وَلَئِنْ أَصَـٰبَكُمْ فَضْلٌ مِّنَ ٱللَّهِ لَيَقُولَنَّ كَأَن لَّمْ تَكُنۢ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَهُۥ مَوَدَّةٌ يَـٰلَيْتَنِى كُنتُ مَعَهُمْ فَأَفُوزَ فَوْزًا عَظِيمًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar sizga Allohdan fazl yetsa, xuddi siz bilan uning orasida do`stlik bo`lmagandek, «Qani endi, men ham ular bilan bo`lganimda, ulug` zafar qozonar edim», deydi.Агар сизга Аллоҳдан фазл етса, худди сиз билан унинг орасида дўстлик бўлмагандек, «Қани энди, мен ҳам улар билан бўлганимда, улуғ зафар қозонар эдим», дейди.Alauddin Mansour: Bordiyu sizlarga Allohdan fazlu marhamat yetsa (yaʼni, gʻalabaga erishsangiz), u goʻyo (ilgari) sizlar bilan oʻzining orasida hech qanday tanishlik boʻlmagandek «koshkiydi, men ham oʻshalar bilan birga boʻlib, ulugʻ zafar (va oʻljalar)ga erishsam edi», deyishi aniqdir.Бордию сизларга Аллоҳдан фазлу марҳамат етса (яъни, ғалабага эришсангиз), у гўё (илгари) сизлар билан ўзининг орасида ҳеч қандай танишлик бўлмагандек «кошкийди, мен ҳам ўшалар билан бирга бўлиб, улуғ зафар (ва ўлжалар)га эришсам эди», дейиши аниқдир.
Tabiiyki, urushda kimdir qalaba qozonadi, kimdir magʻlubiyatga uchraydi. Dushmanga qarshi safarbarlik eʼlon qilinganda, jihodga chiqqan musulmonlar zafar quchsalar, qoʻrqoqlik qilib safarbarlikdan ortda qolgan munofiqlar endi oʻzlarini boshqacha tutadilar. Ular ham moʻminlikni daʼvo qilib yuradilar, lekin moʻminlarning gʻalabasini koʻrganlarida, oʻzlarini xuddi boshqa toifadek his etadilar. Bu holni Qurʼoni Karim:
«Xuddi siz bilan uning orasida doʻstlik boʻlmagandek», deb vasf qilmoqda. Yaʼni, xuddi ular sizning diningizda boʻlmagandek, deganidir. Ha, munofiq hasrat bilan:
«Qani endi, men ham ular bilan birga boʻlganimda, ulugʻ zafar qozonar edim», deydi».
Gapning qisqasi, jihoddan qochgan munofiq agar musulmonlar jangda yengilsalar, xursand boʻladi, gʻolib kelsalar, hasad qiladi.