QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят57

وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ سَنُدْخِلُهُمْ جَنَّـٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَـٰرُ خَـٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًا ۖ لَّهُمْ فِيهَآ أَزْوَٰجٌ مُّطَهَّرَةٌ ۖ وَنُدْخِلُهُمْ ظِلًّا ظَلِيلًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Iymon keltirgan va solih amallarni qilganlarni, albatta, ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritarmiz. Unda abadiy, boqiy qolurlar. Unda ularga pokiza juftlar bor. Va ularni quyuq soyalarga kiritarmiz.Иймон келтирган ва солиҳ амалларни қилганларни, албатта, остидан анҳорлар оқиб турган жаннатларга киритармиз. Унда абадий, боқий қолурлар. Унда уларга покиза жуфтлар бор. Ва уларни қуюқ сояларга киритармиз.Alauddin Mansour: Iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarni esa ular abadiy yashaydigan, ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga doxil qilajakmiz. Ular uchun u joylarda pok juftlar bordir. Ularni quyuq soyali joylarga kiriturmiz.Иймон келтирган ва яхши амаллар қилган зотларни эса улар абадий яшайдиган, остидан дарёлар оқиб турадиган жаннатларга дохил қилажакмиз. Улар учун у жойларда пок жуфтлар бордир. Уларни қуюқ сояли жойларга киритурмиз.

87-sahifa · 5-juz · 9-hizb87-саҳифа · 5-жуз · 9-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلَّذِينَva oʻshalarва ўшаларءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганوَعَمِلُوا۟va qilganва қилганٱلصَّـٰلِحَـٰتِsolih amallarniсолиҳ амалларниسَنُدْخِلُهُمْularni kiritamizуларни киритамизجَنَّـٰتٍۢjannatlargaжаннатларгаتَجْرِىoqib turganоқиб турганمِن-dan-данتَحْتِهَاostidanостиданٱلْأَنْهَـٰرُanhorlarанҳорларخَـٰلِدِينَboqiy qolurlarбоқий қолурларفِيهَآundaундаأَبَدًۭا ۖabadiyабадийلَّهُمْulargaуларгаفِيهَآundaундаأَزْوَٰجٌۭjuftlar borжуфтлар борمُّطَهَّرَةٌۭ ۖpokizaпокизаوَنُدْخِلُهُمْva ularni kiritamizва уларни киритамизظِلًّۭاsoyalargaсояларгаظَلِيلًاquyuqқуюқ
TafsirТафсир

Ushbu oyatda zikr etilgan saodatmand kishilar mazkur ulugʻ neʼmatga Allohning fazli ila, iymonlari va solih amallari tufayli erishadilar.

«Iymon keltirgan va solih amallarni qilganlarni, albatta, ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritarmiz».

Haqiqiy iymon oʻz egasini yaxshi amalga–Allohning aytganida yurishga boshlashi zarur. Shuning uchun, jannat neʼmatlariga erishtiruvchi iymon haqida soʻz ketganda, Qurʼoni Karimda uning ortidan solih amal ham zikr etiladi. Bunday baxtli kishilar ham jannatga shunchaki kirmaydilar, balki ularga jannatda turli-tuman noz-neʼmatlar va huzur-halovatlar ato etiladi. Boz ustiga, unday jannatda ular abadiy qoladilar.

«Unda abadiy, boqiy qolurlar».

Yaʼni, jannat va uning neʼmatlari vaqtinchalik emas, bardavom, abadiydir. Hamda jannat ahllariga moddiy va maʼnaviy iflosliklardan poklangan juftlar beriladi.

«Unda ularga pokiza juftlar bor».

Ular doimo quyuq soya joylarda boʻladilar. Hech qachon oftobdan ozor topmaydilar.

«Va ularni quyuq soyalarga kiritarmiz».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam:

«Jannatda bir daraxt bor, uning soyasini ulov mingan odam ming yilda kesib oʻtadi. Bu–abadiylik daraxtidir», deganlar.

Yuqoridagi oyatlarda johiliyat va shirk asoratidan qutulish, mushrik va kofirlarning vasfi, ularning dushmanliklaridan ehtiyot boʻlish lozimligi toʻgʻrisida gap ketgan edi. Endi kelasi oyatlarda musulmonlarning oʻzlari nimalar qilishi kerakligi haqida soʻz boradi. Bu esa, maqsaddagi islomiy jamiyatni qurishda eng muhim omildir.