QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят59

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ أَطِيعُوا۟ ٱللَّهَ وَأَطِيعُوا۟ ٱلرَّسُولَ وَأُو۟لِى ٱلْأَمْرِ مِنكُمْ ۖ فَإِن تَنَـٰزَعْتُمْ فِى شَىْءٍ فَرُدُّوهُ إِلَى ٱللَّهِ وَٱلرَّسُولِ إِن كُنتُمْ تُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ ۚ ذَٰلِكَ خَيْرٌ وَأَحْسَنُ تَأْوِيلًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Allohga itoat qiling, Payg`ambarga va o`zingizdan bo`lgan ishboshilarga itoat qiling. Biror narsa haqida tortishib qolsangiz, agar Alloh va oxirat kuniga iymon keltirgan bo`lsangiz, uni Allohga va Payg`ambarga qaytaring. Ana shunday qilish xayrli va oqibati yaxshidir.Эй, иймон келтирганлар! Аллоҳга итоат қилинг, Пайғамбарга ва ўзингиздан бўлган ишбошиларга итоат қилинг. Бирор нарса ҳақида тортишиб қолсангиз, агар Аллоҳ ва охират кунига иймон келтирган бўлсангиз, уни Аллоҳга ва Пайғамбарга қайтаринг. Ана шундай қилиш хайрли ва оқибати яхшидир.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, Allohga itoat qilingiz va paygʻambarga hamda oʻzlaringizdan boʻlgan (yaʼni, musulmon) hokimlarga boʻysuningiz! Bordiyu biron narsa haqida talashib qolsangiz, — agar haqiqatan Allohga va Oxirat Kuniga ishonsangiz — u narsani Allohga va paygʻambariga qaytaringiz! Mana shu yaxshiroq va chiroyliroq yechimdir.Эй мўминлар, Аллоҳга итоат қилингиз ва пайғамбарга ҳамда ўзларингиздан бўлган (яъни, мусулмон) ҳокимларга бўйсунингиз! Бордию бирон нарса ҳақида талашиб қолсангиз, — агар ҳақиқатан Аллоҳга ва Охират Кунига ишонсангиз — у нарсани Аллоҳга ва пайғамбарига қайтарингиз! Мана шу яхшироқ ва чиройлироқ ечимдир.

87-sahifa · 5-juz · 9-hizb87-саҳифа · 5-жуз · 9-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَoʻshalarўшаларءَامَنُوٓا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларأَطِيعُوا۟itoat qilingитоат қилингٱللَّهَAllohgaАллоҳгаوَأَطِيعُوا۟va itoat qilingва итоат қилингٱلرَّسُولَPaygʻambargaПайғамбаргаوَأُو۟لِىva egalarigaва эгаларигаٱلْأَمْرِish (ishboshilarga)иш (ишбошиларга)مِنكُمْ ۖoʻzingizdan boʻlganўзингиздан бўлганفَإِنbas, agarбас, агарتَنَـٰزَعْتُمْtortishib qolsangizтортишиб қолсангизفِى-da-даشَىْءٍۢbiror narsaбирор нарсаفَرُدُّوهُuni qaytaringуни қайтарингإِلَى-ga-гаٱللَّهِAllohАллоҳوَٱلرَّسُولِva Paygʻambargaва Пайғамбаргаإِنagarагарكُنتُمْboʻlsangizбўлсангизتُؤْمِنُونَiymon keltirganиймон келтирганبِٱللَّهِAllohgaАллоҳгаوَٱلْيَوْمِva kunigaва кунигаٱلْـَٔاخِرِ ۚoxiratохиратذَٰلِكَana shunday qilishана шундай қилишخَيْرٌۭxayrliхайрлиوَأَحْسَنُva yaxshiroqва яхшироқتَأْوِيلًاoqibatiоқибати
TafsirТафсир

