يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ خُذُوا۟ حِذْرَكُمْ فَٱنفِرُوا۟ ثُبَاتٍ أَوِ ٱنفِرُوا۟ جَمِيعًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! O`zingizni hushyor tuting va guruh-guruh bo`lib qo`zg`aling yoki to`p holingizda qo`zg`aling!Эй, иймон келтирганлар! Ўзингизни ҳушёр тутинг ва гуруҳ-гуруҳ бўлиб қўзғалинг ёки тўп ҳолингизда қўзғалинг!Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, dushmandan ehtiyot choralaringizni koʻrib, jangga guruhlarga boʻlinib yoki hammangiz toʻplanib chiqinglar.Эй мўминлар, душмандан эҳтиёт чораларингизни кўриб, жангга гуруҳларга бўлиниб ёки ҳаммангиз тўпланиб чиқинглар.
Bu oyati karima yana moʻminlarning moʻminlik his tuygʻularini qoʻzgʻatuvchi sehrli nido –
«Ey, iymon keltirganlar!» nidosi bilan boshlanmoqda. Vaziyat jiddiy–qarshida, yon-atrofda dushman payt poylab turibdi. Buni hech qachon unutmang va:
«Oʻzingizni hushyor tuting».
Hushyorlik moʻminlarga juda ham zarur. Chunki atrofda dushman koʻp. Avval ham taʼkidlaganimizdek, kofirlarning bir xususiyatlari borki, ular oʻzaro bir-birlari bilan urushsalar ham, musulmonlarga qarshi birlashib dushmanlik qiladilar. Shuning uchun, musulmonlar doimo hushyor turishlari shart. Vaqt-soati kelib, mabodo qoʻzgʻalish kerak boʻlib qolsa, Allohning amriga binoan yoki guruh-guruh boʻlib, yoki toʻp hollarida qoʻzgʻaladilar.
Ushbu oyatdagi amrlar koʻrsatadiki, Alloh taolo Qurʼoni Karimda moʻmin-musulmonlarni faqat namoz, roʻza yoki axloq va odobga buyuribgina qolmay, boshqa narsalarga, jumladan, urushni qanday olib borishga ham oʻrgatadi. Bu haqiqat, sobit haqiqatdir. Ammo urush uchun qoʻzgʻalish amri kelganida, hamma ham baravariga qoʻzgʻalavermasligini kelasi oyat bayon qiladi: