وَٱلَّذِينَ يُنفِقُونَ أَمْوَٰلَهُمْ رِئَآءَ ٱلنَّاسِ وَلَا يُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَلَا بِٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ ۗ وَمَن يَكُنِ ٱلشَّيْطَـٰنُ لَهُۥ قَرِينًا فَسَآءَ قَرِينًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular mollarini kishilar ko`rishi uchun sarflarlar. Hamda Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirmaslar. Kimning yaqini shayton bo`lsa, u qanday ham yomon yaqin!Улар молларини кишилар кўриши учун сарфларлар. Ҳамда Аллоҳга ва қиёмат кунига иймон келтирмаслар. Кимнинг яқини шайтон бўлса, у қандай ҳам ёмон яқин!Alauddin Mansour: Yana mollarini odamlar koʻrsin, deb ehson qiladigan, oʻzlari esa na Allohga va na Oxirat Kuniga iymon keltirmaydigan kimsalarni ham (Alloh sevmaydi). Kimga shayton doʻst boʻlsa, u eng yomon doʻst bulur.Яна молларини одамлар кўрсин, деб эҳсон қиладиган, ўзлари эса на Аллоҳга ва на Охират Кунига иймон келтирмайдиган кимсаларни ҳам (Аллоҳ севмайди). Кимга шайтон дўст бўлса, у энг ёмон дўст булур.
Yana Alloh xush koʻrmaydigan mutakabbir va faxur kimsalarning baʼzi sifatlari zikr qilinmoqda. Ular aslida baxil boʻlib, molni yaxshilikka sarflashdan qochadilar. Ammo, bordiyu sarflasalar ham, oyati karimada kelganidek, kishilar koʻrsin uchun, riyokorlik uchun sarflaydilar.
«Ular mollarini kishilar koʻrishi uchun sarflarlar».
Demak, mumsik, baxil boʻlish ham Alloh taologa yoqmaydi. Riyokorona nafaqa berish ham Alloh taologa yoqmaydi. Chunki, riyokorning mol sarflashdan koʻzlagan maqsadlari odamlar koʻrsin va eshitsin, gap qilsin, maqtasin, deyishdir. Alloh uchun, Uning roziligi uchun emas.
Paygʻambarimiz alayhissalomdan rivoyat qilingan bir hadisda quyidagilar aytiladi:
«Doʻzaxda eng avval kuyadiganlar uchtadir: riyokor olim, riyokor qoziy, riyokorona nafaqa qiluvchi. Mol egasi: «Sen nafaqa qilishni xush koʻrgan hech bir narsani qoʻymay hammasiga nafaqa qildim», deydi. Alloh esa: «Bekor aytibsan, seni saxiy deyishlarini istagan eding, bu gap aytildi ham», deydi.
Yaʼni, nafaqa qilishdan koʻzlagan maqsadingga hayotiy dunyoda erishgansan, deyiladi. Ular shunday nomaʼqulchiliklarni qilishadi.
«Hamda Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirmaslar».
Buning asosiy sababi esa, shaytonning gapiga kirib, uning yoʻliga yurishlaridir.
«Kimning yaqini shayton boʻlsa, u qanday ham yomon yaqin».
Shaytonga yaqin boʻlib, uni doʻst tutgandan keyin, albatta, u oʻz «doʻsti»ni yomon yoʻlga, kufrga, riyokorlikka, baxillikka va boshqa razolatlarga boshlaydi. Demak, ular oʻzlariga oʻzlari yomonlikni ravo koʻribdilar.