QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят55

فَمِنْهُم مَّنْ ءَامَنَ بِهِۦ وَمِنْهُم مَّن صَدَّ عَنْهُ ۚ وَكَفَىٰ بِجَهَنَّمَ سَعِيرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, ularning ichida u(Muhammad)ga iymon keltirganlar ham bor, undan yuz o`girib kufr keltirganlar ham bor. Jahannam kuydirish azobiga kifoya qilur.Бас, уларнинг ичида у(Муҳаммад)га иймон келтирганлар ҳам бор, ундан юз ўгириб куфр келтирганлар ҳам бор. Жаҳаннам куйдириш азобига кифоя қилур.Alauddin Mansour: Bas, ularning ichida unga (yaʼni, Muhammadga) iymon keltirganlar ham bor, undan yuz oʻgirganlar ham bor. (Bularga) jahannam oʻti bas kelur.Бас, уларнинг ичида унга (яъни, Муҳаммадга) иймон келтирганлар ҳам бор, ундан юз ўгирганлар ҳам бор. (Буларга) жаҳаннам ўти бас келур.

87-sahifa · 5-juz · 9-hizb87-саҳифа · 5-жуз · 9-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَمِنْهُمbas, ulardanбас, уларданمَّنْkim (baʼzilari)ким (баъзилари)ءَامَنَiymon keltirdiиймон келтирдиبِهِۦungaунгаوَمِنْهُمva ulardanва уларданمَّنkim (baʼzilari)ким (баъзилари)صَدَّyuz oʻgirdiюз ўгирдиعَنْهُ ۚundanунданوَكَفَىٰva kifoya qilurва кифоя қилурبِجَهَنَّمَjahannamжаҳаннамسَعِيرًاkuydirish azobigaкуйдириш азобига
TafsirТафсир

Hasadlarini demaganda, yahudiylarning hammalari birinchi boʻlib Muhammad alayhissalomga iymon keltirishlari lozim edi. Chunki, ular bu kishining Paygʻambar boʻlishlarini yaxshi bilishardi. Arablarga bu zotning Paygʻambarlik alomatlarini oldindan aytgan ham edilar. Natijada, arablar Paygʻambar alayhissalomni koʻrishlari bilan iymon keltirdilar. Hasad dardiga chalingan yahudiylardan esa, juda ozlari iymon keltirdilar, koʻplari kufrga botib, u zotga dushman boʻldilar. Shu qilmishlari uchun ham ularga:

«Jahannam kuydirish azobiga kifoya qilur».

Keyingi oyatda ular jahannamga tushganlaridan soʻng nimalarga duchor boʻlishlari vasf qilinadi: