QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят48

إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَغْفِرُ أَن يُشْرَكَ بِهِۦ وَيَغْفِرُ مَا دُونَ ذَٰلِكَ لِمَن يَشَآءُ ۚ وَمَن يُشْرِكْ بِٱللَّهِ فَقَدِ ٱفْتَرَىٰٓ إِثْمًا عَظِيمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Alloh O`ziga shirk keltirilishini kechirmas. Undan boshqa gunohni, kimni xohlasa, kechiradir. Kim Allohga shirk keltirsa, shubhasiz, katta gunohni to`qibdir.Албатта, Аллоҳ Ўзига ширк келтирилишини кечирмас. Ундан бошқа гуноҳни, кимни хоҳласа, кечирадир. Ким Аллоҳга ширк келтирса, шубҳасиз, катта гуноҳни тўқибдир.Alauddin Mansour: Albatta, Alloh Oʻziga (biron narsaning) sherik qilinishini kechirmas. Shundan boshqa gunohlarni Oʻzi xohlagan bandalari uchun kechirur. Kim Allohga (biror kimsa yoki narsani) sherik keltirsa, bas, u buyuk gunohni toʻqib chiqaribdi.Албатта, Аллоҳ Ўзига (бирон нарсанинг) шерик қилинишини кечирмас. Шундан бошқа гуноҳларни Ўзи хоҳлаган бандалари учун кечирур. Ким Аллоҳга (бирор кимса ёки нарсани) шерик келтирса, бас, у буюк гуноҳни тўқиб чиқарибди.

86-sahifa · 5-juz · 9-hizb86-саҳифа · 5-жуз · 9-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳلَاemasэмасيَغْفِرُkechirurкечирурأَن-ni-ниيُشْرَكَshirk keltirilishiширк келтирилишиبِهِۦOʻzigaЎзигаوَيَغْفِرُva kechirurва кечирурمَاnarsani (gunohni)нарсани (гуноҳни)دُونَboshqaбошқаذَٰلِكَundanунданلِمَنkimniкимниيَشَآءُ ۚxohlasaхоҳласаوَمَنva kimва кимيُشْرِكْshirk keltirsaширк келтирсаبِٱللَّهِAllohgaАллоҳгаفَقَدِbas, shubhasizбас, шубҳасизٱفْتَرَىٰٓtoʻqibdirтўқибдирإِثْمًاgunohniгуноҳниعَظِيمًاkattaкатта
TafsirТафсир

Shirk keltirish katta gunoh ekanligi boshqa oyatlarda ham qayta- qayta taʼkidlangan. Ammo bu oyatda shirk yagona kechirilmas gunoh ekanligi bildirilmoqda.

«Albatta, Alloh Oʻziga shirk keltirilishini kechirmas».

Aslida, shirk–yaratuvchilikda, ibodat va tarbiyakunandalikda Allohdan boshqani Unga sherik deb bilishdir. Kim shirkka mansub aqiydani oʻziga munosib koʻrsa yoki amalini qilsa, mushrik hisoblanadi. Jumladan, ahli kitob boʻlmish yahudiy va nasorolar ham bir tomondan mushrik hisoblanadilar. Ularning mushriklik alomatlari koʻp boʻlib, eng koʻzga koʻringani, masalan, yahudiylarning «Uzayr Allohning oʻgʻli», deb eʼtiqod qilishlaridir. Nasorolarning «Iyso Allohning oʻgʻli», deb bilishlari ham shulardan boshqa narsa emas. Shirkning har bir koʻrinishi katta zulmdir. Zulm boʻlganda ham, Allohga, yaratgan Zotga, rizq bergan Zotga nisbatan zulmdir. Kimki shirk keltirsa, oʻzi bilan Alloh oʻrtasidagi aloqani uzgan boʻladi. U endi Allohning magʻfiratiga loyiq boʻlmay qoladi. Shuning uchun ham, Alloh taolo shirk keltirganlarning gunohini hech qachon kechirmaydi. Ammo iymon bilan oʻtganlarning–shirk keltirmaganlarning boshqa gunohlari boʻlsa, xohlagan odamini magʻfirat qilaveradi.

«Undan boshqa gunohni, kimni xohlasa, kechiradi. Kim Allohga shirk keltirsa, shubhasiz, katta gunohni toʻqibdir».

Imom Ibn Abi Hotim Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam:

«Allohga shirk keltirmay vafot etgan har bir jon magʻfiratga sazovordir. Alloh xohlasa, uni azoblaydi, xohlasa kechiradi. Albatta, Alloh oʻziga shirk keltirilishini kechirmaydi. Undan boshqa gunohni, kimni xohlasa, kechiradi», deganlar.

Keyingi oyatlarda yahudiylarning asl basharalari yana ham ochib tashlanib, musulmonlar jamoasiga ular yaqindan tanishtiriladi: