يَوْمَئِذٍ يَوَدُّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَعَصَوُا۟ ٱلرَّسُولَ لَوْ تُسَوَّىٰ بِهِمُ ٱلْأَرْضُ وَلَا يَكْتُمُونَ ٱللَّهَ حَدِيثًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kufr keltirganlar va Rasulga isyon qilganlar o`sha kunda yerga qorishib ketishni istarlar va Allohdan hech gapni yashira olmaslar.Куфр келтирганлар ва Расулга исён қилганлар ўша кунда ерга қоришиб кетишни истарлар ва Аллоҳдан ҳеч гапни яшира олмаслар.Alauddin Mansour: U Kunda kofir boʻlgan va paygʻambarga itoatsizlik qilgan kimsalar Yer bilan yakson boʻlib ketishni orzu qiladilar va (lekin) Allohdan biron gapni yashira olmaydilar.У Кунда кофир бўлган ва пайғамбарга итоатсизлик қилган кимсалар Ер билан яксон бўлиб кетишни орзу қиладилар ва (лекин) Аллоҳдан бирон гапни яшира олмайдилар.
Yaʼni, gunohkor-kofirlar qiyomat kunining dahshatini koʻrganlarida, undagi azob-uqubat, sharmandalik va xoru zorliklarni bilganlaridan soʻng: «Qani endi yer yorilsayu bizni yutib, yana tekislanib qolsak», deb orzu qiladilar. Boshlariga tushajak qattiq holni anglab yetgach, inson boʻlganlariga pushaymon yeb, tuproqqa qorishib ketishni afzal koʻradilar.
«...va Allohdan hech gapni yashira olmaslar».
Hamma qilgan gunohlarini eʼtirof qiladilar.
Oʻtgan oyatlar majmuasi Allohga ibodat qilishga amr va unga shirk keltirishdan qaytarish bilan boshlangan edi. Endigi oyatda ibodatlarning yetakchisi boʻlgan namoz va undan oldin qilinadigan tahorat haqida soʻz ketadi: