أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ يَزْعُمُونَ أَنَّهُمْ ءَامَنُوا۟ بِمَآ أُنزِلَ إِلَيْكَ وَمَآ أُنزِلَ مِن قَبْلِكَ يُرِيدُونَ أَن يَتَحَاكَمُوٓا۟ إِلَى ٱلطَّـٰغُوتِ وَقَدْ أُمِرُوٓا۟ أَن يَكْفُرُوا۟ بِهِۦ وَيُرِيدُ ٱلشَّيْطَـٰنُ أَن يُضِلَّهُمْ ضَلَـٰلًۢا بَعِيدًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Senga nozil bo`lgan narsaga va sendan oldin nozil bo`lgan narsaga iymon keltirganlarini da'vo qilayotganlarni ko`rmaysanmi?! Tog`utdan hukm so`rab borishni istarlar. Holbuki, unga kufr keltirishga buyurilganlar. Shayton esa, ularni yo`ldan butunlay adashtirishni istaydir.Сенга нозил бўлган нарсага ва сендан олдин нозил бўлган нарсага иймон келтирганларини даъво қилаётганларни кўрмайсанми?! Тоғутдан ҳукм сўраб боришни истарлар. Ҳолбуки, унга куфр келтиришга буюрилганлар. Шайтон эса, уларни йўлдан бутунлай адаштиришни истайдир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), oʻzlarini sizga nozil qilingan narsaga (Qurʼonga) va sizdan ilgari nozil qilingan narsalarga iymon keltirgan deb hisoblaydigan (ayrim) kimsalarning shaytonga hukm soʻrab borishni istayotganlarini koʻrmadingizmi? Holbuki, ularga unga ishonmaslik buyurilgan edi. (Chunki) shayton ularni butunlay yoʻldan ozdirishni istaydi.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), ўзларини сизга нозил қилинган нарсага (Қуръонга) ва сиздан илгари нозил қилинган нарсаларга иймон келтирган деб ҳисоблайдиган (айрим) кимсаларнинг шайтонга ҳукм сўраб боришни истаётганларини кўрмадингизми? Ҳолбуки, уларга унга ишонмаслик буюрилган эди. (Чунки) шайтон уларни бутунлай йўлдан оздиришни истайди.
Oʻzlari musulmonlikni daʼvo qilib turib, Allohning hukmiga yurmay, boshqaning hukmiga yurishni xohlaydigan odamlar «munofiq» deb ataladilar. Munofiqlar Paygʻambarimizga nozil qilingan Qurʼoni Karimga ham, Paygʻambarimizdan oldin nozil boʻlgan ilohiy kitoblarga ham iymon keltirganliklarini daʼvo qiladilar.
«Senga nozil boʻlgan narsaga va sendan oldin nozil boʻlgan narsaga iymon keltirganlarini daʼvo qilayotganlarni koʻrmaysanmi?!»
Gohida bu daʼvolarida hammadan oldinga oʻtib, haqiqiy moʻminlarni chetga surmoqchi ham boʻladilar. Ammo iymonning asosiy shartiga–har bir narsada Allohning hukmini soʻrash va unga amal qilishga kelganda, tamoman teskari ish tutadilar.
Yaʼni:
«Togʻutdan hukm soʻrab borishni istarlar».
Avval ham aytilganidek, togʻut–Allohning iznisiz boʻlgan hukmdir. Munofiqlar ham Allohning hukmini istamaydilar, shuning uchun ham, togʻutdan hukm soʻrab boradilar. Nima boʻlsa boʻlsin, Allohning hukmi boʻlmasa, bas. Har qanday togʻutning hukmini istayveradilar. Bu ishni bilmasdan, koʻr-koʻrona qilmaydilar, balki ularga bayon kelgan. Axir, ular:
«Holbuki, unga kufr keltirishga buyurilganlar».
Yaʼni, ular togʻutga kufrga keltirishga buyurilganlar. Demak, ular bilib turib qilmoqdalar. Shuning uchun ham, ularning iymon haqidagi daʼvolari botil. Ular, aslida, shaytonning yoʻliga kirganlar.
«Shayton esa, ularni yoʻldan butunlay adashtirishni istaydir».