وَمَاذَا عَلَيْهِمْ لَوْ ءَامَنُوا۟ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ وَأَنفَقُوا۟ مِمَّا رَزَقَهُمُ ٱللَّهُ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ بِهِمْ عَلِيمًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirsalar, Alloh ularga rizq qilib bergan narsadan nafaqa qilsalar, ularga nima zarar bo`ladir? Alloh ularni yaxshi biluvchi Zotdir!Агар Аллоҳга ва қиёмат кунига иймон келтирсалар, Аллоҳ уларга ризқ қилиб берган нарсадан нафақа қилсалар, уларга нима зарар бўладир? Аллоҳ уларни яхши билувчи Зотдир!Alauddin Mansour: Agar Alloh va Oxirat Kuniga iymon keltirsalar va Alloh rizq qilib bergan narsalaridan ehson qilsalar, ularga qanday zarar boʻlar edi? Alloh ularning (qilgan amallarini) bilguvchi boʻlgan Zotdir.Агар Аллоҳ ва Охират Кунига иймон келтирсалар ва Аллоҳ ризқ қилиб берган нарсаларидан эҳсон қилсалар, уларга қандай зарар бўлар эди? Аллоҳ уларнинг (қилган амалларини) билгувчи бўлган Зотдир.
Umuman, iymon yoʻliga, din yoʻliga yurgan odam nima zarar koʻradi? Allohga iymon keltirgan odam nima zarar koʻradi? Qiyomat kuniga–oxiratga ishongan odam nima zarar koʻradi? Xudoning yoʻlida xayru ehson qilganlar nima zarar koʻradi? Ha,
«Agar Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirsalar, Alloh ularga rizq qilib bergan narsadan nafaqa qilsalar, ularga nima zarar boʻladir?»
Ushbu savollarga chin koʻngildan javob izlagan kishi albatta iymonga kiradi. Chunki, aqli bor odam uchun hamma narsa ravshan koʻrinib turibdi. Buning ustiga, oyatda kelganidek:
«Alloh ularni yaxshi biluvchi Zotdir».
Yana, quyidagi oyatlarda vasfi keladigan holatning boʻlishi ham muqarrardir: