QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят47

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْكِتَـٰبَ ءَامِنُوا۟ بِمَا نَزَّلْنَا مُصَدِّقًا لِّمَا مَعَكُم مِّن قَبْلِ أَن نَّطْمِسَ وُجُوهًا فَنَرُدَّهَا عَلَىٰٓ أَدْبَارِهَآ أَوْ نَلْعَنَهُمْ كَمَا لَعَنَّآ أَصْحَـٰبَ ٱلسَّبْتِ ۚ وَكَانَ أَمْرُ ٱللَّهِ مَفْعُولًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, kitob berilganlar! Yuzlarni buzib, orqalariga burmasimizdan yoxud ularni shanba odamlarini la'natlaganimizdek la'natlamasimizdan oldin, sizlardagi narsani tasdiqlovchi bo`lib kelgan narsaga iymon keltiring. Allohning ishi amalga oshgusidir.Эй, китоб берилганлар! Юзларни бузиб, орқаларига бурмасимиздан ёхуд уларни шанба одамларини лаънатлаганимиздек лаънатламасимиздан олдин, сизлардаги нарсани тасдиқловчи бўлиб келган нарсага иймон келтиринг. Аллоҳнинг иши амалга ошгусидир.Alauddin Mansour: Ey Kitob berilgan kimsalar, yuzlarni buzib teskarisiga aylantirib yuborishimizdan ilgari yoki ularni «Shanba egalarini» laʼnatlaganimizdek laʼnatlashimizdan (yaʼni, maymun va toʻngʻizlarga aylantirib qoʻyishimizdan) ilgari sizlardagi narsa (Tavrot)ni tasdiqlagan holda nozil qilgan Kitobimiz (Quron)ga iymon keltiringiz. Allohning amr-farmoni shubhasiz, ado qilingusidir.Эй Китоб берилган кимсалар, юзларни бузиб тескарисига айлантириб юборишимиздан илгари ёки уларни «Шанба эгаларини» лаънатлаганимиздек лаънатлашимиздан (яъни, маймун ва тўнғизларга айлантириб қўйишимиздан) илгари сизлардаги нарса (Таврот)ни тасдиқлаган ҳолда нозил қилган Китобимиз (Қурьон)га иймон келтирингиз. Аллоҳнинг амр-фармони шубҳасиз, адо қилингусидир.

86-sahifa · 5-juz · 9-hizb86-саҳифа · 5-жуз · 9-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَularуларأُوتُوا۟berilganlarберилганларٱلْكِتَـٰبَkitobкитобءَامِنُوا۟iymon keltiringиймон келтирингبِمَاnarsagaнарсагаنَزَّلْنَاBiz nozil qilganБиз нозил қилганمُصَدِّقًۭاtasdiqlovchi boʻlibтасдиқловчи бўлибلِّمَاnarsaniнарсаниمَعَكُمsizlardagiсизлардагиمِّن-dan-данقَبْلِoldinолдинأَن-ki-киنَّطْمِسَbuzmasimizdanбузмасимизданوُجُوهًۭاyuzlarniюзларниفَنَرُدَّهَاva ularni burmasimizdanва уларни бурмасимизданعَلَىٰٓ-ga-гаأَدْبَارِهَآorqalarigaорқаларигаأَوْyoxudёхудنَلْعَنَهُمْularni laʼnatlamasimizdanуларни лаънатламасимизданكَمَاkabiкабиلَعَنَّآlaʼnatlaganimizлаънатлаганимизأَصْحَـٰبَodamlariniодамлариниٱلسَّبْتِ ۚshanbaшанбаوَكَانَva erurва эрурأَمْرُishiишиٱللَّهِAllohningАллоҳнингمَفْعُولًاamalga oshgusidirамалга ошгусидир
TafsirТафсир

Bu oyatda yahudiylarga, agar ular Qurʼoni Karimga iymon keltirmasalar, qattiq tahdid borligi bayon qilinmoqda. Bu tahdidlarning biri–yuzlaridagi insonlik alomatlari boʻlmish koʻz, burun, ogʻiz kabi aʼzolar buzib tashlanib, orqa tomoniga burib tashlashdir. Shunda odamlik holidan chiqqan bu maxluq orqaga yuradigan boʻladi. Ikkinchi tahdid ham birinchisidan qolishmaydi. Bunda Alloh taolo ularni xuddi shanba odamlarini laʼnatlagandek laʼnatlashni vaʼda qilmoqda. Shanba odamlari ham yahudiylar boʻlib, ularning qissalarini avvalgi oyatlar tafsirida keltirganmiz. Ularning shariati boʻyicha, shanba kuni ishlash, jumladan, baliq ovlash man qilingan edi. Ammo ular shumlik qilib, bu ilohiy amrni ham buzdilar. Alohida hovuzlar qazib, shanba kuni baliqlarni qamab olib, boshqa kunlari tutishdi. Shunda Allohning qazabi kelib, ularni maymun va toʻngʻizga aylantirdi. Bu oyatda Alloh taolo ularni oʻsha oʻtgan ajdodlariga kelgan azob bilan qoʻrqitmoqda.

«Ey kitob berilganlar! Yuzlarni buzib, orqalariga burmasimizdan yoxud ularni shanba odamlarini laʼnatlaganimizdek laʼnatlamasimizdan oldin, sizlardagi narsani tasdiqlovchi boʻlib kelgan narsaga iymon keltiring».

Xuddi shu oyat Kaʼbul Ahbor ismli ulugʻ tobeʼinning Islomga kelishiga sabab boʻlgan. U kishi yahudiylarning katta olimlaridan edi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam davrlarida iymonga kelmagan edi.

Imom Ibn Abi Hotimning rivoyat qilishlaricha, Kaʼbul Ahborning Abu Muslim al-Xomliy ismli ustozlari boʻlib, u kishi Kaʼbni Paygʻambarimiz alayhissalomning davrlarida iymon keltirmagani uchun doimo malomat qilar va unga odam yuborib: «Koʻrib kelchi, oʻzgarmay turibdimikan?» der edi. Kaʼbul Ahbor oʻzlari shunday hikoya qiladilar: «Ulov minib Madiynaga kelayotsam, bir qori Qurʼon tilovat qilayotgan ekan: «Ey, kitob berilganlar! Yuzlarni buzib, orqalariga burmasimizdan yoxud ularni shanba odamlarini laʼnatlaganimizdek laʼnatlamasimizdan oldin sizlardagi narsani tasdiqlovchi boʻlib kelgan narsaga iymon keltiring», oyatini oʻqib qoldi. Shoshilib, buzilib ketmadimikin, deb yuzimni ushlab koʻrdim-da, suv topib gʻusl qilib, musulmon boʻldim», deydilar.

Ibn Jarir rivoyat qilgan xabarda Kaʼbul Ahborning Islomga kirishi hazrati Umari Odilning xalifalik davrlarida boʻlgani aytilgan.

Oyati karimaning soʻngida tahdidni yana ham taʼkidlab:

«Allohning ishi amalga oshgusidir», deyilmoqda.

Yaʼni, Alloh bir ishni aytsa, albatta, amalga oshadi. Oshmay qolmaydi. Jumladan, ushbu oyatda aytilgan ish ham.