QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят51

أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ نَصِيبًا مِّنَ ٱلْكِتَـٰبِ يُؤْمِنُونَ بِٱلْجِبْتِ وَٱلطَّـٰغُوتِ وَيَقُولُونَ لِلَّذِينَ كَفَرُوا۟ هَـٰٓؤُلَآءِ أَهْدَىٰ مِنَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ سَبِيلًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kitobdan nasibador bo`lganlarning botilga va tog`utga iymon keltirishlarini va kufr keltirganlarni (ko`rsatib): «Anavilar, iymon keltirganlardan ko`ra hidoyatliroq yo`ldalar», deyishlarini ko`rmaysanmi?!Китобдан насибадор бўлганларнинг ботилга ва тоғутга иймон келтиришларини ва куфр келтирганларни (кўрсатиб): «Анавилар, иймон келтирганлардан кўра ҳидоятлироқ йўлдалар», дейишларини кўрмайсанми?!Alauddin Mansour: Kitobdan nasibador boʻlgan kimsalarning but va sanamlarga sigʻinayotganlarini hamda kofir kimsalar haqida: «Oʻshalar iymon egalari boʻlgan musulmonlardan koʻra tugʻriroq yoʻldalar», deyayotganlarini koʻrmadingizmi?Китобдан насибадор бўлган кимсаларнинг бут ва санамларга сиғинаётганларини ҳамда кофир кимсалар ҳақида: «Ўшалар иймон эгалари бўлган мусулмонлардан кўра туғрироқ йўлдалар», деяётганларини кўрмадингизми?

86-sahifa · 5-juz · 9-hizb86-саҳифа · 5-жуз · 9-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَلَمْemasmiэмасмиتَرَkoʻrasanкўрасанإِلَى-ni-ниٱلَّذِينَoʻshalarniўшаларниأُوتُوا۟berilganберилганنَصِيبًۭاnasibaнасибаمِّنَ-dan-данٱلْكِتَـٰبِkitobкитобيُؤْمِنُونَiymon keltiradilarиймон келтирадиларبِٱلْجِبْتِbotilga (jibtga)ботилга (жибтга)وَٱلطَّـٰغُوتِva togʻutgaва тоғутгаوَيَقُولُونَva aytadilarва айтадиларلِلَّذِينَoʻshalarga koʻrsatibўшаларга кўрсатибكَفَرُوا۟kufr keltirganкуфр келтирганهَـٰٓؤُلَآءِanavilarанавиларأَهْدَىٰhidoyatliroqҳидоятлироқمِنَ-dan koʻra-дан кўраٱلَّذِينَoʻshalarўшаларءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганسَبِيلًاyoʻldalarйўлдалар
TafsirТафсир

Bu oyati karimada yahudiylar endi

«Kitobdan nasibador boʻlganlar», deb tavsiflanmoqda.

Biz «botil» deb tarjima qilgan soʻz oyatda «jibt» deb kelgan. Arab tilida jibt–but, sanam, folbin va sehrgarga oʻxshash narsalarga ishlatiladi. «Togʻut» esa–Allohning shariatidan boshqa shariat va Allohning shariatiga asoslanmagan hukmdir.

Ushbu oyati karimada Alloh taolo yahudiylarni jibt va togʻutga iymon keltirganlar, deb vasf qilmoqda.

Holbuki, yahudiylar ahli kitob oʻlaroq, boshqalardan avvalroq Allohga, Qurʼonga, Islomga, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirmoqlari kerak edi. Buning oʻrniga, ular botilga–butu sanamga, kohinu sehrgarlarga iymon keltirdilar.

Togʻutning (shaytonning) va oʻzlarining axborlarining (diniy olimlarining) joriy etgan shariatiga, hukmiga amal qilishga oʻtdilar. Bu ham yetmaganidek, oʻzlarini zoʻr fahmlab: Biz Allohning bolalarimiz, mahbublarimiz va tanlab olgan xalqimiz, deb nooʻrin daʼvo ham qiladilar. Xuddi shu bemaʼni daʼvo tufayli ular bosh- qa xalqlar ustidan hukm chiqarishga ham oʻzlarini salohiyatli deb bildilar va:

«Kufr keltirganlarni (koʻrsatib): «Anavilar, iymon keltirganlardan koʻra hidoyatliroq yoʻldalar», deyishgacha borib yetdilar.

Yaʼni, kofirlar musulmonlardan koʻra toʻgʻri yoʻlda emishlar?!

Bu jumlaning maʼnosi yana ham tushunarliroq boʻlishi uchun tarixiy hodisalarga, oyati karima nozil boʻlgan vaqtdagi voqealarga murojaat qilaylik.

Imom Ibn Abi Hotim Ikrima roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda quyidagilar aytiladi:

«Hayy ibn Axtob va Kaʼb ibn Ashraf kabi yahudiylar Makka ahli huzuriga keldilar. Makkaliklar ularga:

«Sizlar ahli kitob, ahli ilmsizlar. Bizga oʻzimizning haqimizda va Muhammad haqida xabar beringlar», deyishdi. Yahudiylar:

«Sizlar nima qilasizlar? Muhammad nima qiladi?» deb soʻradilar.

«Biz silai rahm qilamiz, tuya soʻyib goʻsht tarqatamiz, suv berganga sut beramiz, qul ozod qilamiz, hojilarga suv tutamiz. Muhammad esa, silai rahmni kesdi, Gʻifor qabilasidagi hojilar molining oʻgʻrilari unga ergashdilar. Biz yaxshimi, umi?»–deyishdi. Yahudiylar:

«Sizlar yaxshi va yoʻlingiz hidoyatli», deb javob qildilar.

Shunda Alloh taolo: «Kitobdan nasibador boʻlganlarning... koʻrmaysanmi?!» oyatini tushirdi.

Yahudiylarning bu ishlari doimiy ravishda davom etdi va etmoqda. Ammo haqiqat ular aytgancha emas. Haqiqat ular aytganining teskarisidir. Iymon keltirganlarni ikki dunyoda baxtiyor qilishni oʻz kafolatiga olgan Alloh yahudiylarga boʻlgan munosabatini quyidagicha izhor qiladi: