إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَظْلِمُ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ ۖ وَإِن تَكُ حَسَنَةً يُضَـٰعِفْهَا وَيُؤْتِ مِن لَّدُنْهُ أَجْرًا عَظِيمًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Alloh zarracha ham zulm qilmas. Agar yaxshilik bo`lsa, bir necha bor ko`paytirur va O`z huzuridan ulug` ajr berur.Албатта, Аллоҳ заррача ҳам зулм қилмас. Агар яхшилик бўлса, бир неча бор кўпайтирур ва Ўз ҳузуридан улуғ ажр берур.Alauddin Mansour: Shubhasiz, Alloh birovga bir zarra vaznicha zulm qilmas. Agar zarracha yaxshilik boʻlsa, uni bir necha barobar qilur va oʻz huzuridan ulugʻ ajr ato qilur.Шубҳасиз, Аллоҳ бировга бир зарра вазнича зулм қилмас. Агар заррача яхшилик бўлса, уни бир неча баробар қилур ва ўз ҳузуридан улуғ ажр ато қилур.
Yaʼni, insonning bu dunyoda qilgan ishlari hisob-kitobsiz qolmaydi. Alloh mutlaq adolat ila hukm qiladi. Hammaga qilgan amaliga, ishiga yarasha beradi. Hech kimga zarracha zulm etmaydi.
«Albatta, Alloh zarracha ham zulm qilmas».
Ammo, banda:
«agar yaxshilik qilgan boʻlsa, bir necha bor koʻpaytirur».
Quyidagi rivoyatda bu oyatning maʼnosi yana ham ravshanlashadi.
Ibn Abi Hotim qilgan rivoyatda Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhu quyidagilarni aytdilar:
«Qiyomat kuni erkak boʻlsin, ayol boʻlsin, bandani olib kelinadida, avvalgiyu keyingi barcha xaloyiqning oldida bir jarchi: «Manavi falonchi fistonchi oʻgʻli. Kimning unda haqi boʻlsa, kelib olsin», deb jar chaqiradi. Ayol: otamda, onamda, akamda, erimda haqim boʻlsa edi, deb orzu qiladi,–deb turib «U kunda ular orasida nasablar ham yoʻq va bir-birlaridan soʻrasha olmaydilar ham» oyatini oʻqidilar va soʻzlarida davom etdilar: «Alloh Oʻz haqqidan xohlaganini kechadi. Odamlarning haqqidan hech narsani kechmaydi. Keyin odamlarga toʻgʻrilanadi.
«Odamlarga haqlarini beringlar», deydi. U:
«Ey Robbim, dunyo tugadi-ku, qanday qilib ularning haqlarini beraman?» deydi. Alloh:
«Yaxshi amallaridan olib, har bir haq egasiga koʻrgan zulmiga yarasha beringlar», deydi. Agar banda Allohga doʻst boʻlsa, zarracha yaxshiligi ortib qolsa ham, uni Alloh bir necha bor koʻpaytirib, oʻshaning savobidan jannatga kiritadi. Soʻngra, Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhu:
«Albatta, Alloh zarracha ham zulm qilmaydi. Agar yaxshilik boʻlsa, bir necha bor koʻpaytirur», oyatini oʻqidilar va soʻzlarida davom etdilar:
«Agar banda badbaxt boʻlsa, farishta:
«Ey Robbim, buning yaxshiliklari tamom boʻldi va koʻp daʼvogarlari bor», deydi. Alloh:
«Talabgorlarning yomonliklaridan olib, buning yomonliklariga qoʻshinglar. Soʻngra, unga doʻzaxdan joy beringlar», deydi.
Ammo baxtlilarning yaxshiliklarini koʻpaytirish bilan kifoyalanib qolinmaydi. Buning ustiga eng katta mukofot ham beriladi. Alloh ularga:
«Oʻz huzuridan ulkan ajr berur».
Bu ulkan ajrdan murod jannatdir.