QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят58

۞ إِنَّ ٱللَّهَ يَأْمُرُكُمْ أَن تُؤَدُّوا۟ ٱلْأَمَـٰنَـٰتِ إِلَىٰٓ أَهْلِهَا وَإِذَا حَكَمْتُم بَيْنَ ٱلنَّاسِ أَن تَحْكُمُوا۟ بِٱلْعَدْلِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ نِعِمَّا يَعِظُكُم بِهِۦٓ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ سَمِيعًۢا بَصِيرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Alloh sizlarga omonatlarni o`z ahliga erishtirishni va agar odamlar orasida hukm qilsangiz, adolat ila hukm qilishni amr qilur. Alloh sizlarga qanday ham yaxshi va'z qilur! Albatta, Alloh eshituvchi va ko`ruvchi Zotdir.Албатта, Аллоҳ сизларга омонатларни ўз аҳлига эриштиришни ва агар одамлар орасида ҳукм қилсангиз, адолат ила ҳукм қилишни амр қилур. Аллоҳ сизларга қандай ҳам яхши ваъз қилур! Албатта, Аллоҳ эшитувчи ва кўрувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Albatta, Alloh sizlarni omonatlarni oʻz egalariga topshirishga va odamlar orasida hukm qilganingizda adolat bilan hukm qilishga buyuradi. Albatta, Alloh sizlarga eng yaxshi pand-nasihatlar qilur. Albatta, Alloh eshitguvchi, koʻrguvchi boʻlgan Zotdir.Албатта, Аллоҳ сизларни омонатларни ўз эгаларига топширишга ва одамлар орасида ҳукм қилганингизда адолат билан ҳукм қилишга буюради. Албатта, Аллоҳ сизларга энг яхши панд-насиҳатлар қилур. Албатта, Аллоҳ эшитгувчи, кўргувчи бўлган Зотдир.

87-sahifa · 5-juz · 9-hizb87-саҳифа · 5-жуз · 9-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ إِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳيَأْمُرُكُمْsizlarga amr qiladirсизларга амр қиладирأَن-ni-ниتُؤَدُّوا۟erishtirishni (ado etishni)эриштиришни (адо этишни)ٱلْأَمَـٰنَـٰتِomonatlarniомонатларниإِلَىٰٓ-ga-гаأَهْلِهَاoʻz ahligaўз аҳлигаوَإِذَاva qachonkiва қачонкиحَكَمْتُمhukm qilsangizҳукм қилсангизبَيْنَorasidaорасидаٱلنَّاسِodamlarодамларأَن-ni-ниتَحْكُمُوا۟hukm qilishniҳукм қилишниبِٱلْعَدْلِ ۚadolat ilaадолат илаإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳنِعِمَّاqanday ham yaxshiқандай ҳам яхшиيَعِظُكُمsizlarga vaʼz qilurсизларга ваъз қилурبِهِۦٓ ۗu bilanу биланإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳكَانَerurэрурسَمِيعًۢاeshituvchiэшитувчиبَصِيرًۭاkoʻruvchiкўрувчи
TafsirТафсир

Musulmonlar jamoasiga Alloh taolo amr etgan muhim ishlardan biri–omonatlarni oʻz ahliga erishtirishdir.

«Albatta, Alloh sizlarga omonatlarni oʻz ahliga erishtirishni...» amr etur.

Bizning davrimizda, oʻtmishda zoʻr musulmonlar boʻlgan xalqimizning hozirgi holatida hamma oʻlchovlar, hamma tushunchalar buzilib ketgan. Shu jumladan, omonatlar haqidagi tushuncha ham buzilgan. Odamlar omonat deganda qimmatbaho narsani boshqa birovning huzuriga saqlab berish uchun qoʻyishnigina tushunadilar. Aslida, omonatning turlari koʻpdir. Jumladan, ulamolarimiz:, «Allohning bandaga yuklagan omonatlari bor: namoz, roʻza, zakot, kafforot va nazrlar ham omonatdir» deydilar. Shuningdek, bandalarning bandalardagi turli haqlari ham omonat hisoblanadi.

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislaridan birida:

«Birov senga bir kalima aytib, soʻngra atrofga qarab qoʻysa, bilginki, shu soʻz omonatdir», deganlar.

