أُو۟لَـٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ لَعَنَهُمُ ٱللَّهُ ۖ وَمَن يَلْعَنِ ٱللَّهُ فَلَن تَجِدَ لَهُۥ نَصِيرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana o`shalarni Alloh la'natlagandir. Kimni Alloh la'natlasa, unga hech nusratchi topolmassan.Ана ўшаларни Аллоҳ лаънатлагандир. Кимни Аллоҳ лаънатласа, унга ҳеч нусратчи тополмассан.Alauddin Mansour: Ular Alloh laʼnatlagan kimsalardir. Kimniki Alloh laʼnatlar ekan, bas, hech qachon uning uchun biron yordamchini topa olmaysiz.Улар Аллоҳ лаънатлаган кимсалардир. Кимники Аллоҳ лаънатлар экан, бас, ҳеч қачон унинг учун бирон ёрдамчини топа олмайсиз.
Kitobdan nasibador boʻla turib, jibt va togʻutga iymon keltirgan, kofirlarni musulmonlardan afzal koʻrgan yahudiylarni Alloh taolo laʼnatladi. Oʻz rahmatidan uzoq qildi. Allohning laʼnatiga uchragan shaxsga esa, hech kim yordamchi boʻla olmas. Demak, ular ikki dunyoda chorasiz qoldilar. Oyatning «yahudiylar» deb tayin qilmasdan, «ana oʻshalarni» deb ifodalashi, yaʼni jibt va togʻutga iymon keltiruvchilarga ishora qilinishi, mazkur hukmning umumiy ekanligiga dalildir. Demak, Allohning Qurʼonidan nasibador boʻla turib, turli butu sanam, folbinu sehrgarga va ular kabi boshqa jibtlarga ishongan, Allohning shariatini, hukmini qoʻyib, boshqa shariat, dastur va hukmlarni qabul qilganlar ham ushbu oyat hukmi ostiga kiradi.