وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ تَعَالَوْا۟ إِلَىٰ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ وَإِلَى ٱلرَّسُولِ رَأَيْتَ ٱلْمُنَـٰفِقِينَ يَصُدُّونَ عَنكَ صُدُودًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ularga: «Alloh nozil qilgan narsaga va Payg`ambar huzuriga kelinglar», deyilsa, munofiqlar sendan tamoman yuz o`girganlarini ko`rursan.Агар уларга: «Аллоҳ нозил қилган нарсага ва Пайғамбар ҳузурига келинглар», дейилса, мунофиқлар сендан тамоман юз ўгирганларини кўрурсан.Alauddin Mansour: Qachon ularga «Alloh nozil qilgan Kitobga va paygʻambar oʻgitlariga kelinglar», deyilsa, u munofiqlarning sizdan qattiq yuz oʻgirganlarini koʻrasiz.Қачон уларга «Аллоҳ нозил қилган Китобга ва пайғамбар ўгитларига келинглар», дейилса, у мунофиқларнинг сиздан қаттиқ юз ўгирганларини кўрасиз.
Odatda, inson oʻzi iymon keltirgan narsa yoʻlida, aqiydasi, eʼtiqodi yoʻlida har narsaga, hatto jonini fido qilishga ham tayyor turadi. Ammo, munofiqlarni qarangki, «Oʻzing iymon keltirgan Zotning koʻrsatmasi ila yashagin, hayotingdagi amallaringni uning hukmiga mos qilgin», deb Alloh tushirgan Qurʼonga va Paygʻambar alayhissalomning huzurlariga chaqirilsalar, yuz oʻgiradilar, kelmaydilar.
Tabiiyki, Allohning aytganini qilmagandan keyin, Uning yoʻlidan yurmagandan keyin, Allohning hukmini istamay, togʻutning hukmini istagandan keyin mushkulotlar, musiybatlar kelib chiqadi.