Demak, omonat keng tushunilishi lozim boʻlgan atamadir. Eng buyuk omonat esa, iymon omonatidir. Bu omonat insondan boshqa maxluqotlarga qasdsiz, irodasiz, harakat va yoʻllanmasiz berilgandir. Ular xohlasalar-xohlamasalar, iymonlidirlar. Faqat insongina, aqlga va hur irodaga ega boʻlgani uchun, oʻz irodasi, harakati, qasdi va urinishi bilan moʻmin boʻla oladi. Xuddi mana shu asl omonatdan boshqa omonatlar tugʻiladi. Iymon omonatini ado qilganlargina Allohning barcha omonatlarini hamda bandalar orasidagi omonatlarni halol ado eta oladilar. Barcha omonatlarni oʻz egalariga erishtirganlargina iymoni haqiqiy kishilar hisoblanadilar. Moʻminlar ushbu iymon ila jahon xalqlari ichida tanilganlar. Omonatga xiyonat qilishlik munofiqlikning uch alomatidan biridir. Musulmon inson barcha omonatlarga, jumladan, odamlar ila oʻzaro muomaladagi, moddiy masalalardagi omonatlarga, katta-kichikka nasihat qilish omonatiga, yosh avlodni toʻgʻri tarbiyalash omonatiga va boshqa omonatlarga rioya etadi, xiyonat qilmaydi. Alloh koʻrsatmasin, agar xiyonat sodir boʻlsa, katta xatoga yoʻl qoʻyilgan boʻladi. Xiyonatchi hatto shahid boʻlgan taqdirda ham, gunohi kechirilmasdir!

Imom Ibn Abi Hotim Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam quyidagilarni aytadilar:

«Shahidlik omonatdan boshqa hamma gunohlarni yuvib yuboradi. Qiyomat kuni, agar Allohning yoʻlida qatl etilgan boʻlsa ham, odamni keltirib, omonatni ado qil, deyiladi. U esa: «Qanday qilib uni ado etaman, axir dunyo tugadi-ku!» deydi. Shunda unga omonat jahannamning qaʼridan koʻrinadi. U tushib yelkasiga koʻtarib chiqadi. Endi chiqay deganda, yelkasidan omonat tushib ketadi. U ham omonatning izidan tushadi. Shu holat abadiy ravishda davom etadi», deganlar.

Alloh taolo musulmonlarga yuklayotgan ikkinchi buyuk vazifa– odamlar orasida adolat ila hukm yuritishdir.

«...va agar odamlar orasida hukm qilsangiz, adolat ila hukm qilishni amr qilur».

Zayd ibn Aslam roziyallohu anhu: «Bu oyat hokimlar toʻgʻrisida nozil boʻlgandir», deganlar.

Hadisi sharifda Paygʻambarimiz alayhissalom:

«Modomiki, hokim jabr qilmasa, Alloh u bilandir. Agar jabr qilsa, oʻzini oʻziga vakil qilib qoʻyadi», deganlar.

Boshqa bir hadisda:

«Bir soatlik adolatli hukm qirq yillik ibodatga tengdir», deyilgan.

Albatta, bu gapdan, kim bir soat adolat qilib qoʻysa, qirq yil ibodat qilmay yuraversa ham boʻlaverar ekan, degan maʼno chiqmaydi. Bu yerdagi ibodatdan murod nafl ibodatdir.

Eʼtibor bilan mulohaza qiladigan boʻlsak, oyati karimada:

«Agar odamlar orasida hukm qilsangiz» deyilmoqda.

Ha, aynan «odamlar» orasida, musulmonlar orasidagina yoki bosh- qa biror maxsus toifa orasida emas. Kim boʻlishidan qatʼi-nazar, barcha odamlar orasida adolatli hukm yuritish musulmonlarning burchidir. Voqelikda ham musulmonlardan boshqa hech kim, hech qaysi tuzum yoki jamiyat bu ishni uddalay olmagan. Islomning hukm haqidagi nazariyasiga binoan, hukmning va davlatning bardavom boʻlmoqi uchun asosiy shart–adolatdir. Iymon asosiy shart emas. Ulamolarimiz, iymonli va adolatsiz hukm uzoq davom etmaydi, ammo, hukm adolatli boʻlsa, bardavom boʻladi; ham iymonsiz, ham adolatsiz hukm esa, doimo vaqtinchalik hukm boʻladi, deb alohida qayd etganlar.

Bir oyatning oʻzida ikki buyuk asosga–ham omonatga, ham adolatga irshod qilishlik katta marhamatdir. Shuning uchun, oyatning davomida:

«Alloh sizlarga qanday ham yaxshi vaʼz qilur!» deyilmoqda.

Bizning burchimiz esa, Alloh taoloning vaʼzini jon qulogʻimiz ila tinglab, unga amal qilishdir. Chunki Alloh biz bandalarining bu amrga qanday amal qilayotganimizni eshitib, koʻrib turibdi.

«Albatta, Alloh eshituvchi va koʻruvchi zotdir».

Eshitish va koʻrish esa, oxiratdagi hisob-kitob uchundir. Albatta, Alloh Oʻziga xos eshitish xususiyati bilan hamma narsani eshitadi va oʻziga xos koʻrish xususiyati bilan hamma narsani koʻradi. Hech bir narsa Uning eshitish va koʻrish qudratidan chetda qolmaydi.

Endigi oyatda omonatni toʻgʻri ado etishning va odamlar orasida adolatli hukm yuritishning yoʻllari koʻrsatiladi: