QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят4

وَءَاتُوا۟ ٱلنِّسَآءَ صَدُقَـٰتِهِنَّ نِحْلَةً ۚ فَإِن طِبْنَ لَكُمْ عَن شَىْءٍ مِّنْهُ نَفْسًا فَكُلُوهُ هَنِيٓـًٔا مَّرِيٓـًٔا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ayollarga mahrlarini ko`ngildan chiqarib bering. Agar ular undan biror narsani chin ko`ngildan tutsalar, bas, uni yenglar. Osh bo`lsin, ofiyat bo`lsin.Аёлларга маҳрларини кўнгилдан чиқариб беринг. Агар улар ундан бирор нарсани чин кўнгилдан тутсалар, бас, уни енглар. Ош бўлсин, офият бўлсин.Alauddin Mansour: Xotinlaringizga mahrlarini hadya kabi (yaʼni, chin koʻngildan, mamnunlik bilan) beringiz! Agar oʻzlari sizlar uchun u mahrdan biron narsani ixtiyoriy ravishda kechsalar, sizlar uni pok va muborak bilib yeyaveringlar.Хотинларингизга маҳрларини ҳадя каби (яъни, чин кўнгилдан, мамнунлик билан) берингиз! Агар ўзлари сизлар учун у маҳрдан бирон нарсани ихтиёрий равишда кечсалар, сизлар уни пок ва муборак билиб еяверинглар.

77-sahifa · 4-juz · 8-hizb77-саҳифа · 4-жуз · 8-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَءَاتُوا۟va beringва берингٱلنِّسَآءَayollargaаёлларгаصَدُقَـٰتِهِنَّmahrlariniмаҳрлариниنِحْلَةًۭ ۚkoʻngildan chiqaribкўнгилдан чиқарибفَإِنbas, agarбас, агарطِبْنَrozi boʻlsalarрози бўлсаларلَكُمْsizlargaсизларгаعَن-dan-данشَىْءٍۢbiror narsaбирор нарсаمِّنْهُundanунданنَفْسًۭاchin koʻngildanчин кўнгилданفَكُلُوهُbas, uni yenglarбас, уни енгларهَنِيٓـًۭٔاosh boʻlsinош бўлсинمَّرِيٓـًۭٔاofiyat boʻlsinофият бўлсин
TafsirТафсир

Bu oyatda ham johiliy tuzumlar tomonidan ayollarga nisbatan joriy qilingan yana bir zulm bekor qilinmoqda.

Islomdan avval turmushga chiqadigan xotin-qizlarning mahrini ularning valiylari olishar edi. Ayollarni bu ishga goʻyo aloqasi yoʻqdek bilishardi. Qizning otasi, aka-ukasi yoki boshqa yaqin qarindoshlari kuyov tomon bilan savdoni pishirib, mahrni olib, oʻzlari tasarruf qilishardi. Taʼbir joiz boʻlsa, xuddi biror sigirni sotgandek munosabatda boʻlishardi. Islom bu nomaʼqul oldi-berdini harom qildi. Oila qurishni ikki jonning bir- biriga ragʻbati ila, oʻz xohishlari bilan yuzaga keladigan muqaddas bogʻlanishga aylantirdi. Mahrni esa, kelinga berilishi farz boʻlgan haqga aylantirdi.

«Ayollarga mahrlarini koʻngildan chiqarib bering».

Berilganda ham kuyov tomonidan chin qalbdan chiqarib berilishi talab etildi. Shunday qilib, mahr kelinning shaxsiy mulki boʻladigan boʻldi. Bu hol kelinlarni hurmatlash, taqdirlash va erkalashning muhim bir koʻrinishidir. Kelin oʻziga farz sifatida berilgan mahrning toʻlaqonli egasidir. Nima qilsa, oʻzi biladi. Jumladan, uning hammasini yoki bir qismini kuyovga qaytarib berishi ham mumkin.

«Agar ular undan biror narsani chin koʻngildan tutsalar, bas, uni yenglar. Osh boʻlsin, ofiyat boʻlsin».

Chin koʻngildan qaytarib berilgan mahrni kuyov bemalol qabul qilib olsa boʻladi. Shu tariqa Islom ayollarga haq-huquqlarini toʻla olishda yana bir katta hukmni joriy qildi. Ayol kishining obroʻ-eʼtiborini orttirdi.

Kelasi oyat yana yetimlar va ularning mollari masalasiga qaytadi: