرِينَ عَذَابًا مُّهِينًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular baxillik qiladigan, odamlarni baxillikka buyuradigan va Alloh ularga O`z fazlidan bergan narsalarni berkitadiganlardir. Va kofirlarga xorlovchi azobni tayyorlaganmiz.Улар бахиллик қиладиган, одамларни бахилликка буюрадиган ва Аллоҳ уларга Ўз фазлидан берган нарсаларни беркитадиганлардир. Ва кофирларга хорловчи азобни тайёрлаганмиз.Alauddin Mansour: Ular oʻzlari baxillik qiladigan va oʻzga odamlarni ham baxillikka chaqiradigan hamda Alloh fazlu karamidan bergan neʼmatlarni yashiradigan kimsalardir. Biz bunday kofirlar uchun xor qilguvchi azobni tayyorlab qoʻyganmiz.Улар ўзлари бахиллик қиладиган ва ўзга одамларни ҳам бахилликка чақирадиган ҳамда Аллоҳ фазлу карамидан берган неъматларни яширадиган кимсалардир. Биз бундай кофирлар учун хор қилгувчи азобни тайёрлаб қўйганмиз.

84-sahifa · 5-juz · 9-hizb84-саҳифа · 5-жуз · 9-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلَّذِينَular (shundaylarki)улар (шундайларки)يَبْخَلُونَbaxillik qiladilarбахиллик қиладиларوَيَأْمُرُونَva buyuradilarва буюрадиларٱلنَّاسَodamlarniодамларниبِٱلْبُخْلِbaxillikkaбахилликкаوَيَكْتُمُونَva berkitadilarва беркитадиларمَآnarsaniнарсаниءَاتَىٰهُمُularga berganуларга берганٱللَّهُAllohАллоҳمِن-dan-данفَضْلِهِۦ ۗOʻz fazlidanЎз фазлиданوَأَعْتَدْنَاva tayyorlaganmizва тайёрлаганмизلِلْكَـٰفِرِينَkofirlargaкофирларгаعَذَابًۭاazobniазобниمُّهِينًۭاxorlovchiхорловчи
TafsirТафсир

Yaʼni, Alloh baxillarni, baxillikka buyuradiganlarni va Alloh ularga Oʻz fazlidan bergan narsalarni berkitadiganlarni xush koʻrmaydi. Baxil odam oʻz qoʻlidagi neʼmatni oʻzi yaratgani yoʻq, balki bu neʼmatni unga Alloh bergan. Ammo bu inson shu narsani oʻziga oʻxshagan, ammo hozirda ogʻir ahvolga tushib qolgan boshqa bir insonga berishdan qizgʻanadi. Baxillik jamiyat aʼzolari ichida bir- birini koʻra olmaslikka, turli fitnalar kelib chiqishiga sabab boʻladi.

Shuning uchun ham, Paygʻambarimiz alayhissalom:

«Baxillikdan saqlaninglar. Chunki u sizdan oldingilarni halok qilgandir. U aloqalarni uzishga buyurdi, uzdilar. Fujurga buyurdi, fujur qildilar», deganlar.

Mazkur nomaʼqul insonlar oʻzlari baxillik qilganlari yetmaganidek, boshqalarni ham baxillikka buyuradilar. Shu bilan birga, Alloh taolo tomonidan berilgan neʼmatlarni berkitadilar. Odamlarga koʻrsatishdan qochadilar. Odamlar bilib qolmasin deb, oʻzlari ham yemay, ichmay, kiymay kun kechiradilar.

Holbuki, Allohning Rasuli sollallohu alayhi vasallam oʻz hadislarida:

«Agar Alloh bir bandaga neʼmat bersa, uning asari oʻsha bandada zohir boʻlishini yaxshi koʻradi», deganlar.

Oyati karimaning oxirida:

«Va kofirlarga xorlovchi azoblarni tayyorlaganmiz», deyilishidan, bu oyatlar kimlar haqida ekani yana ham ravshan boʻladi. Baʼzi rivoyatlarda kelishicha, bu oyatlar yahudiylar va munofiqlar haqida nozil boʻlgandir. Alloh taolo kelgusi oyatlarda ularning vasfini davom ettiradi: