QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят69

وَمَن يُطِعِ ٱللَّهَ وَٱلرَّسُولَ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ مَعَ ٱلَّذِينَ أَنْعَمَ ٱللَّهُ عَلَيْهِم مِّنَ ٱلنَّبِيِّـۧنَ وَٱلصِّدِّيقِينَ وَٱلشُّهَدَآءِ وَٱلصَّـٰلِحِينَ ۚ وَحَسُنَ أُو۟لَـٰٓئِكَ رَفِيقًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kim Allohga va Rasulga itoat qilsa, bas, ana o`shalar Alloh ne'mat bergan nabiylar, siddiqlar, shahidlar va solihlar bilan birgadirlar. Va ular qanday ham yaxshi rafiq (hamroh)lardir!Ким Аллоҳга ва Расулга итоат қилса, бас, ана ўшалар Аллоҳ неъмат берган набийлар, сиддиқлар, шаҳидлар ва солиҳлар билан биргадирлар. Ва улар қандай ҳам яхши рафиқ (ҳамроҳ)лардир!Alauddin Mansour: Kimda-kim Alloh va paygʻambarga itoat etsa, ana oʻshalar Alloh inʼomlariga sazovor boʻlgan zotlar — paygʻambarlar, siddiqlar (haq-rost iymon egalari), shahidlar va faqat yaxshi amallar bilan oʻtgan kishilar bilan birga boʻlurlar. Ular esa eng yaxshi hamrohlardir.Кимда-ким Аллоҳ ва пайғамбарга итоат этса, ана ўшалар Аллоҳ инъомларига сазовор бўлган зотлар — пайғамбарлар, сиддиқлар (ҳақ-рост иймон эгалари), шаҳидлар ва фақат яхши амаллар билан ўтган кишилар билан бирга бўлурлар. Улар эса энг яхши ҳамроҳлардир.

89-sahifa · 5-juz · 9-hizb89-саҳифа · 5-жуз · 9-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَنva kimва кимيُطِعِitoat qilsaитоат қилсаٱللَّهَAllohgaАллоҳгаوَٱلرَّسُولَva Rasulgaва Расулгаفَأُو۟لَـٰٓئِكَbas, ana oʻshalarбас, ана ўшаларمَعَbilan birgadirlarбилан биргадирларٱلَّذِينَkimsalarкимсаларأَنْعَمَneʼmat berganнеъмат берганٱللَّهُAllohАллоҳعَلَيْهِمulargaуларгаمِّنَ-dan-данٱلنَّبِيِّـۧنَnabiylarнабийларوَٱلصِّدِّيقِينَva siddiqlarва сиддиқларوَٱلشُّهَدَآءِva shahidlarва шаҳидларوَٱلصَّـٰلِحِينَ ۚva solihlarва солиҳларوَحَسُنَva qanday ham yaxshiва қандай ҳам яхшиأُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarана ўшаларرَفِيقًۭاrafiq sifatidaрафиқ сифатида
TafsirТафсир

Ushbu oyatni oʻqigan har bir kishi qalbida Allohga va Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga itoat qilish istagi tugʻilishi va kuchayishi turgan gap. Chunki oʻzini bilgan, esi bor har bir odam uchun nabiylar, siddiqlar, shahidlar va omma musulmonlar ichidan yetishib chiqqan solihlar (yaxshi ishlari ila mashhur boʻlgan kishilar) bilan birga boʻlishdan ortiq baxt yoʻq! Bu birlik, albatta, jannatda boʻladi. Jannatdagi maqomlarda esa, mazkur baxtiyor toifalarning maqomi eng yuksak maqomlardir. Bu dunyoda baʼzi bir solihlar bilan bir marta koʻrishib qoʻygan, birorta majlisda birga boʻlgan kishilar umr boʻyi yodlab, faxrlanib yuradilar. Bu oyatda zikr qilinayotgan birgalik esa, u dunyoda, bir emas, barcha nabiylar, siddiqlar, shahidlar va ahli solihlar bilan abadiy boʻladi. Bunday bir tengsiz baxtni yaxshiroq tasavvur qilish uchun, Paygʻambarlarning oxirgisi boʻlmish Muhammad alayhissalom bilan birga boʻlishga insoniyat tarixidagi eng baxtli avlod–sahobalar avlodi qanday ahamiyat berganini oʻrganib chiqaylik.

Ibn Jarir Said ibn Jubayrdan rivoyat qiladilar:

«Ansoriylardan bir odam Paygʻambarimiz alayhissalomning huzurlariga xafa holida keldi. Muhammad sollallohu alayhi vasallam unga:

«Ey falonchi, senga nima boʻldi? Hafa koʻrinasan?» dedilar. U odam:

«Ey, Allohning Paygʻambari, bir narsani oʻylab xafa boʻldim», dedi. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam:

«U nima edi?» deb soʻradilar. U kishi:

«Biz ertayu kech yuzingizga nazar solamiz, siz bilan birga oʻtiramiz. Ertaga Paygʻambarlar huzuriga ravona boʻlsangiz, sizga yetisha olmay qolamiz», dedi. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam biror narsa demay, jim qoldilar. Bir ozdan soʻng Jabroil: «Kim Allohga va Rasulga itoat etsa, bas, ana oʻshalar Alloh neʼmat bergan nabiylar, siddiqlar, shahidlar va solihlar bilan birgadirlar» oyatini olib keldi. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam haligi kishining ortidan odam yuborib bashorat berdilar.

Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda Rabiaʼ ibn Kaʼb al-Aslamiy quyidagilarni aytadilar:

«Paygʻambar alayhissalomning huzurlarida tunab qolgan edim. U kishiga kerakli narsalarni, tahoratlariga suvni tutdim. U zot menga:

«Soʻra», dedilar. Men:

«Ey, Allohning Rasuli, jannatda sizning rafiqingiz boʻlishni soʻrayman», dedim. U zot:

«Bundan boshqani emasmi?» dedilar. Men:

«Faqat shuni», dedim. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam:

«Bu ishda menga sen oʻzing koʻp sajda qilish ila yordam ber», dedilar».

Bu dunyoda Paygʻambar alayhissalom suhbatlarining halovatini totgan sahobalarning u zot bilan oxiratda ham hamsuhbat boʻlishga zoʻr va mislsiz ishtiyoqlari bor edi. Har bir moʻmin-musulmon bunday maqomga erishishni xohlasa, hozir biz oʻrganayotgan oyatga amal qilib, Allohga va Rasulga soʻzsiz itoat etmogʻi lozim. Ana oʻshanda ular yaxshi rafiqlarga sohib boʻladilar. Bu narsa Allohning ularga bergan fazli, marhamati boʻlur.

Suraning avvalidan buyon islomiy jamiyat qurishda qilinishi lozim boʻlgan turli choralar haqida soʻz ketdi. Jumladan, johiliyatning botil hukm va odatlaridan xalos boʻlish, dushman jamiyatlardan oʻzini himoya qilish, har bir ishda ilohiy koʻrsatmalarni oʻziga hakam qilib olish, Allohga va Paygʻambariga itoatda boʻlish kabilar.