QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят62

فَكَيْفَ إِذَآ أَصَـٰبَتْهُم مُّصِيبَةٌۢ بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيهِمْ ثُمَّ جَآءُوكَ يَحْلِفُونَ بِٱللَّهِ إِنْ أَرَدْنَآ إِلَّآ إِحْسَـٰنًا وَتَوْفِيقًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Endi, qilgan narsalari tufayli ularga musiybat yetgandan so`ng, senga kelib, Alloh ila qasam ichib: «Biz faqat yaxshilik va tavfiqni xohlagan edik», deyishlari qanday bo`ldi?Энди, қилган нарсалари туфайли уларга мусийбат етгандан сўнг, сенга келиб, Аллоҳ ила қасам ичиб: «Биз фақат яхшилик ва тавфиқни хоҳлаган эдик», дейишлари қандай бўлди?Alauddin Mansour: Endi oʻzlarining qilmishlari sababli ularga biron musibat yetsa, shundan keyin sizning huzuringizga kelishib: «Biz faqat yaxshilikni va orani oʻnglashni istagan edik, xolos», deb qasam ichishlari qandoq boʻldi?Энди ўзларининг қилмишлари сабабли уларга бирон мусибат етса, шундан кейин сизнинг ҳузурингизга келишиб: «Биз фақат яхшиликни ва орани ўнглашни истаган эдик, холос», деб қасам ичишлари қандоқ бўлди?

88-sahifa · 5-juz · 9-hizb88-саҳифа · 5-жуз · 9-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَكَيْفَendi qanday boʻldiэнди қандай бўлдиإِذَآqachonkiқачонкиأَصَـٰبَتْهُمularga yetgandaуларга етгандаمُّصِيبَةٌۢmusibatмусибатبِمَاnarsa tufayliнарса туфайлиقَدَّمَتْqilganқилганأَيْدِيهِمْqoʻllariқўллариثُمَّsoʻngraсўнграجَآءُوكَsenga kelibсенга келибيَحْلِفُونَqasam ichibқасам ичибبِٱللَّهِAlloh ilaАллоҳ илаإِنْemasэмасأَرَدْنَآxohlagan edikхоҳлаган эдикإِلَّآfaqatфақатإِحْسَـٰنًۭاyaxshilikniяхшиликниوَتَوْفِيقًاva tavfiqniва тавфиқни
TafsirТафсир

Demak, ularning boshiga musiybat yetsa, bunga oʻzlari aybdor, chunki ular Allohning yoʻlidan yurmadilar, hukmni ham Allohdan emas, boshqadan istadilar. Ammo munofiqlar baribir munofiqliklarini qiladilar: boshlariga musiybat yetsa, darhol banda ekanliklarini eslab qoladilar. Ammo shunda ham, qilmishimga yarasha tortmoqdaman, demaydilar. Xuddi til uchida iymon kalimasini aytib qoʻyib, moʻminlikni daʼvo qilib yurganlaridek, boshlariga musiybat yetganda ham, oʻzlarini aybdan olib qochadilar, nimaga endi bizga musiybat yetar ekan, degan daʼvoni qiladilar. Allohning amrini qoʻyib, togʻutning hukmini istaganlarini haspoʻshlashga oʻtadilar. Odatlaricha, gaplarini kuchli chiqarish maqsadida:

«Alloh ila qasam ichib: «Biz faqat yaxshilik va tavfiqni xohlagan edik», deydilar.

Gapni qarang, Allohning yoʻliga yurmay, shaytonning yoʻliga yurish yaxshilik emish, Allohning hukmini qilmay, togʻutning hukmiga boʻysunish tavfiq emish. Munofiqlik shunday yomon narsa: iymon daʼvosida boʻladi-yu, ammo oʻzi kufrning ishini qiladi. Allohning aytganiga emas, shaytonning aytganiga yuradi. Boz ustiga, yaxshi ish qilmoqdaman, degan daʼvoda ham boʻladi.

Ushbu oyati karima nozil boʻlgan paytlari bunaqa munofiqlar juda ham oz boʻlgan. Ammo hozir-chi? Hozir qay tomonga qarasang, bunga oʻxshashlar toʻlib yotibdi. Iymonning va musulmonlikning daʼvosini qiladilar, ammo Islomga amal etishni oʻylab ham koʻrmaydilar. Har bir ishda Allohning hukmini istash u yoqda tursin, oʻziga farzi ayn qilingan ibodatlarni ham bajarmaydilar. Allohning hukmini yuritish haqida gapirmasa ham boʻladi. Oyati karimaning moʻʼjizaligini qarangki, bugungi munofiqlar ham qadimgi munofiqlar kabi, boshiga musiybat yetganda ayb-ni oʻzlaridan qochirib, Islomga, musulmonlarga agʻdarmoqchi boʻladilar. Bu bilan ular oʻz ayblarini yashirishga urinadilar. Lekin yashirishning iloji bormikan?