QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят70

ذَٰلِكَ ٱلْفَضْلُ مِنَ ٱللَّهِ ۚ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ عَلِيمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bu — Allohdan bo`lgan fazldir va bilguvchilikda Allohning O`zi kifoya qilur.Бу — Аллоҳдан бўлган фазлдир ва билгувчиликда Аллоҳнинг Ўзи кифоя қилур.Alauddin Mansour: Bu Alloh tomonidan boʻlgan fazlu-marhamatdir. Allohning oʻzi yetarli bilguvchidir.Бу Аллоҳ томонидан бўлган фазлу-марҳаматдир. Аллоҳнинг ўзи етарли билгувчидир.

89-sahifa · 5-juz · 9-hizb89-саҳифа · 5-жуз · 9-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ذَٰلِكَbuбуٱلْفَضْلُfazldirфазлдирمِنَ-dan-данٱللَّهِ ۚAllohАллоҳوَكَفَىٰva kifoya qilurва кифоя қилурبِٱللَّهِAllohning OʻziАллоҳнинг Ўзиعَلِيمًۭاbilguvchilikdaбилгувчиликда
TafsirТафсир

Ushbu oyatni oʻqigan har bir kishi qalbida Allohga va Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga itoat qilish istagi tugʻilishi va kuchayishi turgan gap. Chunki oʻzini bilgan, esi bor har bir odam uchun nabiylar, siddiqlar, shahidlar va omma musulmonlar ichidan yetishib chiqqan solihlar (yaxshi ishlari ila mashhur boʻlgan kishilar) bilan birga boʻlishdan ortiq baxt yoʻq! Bu birlik, albatta, jannatda boʻladi. Jannatdagi maqomlarda esa, mazkur baxtiyor toifalarning maqomi eng yuksak maqomlardir. Bu dunyoda baʼzi bir solihlar bilan bir marta koʻrishib qoʻygan, birorta majlisda birga boʻlgan kishilar umr boʻyi yodlab, faxrlanib yuradilar. Bu oyatda zikr qilinayotgan birgalik esa, u dunyoda, bir emas, barcha nabiylar, siddiqlar, shahidlar va ahli solihlar bilan abadiy boʻladi. Bunday bir tengsiz baxtni yaxshiroq tasavvur qilish uchun, Paygʻambarlarning oxirgisi boʻlmish Muhammad alayhissalom bilan birga boʻlishga insoniyat tarixidagi eng baxtli avlod–sahobalar avlodi qanday ahamiyat berganini oʻrganib chiqaylik.

Ibn Jarir Said ibn Jubayrdan rivoyat qiladilar:

«Ansoriylardan bir odam Paygʻambarimiz alayhissalomning huzurlariga xafa holida keldi. Muhammad sollallohu alayhi vasallam unga:

«Ey falonchi, senga nima boʻldi? Hafa koʻrinasan?» dedilar. U odam:

«Ey, Allohning Paygʻambari, bir narsani oʻylab xafa boʻldim», dedi. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam:

«U nima edi?» deb soʻradilar. U kishi:

«Biz ertayu kech yuzingizga nazar solamiz, siz bilan birga oʻtiramiz. Ertaga Paygʻambarlar huzuriga ravona boʻlsangiz, sizga yetisha olmay qolamiz», dedi. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam biror narsa demay, jim qoldilar. Bir ozdan soʻng Jabroil: «Kim Allohga va Rasulga itoat etsa, bas, ana oʻshalar Alloh neʼmat bergan nabiylar, siddiqlar, shahidlar va solihlar bilan birgadirlar» oyatini olib keldi. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam haligi kishining ortidan odam yuborib bashorat berdilar.

Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda Rabiaʼ ibn Kaʼb al-Aslamiy quyidagilarni aytadilar:

«Paygʻambar alayhissalomning huzurlarida tunab qolgan edim. U kishiga kerakli narsalarni, tahoratlariga suvni tutdim. U zot menga:

«Soʻra», dedilar. Men:

«Ey, Allohning Rasuli, jannatda sizning rafiqingiz boʻlishni soʻrayman», dedim. U zot:

«Bundan boshqani emasmi?» dedilar. Men:

«Faqat shuni», dedim. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam:

«Bu ishda menga sen oʻzing koʻp sajda qilish ila yordam ber», dedilar».

Bu dunyoda Paygʻambar alayhissalom suhbatlarining halovatini totgan sahobalarning u zot bilan oxiratda ham hamsuhbat boʻlishga zoʻr va mislsiz ishtiyoqlari bor edi. Har bir moʻmin-musulmon bunday maqomga erishishni xohlasa, hozir biz oʻrganayotgan oyatga amal qilib, Allohga va Rasulga soʻzsiz itoat etmogʻi lozim. Ana oʻshanda ular yaxshi rafiqlarga sohib boʻladilar. Bu narsa Allohning ularga bergan fazli, marhamati boʻlur.

Suraning avvalidan buyon islomiy jamiyat qurishda qilinishi lozim boʻlgan turli choralar haqida soʻz ketdi. Jumladan, johiliyatning botil hukm va odatlaridan xalos boʻlish, dushman jamiyatlardan oʻzini himoya qilish, har bir ishda ilohiy koʻrsatmalarni oʻziga hakam qilib olish, Allohga va Paygʻambariga itoatda boʻlish kabilar.