Demak, mazkur omonatlarni ado etishda, odamlar orasida adolat ila hukm yuritishda va boshqa ishlarda, avvalo Alloh taologa itoat etish kerak, soʻngra Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga, undan keyin musulmonlarning oʻzlaridan boʻlgan ishboshilarga itoat qilish lozim. Agar biror narsada ixtilof tugʻilib, tortishuv chiqsa, Alloh taoloning va Paygʻambarning hukmlariga qaytarish lozim. Mezon– shu. Oʻlchov–shu. Agar bu qoidaga rioya etilmasa, hammaning oʻzicha hal qilishiga qoʻyib qoʻyilsa, tartib-intizom qolmaydi, aksincha, odamning aqliy qobiliyati turlicha boʻlganidan, ixtiloflar chiqadi. Hozirgiga oʻxshab, kuchlilar kuchsizlarni, chorasini topganlar chorasizlarni oʻz yoʻliga yuritishga harakat qila boshlaydilar.

Musulmonlar bunday koʻngilsiz muammolardan xolidirlar. Ular qanday qilsak, haqiqatga erishamiz, qanday qilsak, omonatlarni oʻz egasiga erishtiramiz, qanday qilsak, odamlar orasida adolat ila hukm yuritamiz, degan savollar ustida bosh qotirib oʻtirmaydilar. Chunki bu borada yoʻl-yoʻriq berilgan va u oʻzgarmasdir. Alloh taolo bu masalalarni Oʻzi hal qilib bergan. Musulmonlar Allohning koʻrsatmalariga amal qilsalar, boʻldi. Bir ishga qoʻl urishdan oldin shu ish haqida shariati islomiyaning hukmi nima ekanini bilishga kirishadilar. Hukmni, avvalo, Qurʼoni Karimdan izlaydilar. Agar u ishning hukmi Qurʼonda mavjud boʻlsa, unga amal qiladilar. Chunki, avvalo:

«Ey, iymon keltirganlar! Allohga itoat qiling», deyilgandir. Allohga itoat qilish Uning oxirgi ilohiy kitobi Qurʼoni Karimga amal qilish bilan boʻladi. Faraz qilaylik, boʻlgʻusi ishning hukmi Qurʼoni Karimda zikr qilinmagan boʻlsa, unda Paygʻambarimiz alayhissalomning sunnatlariga murojaat etiladi. Izlangan hukm u yerdan topilsa, unga amal qilinadi. Chunki oyati karimada ikkinchi manba sifatida Paygʻambarga itoat qilishga amr etilgandir.

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam hayotlik vaqtlarida bevosita u zotning oʻzlariga itoat qilingan, hozir esa sunnatlariga amal qilish u kishining oʻzlariga itoat qilish bilan barobar hisoblanadi.

«...Paygʻambarga...» itoat qiling. Alloh taolo Qurʼoni Karimda asosiy hukmlarni bayon etgan va umumiy hukm chiqarish qoidalariga oʻshalarni asos qilgan. Paygʻambarimizning sunnatlarida esa, Qurʼondagi umumiy hukmlar batafsil bayon qilingan hamda baʼzi zikr etilmaganlari aytilgan.

Zamon, sharoit oʻzgarishi bilan oʻzgarib turadigan holatlarning hukmlari esa, musulmon jamoasi ijtihod qilib yechishi uchun qoldirilgan. Buning hikmatlari koʻp. Avvalo, bu holat musulmonlarni doimo izlanuvchan, harakatchan boʻlishga undaydi. Ikkinchidan, shariati islomiyaning har zamon, har makonga salohiyati borligini taʼminlaydi. Agar Qurʼonda ham, sunnatda ham zikri kelmagan masala koʻndalang boʻlib qolsa, bu masalaning yechilishi musulmonlarning ishboshilariga havola qilinadi. Ijtihod maqomiga yetgan ishboshilar mazkur masalani Qurʼon va sunnat qoidalari asosida hal etadilar. Musulmon ummatining eʼtirof etgan mujdahidlari birlikda hal etgan yechim–qaror fiqhda «ijmoʼ» deb nomlanadi. Bunga amal qilish har bir musulmon uchun vojibdir. Chunki ushbu oyatda:

