QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят41

فَكَيْفَ إِذَا جِئْنَا مِن كُلِّ أُمَّةٍۭ بِشَهِيدٍ وَجِئْنَا بِكَ عَلَىٰ هَـٰٓؤُلَآءِ شَهِيدًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Har bir ummatdan bir guvoh keltirib, seni ularning hammasiga guvoh etib keltirgan chog`imizda hol qandoq bo`lur?!Ҳар бир умматдан бир гувоҳ келтириб, сени уларнинг ҳаммасига гувоҳ этиб келтирган чоғимизда ҳол қандоқ бўлур?!Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), biz har bir ummatdan (oʻsha ummatning paygʻambarini) guvoh keltirganimizda va Sizni ana ularga qarshi guvoh qilganimizda ularning holi ne kechur?!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), биз ҳар бир умматдан (ўша умматнинг пайғамбарини) гувоҳ келтирганимизда ва Сизни ана уларга қарши гувоҳ қилганимизда уларнинг ҳоли не кечур?!

85-sahifa · 5-juz · 9-hizb85-саҳифа · 5-жуз · 9-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَكَيْفَbas, hol qandoq boʻlurбас, ҳол қандоқ бўлурإِذَاqachonkiқачонкиجِئْنَاkeltirgan chogʻimizdaкелтирган чоғимиздаمِن-dan-данكُلِّhar birҳар бирأُمَّةٍۭummatdanумматданبِشَهِيدٍۢbir guvohбир гувоҳوَجِئْنَاva keltirganimizdaва келтирганимиздаبِكَseniсениعَلَىٰ-ga-гаهَـٰٓؤُلَآءِularning hammasigaуларнинг ҳаммасигаشَهِيدًۭاguvoh etibгувоҳ этиб
TafsirТафсир

Bu oyatda qiyomat kunining vasfi kelmoqda. Qiyomat qoʻpganida, har bir ummatga oʻz Paygʻambari guvoh etib olib kelinadi. Anbiyolar esa, ummatlari Allohning amriga yurganlari va yurmaganlari haqida adolatli guvohlik beradilar. Muhammad alayhissalom avvaldan oxirgacha hamma ummatlarga guvohlik beradilar. Ana oʻshanda u kishiga iymon keltirmaganlar, mutakabbir, faxur va baxillarning, odamlarni ham baxillikka buyurgan va Alloh Oʻz fazlidan bergan neʼmatlarni berkitganlarning holi nima boʻladi? Ular oʻzlari inkor etgan Xoliqning huzurida turibdilar, oʻzlari rad qilgan Paygʻambar endi ularga guvohlik berishi, ular haqidagi bor haqiqatni Oliy Qozi huzurida aytishi kerak. Endi bu kofirlar, munofiqlarning holi ne kechadi? Qiyomat qoim boʻldi. Haqiqat yuzaga chiqdi. Ularning holi nihoyatda ogʻir boʻladi: