QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят56

إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا سَوْفَ نُصْلِيهِمْ نَارًا كُلَّمَا نَضِجَتْ جُلُودُهُم بَدَّلْنَـٰهُمْ جُلُودًا غَيْرَهَا لِيَذُوقُوا۟ ٱلْعَذَابَ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَزِيزًا حَكِيمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Oyatlarimizga kufr keltirganlarni, albatta, do`zaxga kiritarmiz. Qachonki, terilari yetib pishganda, azobni tortishlari uchun boshqa teri almashtirarmiz. Albatta, Alloh Aziyz va Hakiym Zotdir.Оятларимизга куфр келтирганларни, албатта, дўзахга киритармиз. Қачонки, терилари етиб пишганда, азобни тортишлари учун бошқа тери алмаштирармиз. Албатта, Аллоҳ Азийз ва Ҳакийм Зотдир.Alauddin Mansour: Bizning oyatlarimizni inkor qilgan kimsalarni albatta doʻzaxga kiritajakmiz. Qachonki terilari kuyib bitishi bilan haqiqiy azobni totib koʻrishlari uchun oʻrniga boshqa terilarni almashtiramiz. Albatta, Alloh qudrat va hikmat egasi boʻlgan Zotdir.Бизнинг оятларимизни инкор қилган кимсаларни албатта дўзахга киритажакмиз. Қачонки терилари куйиб битиши билан ҳақиқий азобни тотиб кўришлари учун ўрнига бошқа териларни алмаштирамиз. Албатта, Аллоҳ қудрат ва ҳикмат эгаси бўлган Зотдир.

87-sahifa · 5-juz · 9-hizb87-саҳифа · 5-жуз · 9-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلَّذِينَoʻshalarniўшаларниكَفَرُوا۟kufr keltirganкуфр келтирганبِـَٔايَـٰتِنَاoyatlarimizgaоятларимизгаسَوْفَyaqindaяқиндаنُصْلِيهِمْularni kiritamizуларни киритамизنَارًۭاdoʻzaxgaдўзахгаكُلَّمَاqachonkiқачонкиنَضِجَتْyetib pishgandaетиб пишгандаجُلُودُهُمterilariтерилариبَدَّلْنَـٰهُمْularga almashtiramizуларга алмаштирамизجُلُودًاterilarтериларغَيْرَهَاboshqaбошқаلِيَذُوقُوا۟tortishlari uchunтортишлари учунٱلْعَذَابَ ۗazobniазобниإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳكَانَerurэрурعَزِيزًاazizазизحَكِيمًۭاhakimҳаким
TafsirТафсир

Kufrning oxiri yaxshilika olib bormasligi aniq. Kufr keltirganlar bu dunyoda turli balo-ofatlarga duchor boʻlib oʻtishlari sobit boʻlgan, inkor etilmas haqiqatdir. Kufr keltirganlarning oxiratda nima boʻlishlarini ushbu oyati karima vasf etmoqda.

«Oyatlarimizga kufr keltirganlarni, albatta, doʻzaxga kiritarmiz».

Allohning oyatiga kufr keltirganlar jahannamga kirish bilan chegaralanib qolmaydilar.

«Qachonki, terilari yetib pishganda, azobni tortishlari uchun boshqa teri almashtirarmiz».

Ularga azobni tortish uchun terilari har gal yetib pishganda, boshqa yangi terilar almashtiriladi va azob yangidan boshlanadi. Bu holat abadul abad davom etadi.

«Albatta, Alloh aziz va hakim Zotdir».

Shuning uchun ham, kufr keltirganlarga mazkur azobni ravo koʻrgandir.

Ulamolar ushbu dahshatli holatni tushuntirish uchun bir qancha rivoyatlar keltirganlar.

Ibn Abi Hotim Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda shunday deyiladi:

«Bir odam hazrati Umar huzurlarida mazkur oyatni oʻqigan edi u kishi: «Bu oyatni menga yana qaytarib oʻqib ber», dedilar. U odam qayta oʻqidi. Shunda Muoz ibn Jabal roziyallohu anhu:

«Bu oyatning tafsirini men bilaman, bir soatda terisi yetmish marta almashtiriladi», dedilar. Hazrati Umar:

«Xuddi shuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganman», dedilar. Demak, oʻt-olov kuchli boʻlganidan, ularni bir zumda kuydirib jizgʻanak qilib tashlaydi va yana yangidan azob chekishlari uchun tezda terilari yangilanadi. Ammo, u terilari bu dunyodagi terilariga oʻxshash boʻlmaydi, Alloh taolo doʻzaxiylarning azobini yanada kuchaytirish uchun terilarini ham boshqacha qilib qoʻygan boʻladi.

Imom Ahmad ibn Hanbal hazrati Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam:

«Doʻzax ahlining jismlari doʻzaxda kattalashtiriladi. Hatto quloq uchlaridan boʻyinlarigacha boʻlgan masofa yetti yuz yillik yoʻlchalik boʻladi. Terilarining qalinligi yetti chiqanoqchalik boʻladi. Tishlari esa, Uhud togʻicha boʻladi», deganlar. Endi mana shunday badan va terining soatiga yetmish marta kuyib-bitib almashishini tasavvur qilib olavering! Alloh Oʻzi asrasin.

Har bir narsaning qadri ziddiga solishtirganda boʻrtib bilinadi. Shu bois, jahannamda kofirlar tortadigan azoblar vasfi ketidan kelasi oyatda jannatiylarning holi tasvirlanadi: