QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят63

أُو۟لَـٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ يَعْلَمُ ٱللَّهُ مَا فِى قُلُوبِهِمْ فَأَعْرِضْ عَنْهُمْ وَعِظْهُمْ وَقُل لَّهُمْ فِىٓ أَنفُسِهِمْ قَوْلًۢا بَلِيغًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana o`shalarning qalblaridagini Alloh biladir. Bas, ularning qilganidan yuz o`gir! Ularga va'z qil! Yolg`iz o`zlariga yetkazib so`zla!Ана ўшаларнинг қалбларидагини Аллоҳ биладир. Бас, уларнинг қилганидан юз ўгир! Уларга ваъз қил! Ёлғиз ўзларига етказиб сўзла!Alauddin Mansour: Unday kimsalarning dillaridagi narsani Alloh yaxshi bilur. Bas, siz ularning (kirdikorlariga) boqmang va ularga pand-nasihat qilib, oʻzlari haqida yetuk soʻzlarni ayting!Ундай кимсаларнинг дилларидаги нарсани Аллоҳ яхши билур. Бас, сиз уларнинг (кирдикорларига) боқманг ва уларга панд-насиҳат қилиб, ўзлари ҳақида етук сўзларни айтинг!

88-sahifa · 5-juz · 9-hizb88-саҳифа · 5-жуз · 9-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarана ўшаларٱلَّذِينَulardirkiулардиркиيَعْلَمُbiladiбиладиٱللَّهُAllohАллоҳمَاnarsaniнарсаниفِى-dagi-дагиقُلُوبِهِمْqalblaridaқалбларидаفَأَعْرِضْbas, yuz oʻgirбас, юз ўгирعَنْهُمْulardanуларданوَعِظْهُمْva ularga vaʼz qilва уларга ваъз қилوَقُلva soʻzlaва сўзлаلَّهُمْulargaуларгаفِىٓhaqidaҳақидаأَنفُسِهِمْyolgʻiz oʻzlarigaёлғиз ўзларигаقَوْلًۢاsoʻzniсўзниبَلِيغًۭاyetkazib (taʼsirli)етказиб (таъсирли)
TafsirТафсир

Munofiqlikning asl sababi–Alloh taoloning hamma narsani, jumladan, qalblardagi sir tutilgan narsalarni ham bilib turishidan gʻofillikdir. Munofiq oʻzicha iymon va Islomga tegishli gaplarni gapirib, baʼzi amallarni ham bajarib, odamlarga oʻzini moʻmin-musulmon qilib koʻrsatishga urinadi. Ular, aslida, iymonsizlardir, odamlarni aldaganlari bilan Alloh ularning qalblaridagi narsalarini bilib turishini unutadilar.

Oyati karima tushayotgan davrdagi holatlarni hisobga olib, Alloh taolo Oʻz Paygʻambarini yana ham kechirimli boʻlishga chaqiradi va:

«Bas, ularning qilganlaridan yuz oʻgir!» deydi.

Yaʼni, qalblarida tutgan nifoqlari uchun ularni itob qilma, deydi.

«Ularga vaʼz qil», ajab emas, bu safar ularga vaʼzu nasihat foyda qilib qolsa. Ehtimol, tavba qilib yoʻlga tusharlar.

«Yolgʻiz oʻzlariga yetkazib soʻzla!»

Odamlarning huzurida soʻzlansa, sarkashliklari tutib, or-nomus qilib, oʻz aytganlarida turib olishlari mumkin. Yolgʻiz oʻzlariga yetkazib soʻzlansa, taʼsir qilsa, ajab emas.

Vaʼz-nasihat foyda qilib qolsa, yaxshi, ammo bilib qoʻyish kerakki, odatda Paygʻambarlarni faqat vaʼz-nasihat qilish uchun yuborilmaydi. Bu haqiqatni Alloh taolo kelasi oyatda bayon qiladi.