QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят50

ٱنظُرْ كَيْفَ يَفْتَرُونَ عَلَى ٱللَّهِ ٱلْكَذِبَ ۖ وَكَفَىٰ بِهِۦٓ إِثْمًا مُّبِينًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularning Allohga yolg`on to`qishini ko`rmaysanmi?! Shuning o`zi ham ochiq-oydin gunohlikka yetarlidir.Уларнинг Аллоҳга ёлғон тўқишини кўрмайсанми?! Шунинг ўзи ҳам очиқ-ойдин гуноҳликка етарлидир.Alauddin Mansour: Ularning («Biz Allohning suyukli bolalarimiz», deb) Alloh shaʼniga yolgʻon toʻqiyotganlarini koʻring. Mana shuning oʻzi yetarli ochiq gunohdir.Уларнинг («Биз Аллоҳнинг суюкли болаларимиз», деб) Аллоҳ шаънига ёлғон тўқиётганларини кўринг. Мана шунинг ўзи етарли очиқ гуноҳдир.

86-sahifa · 5-juz · 9-hizb86-саҳифа · 5-жуз · 9-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱنظُرْqaraқараكَيْفَqandayқандайيَفْتَرُونَtoʻqiydilarтўқийдиларعَلَى-ga-гаٱللَّهِAllohАллоҳٱلْكَذِبَ ۖyolgʻonniёлғонниوَكَفَىٰva yetarlidirва етарлидирبِهِۦٓshuning oʻziшунинг ўзиإِثْمًۭاgunohlikkaгуноҳликкаمُّبِينًاochiq-oydinочиқ-ойдин
TafsirТафсир

Allohning yoʻlidan yurmay turib, oʻzini pok deb daʼvo qilish, Allohga nisbatan yolgʻon toʻqishdir. Aslida, banda, kim boʻlishidan qatʼi nazar, Alloh koʻrsatgan yoʻldan yurmogʻi lozim. Poklash ham Allohning ishidir.

«Shuning oʻzi ham ochiq-oydin gunohlikka yetarlidir».

Demak, boshqa gunohlarni qoʻya turganda ham, Allohning yoʻliga yurmasdan, oʻzini pok his qilishning oʻziyoq ochiq-oydin gunoh, ikki dunyo badbaxtligiga duchor etishga yetarlidir. Bu haqiqatni har bir inson anglab yetmogʻi lozim.