QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят49

أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ يُزَكُّونَ أَنفُسَهُم ۚ بَلِ ٱللَّهُ يُزَكِّى مَن يَشَآءُ وَلَا يُظْلَمُونَ فَتِيلًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`zlarini pok qilib ko`rsatayotganlarni ko`rmaysanmi?! Yo`q! Alloh kimni xohlasa, shuni poklaydir. Va qilcha zulm qilinmaslar.Ўзларини пок қилиб кўрсатаётганларни кўрмайсанми?! Йўқ! Аллоҳ кимни хоҳласа, шуни поклайдир. Ва қилча зулм қилинмаслар.Alauddin Mansour: (Ey Mhammad), oʻzlarini pok qilib koʻrsatayotganlarni koʻrmadingizmi? Yoʻq! Faqat Alloh Oʻzi xohlagan zotlarni poklaguvsidir. Va ularga qilchalik zulm qilinmas.(Эй Мҳаммад), ўзларини пок қилиб кўрсатаётганларни кўрмадингизми? Йўқ! Фақат Аллоҳ Ўзи хоҳлаган зотларни поклагувсидир. Ва уларга қилчалик зулм қилинмас.

86-sahifa · 5-juz · 9-hizb86-саҳифа · 5-жуз · 9-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَلَمْemasmiэмасмиتَرَkoʻrasanкўрасанإِلَى-ni-ниٱلَّذِينَoʻshalarniўшаларниيُزَكُّونَpok qilib koʻrsatayotganпок қилиб кўрсатаётганأَنفُسَهُم ۚoʻzlariniўзлариниبَلِyoʻq!йўқ!ٱللَّهُAllohАллоҳيُزَكِّىpoklaydiпоклайдиمَنkimniкимниيَشَآءُxohlasaхоҳласаوَلَاva emasва эмасيُظْلَمُونَzulm qilinurlarзулм қилинурларفَتِيلًاqilchaқилча
TafsirТафсир

Yahudiylar oʻzlarini oʻzlari poklab koʻrsatishadi. Juda ham balanddan kelishadi. Oʻzlarini Allohning bolalari va mahbublari hisoblab: «Bizga doʻzax oʻti tegmaydi, tegsa ham, sanoqli kunlar tegadi, xolos; yahudiy boʻlib tugʻilmaganlar hidoyatga sazovor emas, biz Allohning tanlab olgan xalqimiz», deydilar. Boshqa xalqlar– ularning nazarida–yahudiylarning eshagi hisoblanadi. Yahudiy naslidan boʻlmaganlar ularning diniga kirishi mumkin emas. Ularning oʻzlarini bunchalik yuqori tutishlariga omil boʻlgan narsa bir vaqtlar Alloh tomonidan ularga berilgan fazldir. Haqiqatan ham. Alloh ularni oʻz zamonasidagi bosh-qa xalqlardan koʻra fazllik qildi. Lekin ular Alloh koʻrsatgan yoʻldan boshqa yoʻlga yurdilar. Yer yuzida nohaqliklar qildilar. Alloh harom qilgan narsalarni halol, halol qilgan narsalarni harom, dedilar. Riboxoʻrlik va boshqa jinoyatlarga qoʻl urdilar. Shu bilan birga, yana: «Biz Allohning tanlangan bandalarimiz, umiz-bumiz», deb oʻzlarini poklab koʻrsatadilar va faxrlanadilar.

«Oʻzlarini pok qilib koʻrsatayotganlarni koʻrmaysanmi?!»

Aslida esa, kimni poklash Alloh taoloning Oʻzining ishidir. U zot kimni xohlasa, shuni poklaydi. Poklash uchun adolatni oʻlchov qilib olgan. Insonlarni iymoniga, qilgan amaliga qarab poklaydi. Bu ishda biror bandaga qilcha ham zulm qilmaydi.

«Yoʻq! Alloh kimni xohlasa, shuni poklaydir. Va qilcha zulm qilinmaslar».

Hozirgi kunda asli musulmon ekanligini faxr bilan eslab, ota-bobolarining oʻqigan namoziyu boshqa ibodatlari bilan jannatga kirishni daʼvo qilib yurganlar ham bu ulkan haqiqatni oʻylab koʻrsalar, yaxshi boʻlar edi.