QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят54

أَمْ يَحْسُدُونَ ٱلنَّاسَ عَلَىٰ مَآ ءَاتَىٰهُمُ ٱللَّهُ مِن فَضْلِهِۦ ۖ فَقَدْ ءَاتَيْنَآ ءَالَ إِبْرَٰهِيمَ ٱلْكِتَـٰبَ وَٱلْحِكْمَةَ وَءَاتَيْنَـٰهُم مُّلْكًا عَظِيمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki Alloh odamlarga O`z fazlidan bergan narsalarga hasad qilmoqdalarmi? Batahqiq, Ibrohim oilasiga kitobni, hikmatni va ulug` mulkni berganmiz-ku?!Ёки Аллоҳ одамларга Ўз фазлидан берган нарсаларга ҳасад қилмоқдаларми? Батаҳқиқ, Иброҳим оиласига китобни, ҳикматни ва улуғ мулкни берганмиз-ку?!Alauddin Mansour: Yoki odamlarga (yaʼni, Muhammad alayhis-salotu vas-salomga) Alloh oʻz fazlu karamidan bergan narsaga (yaʼni, paygʻambarlikka) hasad qilyaptilarmi? Axir Biz ilgari ham Ibrohim sulolasiga (yaʼni, Muso, Dovud, Sulaymon kabi zotlarga) Kitob va hikmat (paygʻambarlik) berib, ularni ulugʻ mulku davlatga ega qilgan edik-ku?!Ёки одамларга (яъни, Муҳаммад алайҳис-салоту вас-саломга) Аллоҳ ўз фазлу карамидан берган нарсага (яъни, пайғамбарликка) ҳасад қиляптиларми? Ахир Биз илгари ҳам Иброҳим сулоласига (яъни, Мусо, Довуд, Сулаймон каби зотларга) Китоб ва ҳикмат (пайғамбарлик) бериб, уларни улуғ мулку давлатга эга қилган эдик-ку?!

87-sahifa · 5-juz · 9-hizb87-саҳифа · 5-жуз · 9-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَمْyokiёкиيَحْسُدُونَhasad qilmoqdalarmiҳасад қилмоқдалармиٱلنَّاسَodamlargaодамларгаعَلَىٰ-ga-гаمَآnarsalargaнарсаларгаءَاتَىٰهُمُularga berganуларга берганٱللَّهُAllohАллоҳمِن-dan-данفَضْلِهِۦ ۖOʻz fazliЎз фазлиفَقَدْbatahqiqбатаҳқиқءَاتَيْنَآberdikбердикءَالَoilasigaоиласигаإِبْرَٰهِيمَIbrohimИброҳимٱلْكِتَـٰبَkitobniкитобниوَٱلْحِكْمَةَva hikmatniва ҳикматниوَءَاتَيْنَـٰهُمva ularga berdikва уларга бердикمُّلْكًاmulkniмулкниعَظِيمًۭاulugʻулуғ
TafsirТафсир

Ajabo, Alloh taolo Oʻz fazlidan Muhammad sollallohu alayhi vasallamga va musulmonlarga bergan fazlga yahudiylar nega bunchalik hasad qiladilar?! Alloh Muhammad alayhissalomga Paygʻambarlikni, Qurʼonni bergan boʻlsa, musulmonlarga Paygʻambar yuborib, kitob tushirib, yangi dinni berib, yangi jamiyat tuzish imkonini bergan boʻlsa, Ibrohim oilasidan boʻlmish yahudiylarga ham Oʻz kitobi Tavrotni tushirgan-ku! Hikmat egasi boʻlmish turli Paygʻambarlarni yuborgan-ku va ular asrlar boʻyi ulugʻ davlatni boshqarganlar-ku? Endi ulardan emas, boshqa toifadan Paygʻambar chiqsa, unga kitob tushirilsa va islomiy jamiyat qurish topshirilsa, nega bunga hasad qiladilar?! Agar hech narsaga ega boʻlmay, boshqaga yetgan neʼmatga hasad qilinsa ham, tushunsa boʻlardi. Ammo oʻzi boshidan-oyogʻigacha neʼmatga koʻmilib turib, boshqalarga berilgan neʼmatga hasad qilish tabiati aslida buzuq odamlarning ishi, xolos. Bu juda ham yomon, bu hammayoqni rasvo qiladigan hasaddir. Shu hasad tufayli: