وَإِنَّ مِنكُمْ لَمَن لَّيُبَطِّئَنَّ فَإِنْ أَصَـٰبَتْكُم مُّصِيبَةٌ قَالَ قَدْ أَنْعَمَ ٱللَّهُ عَلَىَّ إِذْ لَمْ أَكُن مَّعَهُمْ شَهِيدًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, ichingizda ortda qoladiganlar ham bor. Agar sizga musiybat yetsa, u: «Alloh O`zi menga ne'mat berdi, yaxshiyamki, ular bilan birga hozir bo`lmaganim», deydi.Албатта, ичингизда ортда қоладиганлар ҳам бор. Агар сизга мусийбат етса, у: «Аллоҳ Ўзи менга неъмат берди, яхшиямки, улар билан бирга ҳозир бўлмаганим», дейди.Alauddin Mansour: Shubhasiz oralaringizda (jangga chiqishdan) ketda qoladigan, agar sizlarga biron musibat yetsa, «Alloh yorlaqab ular bilan birga boʻlmadim, (aks holda halok boʻlur edim)», deydigan kimsalar ham bor.Шубҳасиз ораларингизда (жангга чиқишдан) кетда қоладиган, агар сизларга бирон мусибат етса, «Аллоҳ ёрлақаб улар билан бирга бўлмадим, (акс ҳолда ҳалок бўлур эдим)», дейдиган кимсалар ҳам бор.
Yaʼni, dushmanga qarshi safarbarlik eʼlon qilinganda qoʻzgʻalmay ortda qoladiganlar ham boʻladiki, ular munofiqlardir. Mabodo, urushda musulmonlar yengilib, ularga musiybat yetsa, haligi ortda qolgan munofiq:
«Alloh Oʻzi menga neʼmat berdi, yaxshiyamki, ular bilan birga hozir boʻlmaganim», deydi».
Yaʼni, «Xudoning menga yaxshiligi boʻlib, yaxshiyamki, ular bilan birga urushga chiqmaganim, agar chiqsam, menga ham ularga yetgan musiybat yetar edi», deydi. Mantiqni qarang: Allohning yoʻlidagi jihodga chiqmay qolishdek xiyonatni, qoʻrqoqlikni va badbaxtlikni Allohning neʼmati sifatida baholamoqdalar. Munofiqqa baribir, oʻzini har maqomga moslab, har qanday safsatani bahona qilaveradi.