«...Paygʻambarga va oʻzingizdan boʻlgan ishboshilarga itoat qiling», degan amr bor. Allohning amriga boʻysunish esa, farzi ayndir. Ammo ishboshilarga boʻysunishda bir necha shartlar bor. Avvalo, oyatda «oʻzingizdan boʻlgan» deyilyapti. Koʻpchilik «ishboshi» deganda hokimnigina tushunadi. Bu xato. Aslida, oyatda hamma ishboshi nazarda tutilgan. Fiqh ilmi ulamolarimiz bu oyatdagi «ishboshi»larni shunday tushuntirganlar: fiqhda ijtihod darajasiga yetgan ulamolarning jamlanib, biror masala boʻyicha ittifoq boʻlib qaror qilishlari ishboshilikdir. Albatta, hokimlar ham ishboshi hisoblanadi. Ammo hokim bilan hokimning farqi bor. Amriga itoat qilish vojib boʻlgan hokim, avvalo, musulmon boʻlishi, yaʼni, islomga eʼtiqodi, amali boʻlishi, Islom shariati ila hukm qilayotgan hokim boʻlishi kerak. Qurʼondagi «oʻzlaringizdan boʻlgan» degan qayd shu shartlarni ifoda qiladi. Qolaversa, Qurʼon tushayotgan paytlarda, Paygʻambarimiz alayhissalom zamonlarida va keyingi islomiy davrlarda asli musulmon boʻlgan oilada dunyoga kelib, oʻzi Islomdan bexabarlar boʻlmas edi. Boʻlsa ham, undaylar musulmon hisoblanmasdi. Ikkinchidan, ishboshining chiqargan hukmi Qurʼon va sunnatga muvofiq boʻlishi kerak. Gunoh ish boʻlsa, hech kimga itoat qilib boʻlmaydi. Paygʻambarimiz alayhissalomning mashhur hadislarida: «Xoliqqa maʼsiyat boʻladigan ishlarda maxluqqa itoat qilinmaydi», deyilgan.

Imom Ahmad ibn Hanbal Imron ibn Husoyn roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda:

«Allohga osiylik boʻladigan ishda itoat yoʻqdir», deyilgan.

Oyati karimada:

«Biror narsa haqida tortishib qolsangiz, agar Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan boʻlsangiz, uni Allohga va Paygʻambarga qaytaring», degan jumla shariatda hukm chiqarish uchun Qurʼon, sunnat va ijmoʼdan keyingi toʻrtinchi masdarga– qiyosga asos boʻlgan. Demak, musulmonlar hayotida yangi bir masala paydo boʻldi. Aynan shu muammo Qurʼonda ham, sunnatda ham zikr qilinmagan, ammo shunga oʻxshash boshqa bir masala bor. Ulamolar ana oʻsha oʻxshash masala bilan yangi paydo boʻlgan masalani taqqoslab bir hukm chiqaradilar. Buning nomi «qiyos» boʻladi. Oyatda musulmonlar oʻrtasida tortishuvga sabab boʻlgan narsani Allohga (yaʼni, Qurʼonga) va Paygʻambarga (yaʼni, u kishining sunnatlariga) qaytarishni, «agar Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan boʻlsangiz», jumlasi bilan birga qayd qilinmoqda. Demak, qilajak ishni shariatga muvofiq ado etish Allohga va oxirat kuniga boʻlgan iymonning alomati ekan. Demak, hukm manbaini Qurʼon va sunnatdan emas, boshqa narsadan axtaradiganlar oʻzlarining kim ekanliklarini bir oʻylab qoʻysinlar.

Haqiqiy musulmonlar har bir ishlarini ushbu oyatda zikr qilingan qoida asosida Allohga, Uning Paygʻambariga, oʻzlaridan boʻlgan ishboshilarga itoat qilgan holda olib boradilar. Baʼzi ishlarda fikrlari turli chiqib qolsa, u ishni Allohga va Paygʻambarga qaytarib, oʻxshash masalalardagi hukmlarga solishtirib–qiyoslab oladilar.

«Ana oʻshanday qilish xayrli va oqibati yaxshidir».

Keyingi oyatda moʻmin-musulmonlikni daʼvo qilib turib, moʻminlarga koʻrsatilgan yoʻlga yurmaydiganlarning holi bayon qilinadi: