وَٱللَّهُ أَعْلَمُ بِأَعْدَآئِكُمْ ۚ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ وَلِيًّا وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ نَصِيرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh sizning dushmanlaringizni biluvchi Zotdir. Valiylikka Allohning O`zi kifoya qilur. Nusrat beruvchilikka Allohning O`zi kifoya qilur.Аллоҳ сизнинг душманларингизни билувчи Зотдир. Валийликка Аллоҳнинг Ўзи кифоя қилур. Нусрат берувчиликка Аллоҳнинг Ўзи кифоя қилур.Alauddin Mansour: Holbuki, Alloh dushmanlaringizni juda yaxshi bilguvchidir. Allohning oʻzi yetarli doʻst, Allohning oʻzi yetarli yordamchidir.Ҳолбуки, Аллоҳ душманларингизни жуда яхши билгувчидир. Аллоҳнинг ўзи етарли дўст, Аллоҳнинг ўзи етарли ёрдамчидир.
Alloh taolo musulmon bandalariga xabar berib, dushmanlaringizning kim ekanligini bilaman, demoqda. Shu bilan birga, dushman qanchalik kuchli va makkor boʻlmasin, qoʻrqishga hojat yoʻqligiga ishoratan:
«Valiylikka Allohning Oʻzi kifoya qilur. Nusrat beruvchilikka Allohning Oʻzi kifoya qilur», demoqda.
Demak, musulmon bandalar doimo Allohga valiy–doʻst boʻlishga harakat qilmoqlari lozim. Doimo faqat Allohning Oʻzidangina nusrat kutishlari lozim.