أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ نَصِيبًا مِّنَ ٱلْكِتَـٰبِ يَشْتَرُونَ ٱلضَّلَـٰلَةَ وَيُرِيدُونَ أَن تَضِلُّوا۟ ٱلسَّبِيلَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kitobdan nasiba berilganlarning zalolatni sotib olishlarini va siz yo`ldan adashishingizni istashlarini ko`rmaysizmi?Китобдан насиба берилганларнинг залолатни сотиб олишларини ва сиз йўлдан адашишингизни исташларини кўрмайсизми?Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), kitobdan (yaʼni, Tavrotdan) nasibador boʻlgan kimsalarning gumrohlikni sotib olayotganlarini va sizlar ham haq yoʻldan toyishingizni istayotganlarini koʻrmadingizmi?(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), китобдан (яъни, Тавротдан) насибадор бўлган кимсаларнинг гумроҳликни сотиб олаётганларини ва сизлар ҳам ҳақ йўлдан тойишингизни истаётганларини кўрмадингизми?
Bu yerda «Kitobdan nasiba berilganlar» deb yahudiylar nazarda tutilgan. Alloh taolo ularga Muso alayhissalom orqali Tavrot kitobini berib, hidoyatga boshlagan edi. Ammo ular bu hidoyatni tark etib, zalolatga yurdilar. Yaʼni, hidoyat oʻrniga zalolatni– adashuvni sotib oldilar. Bu juda ham ajablanarli ish. Ammo yahudiylar bu bilan kifoyalanib qolmaydilar. Balki Islomning haq ekanini bilib turib, musulmonlarning hidoyatda ekanliklarini anglab turib, ularni yoʻldan adashtirishni xohlaydilar. Bu esa, yanada ajablanarli ishdir.