QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят74

۞ فَلْيُقَـٰتِلْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ٱلَّذِينَ يَشْرُونَ ٱلْحَيَوٰةَ ٱلدُّنْيَا بِٱلْـَٔاخِرَةِ ۚ وَمَن يُقَـٰتِلْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ فَيُقْتَلْ أَوْ يَغْلِبْ فَسَوْفَ نُؤْتِيهِ أَجْرًا عَظِيمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Oxirat uchun bu dunyo hayotini sotadiganlar Allohning yo`lida jang qilsinlar. Kim Allohning yo`lida jang qilib o`ldirilsa yoki g`olib kelsa, Biz unga, albatta, ulug` ajrni berurmiz.Охират учун бу дунё ҳаётини сотадиганлар Аллоҳнинг йўлида жанг қилсинлар. Ким Аллоҳнинг йўлида жанг қилиб ўлдирилса ёки ғолиб келса, Биз унга, албатта, улуғ ажрни берурмиз.Alauddin Mansour: Alloh yoʻlida bu hayoti dunyo evaziga Oxiratni sotib oladigan zotlar jang qilsinlar. Kim Alloh yoʻlida jang qilib oʻldirilsa yoki gʻalaba qilsa, unga ulugʻ mukofot ato etajakmiz.Аллоҳ йўлида бу ҳаёти дунё эвазига Охиратни сотиб оладиган зотлар жанг қилсинлар. Ким Аллоҳ йўлида жанг қилиб ўлдирилса ёки ғалаба қилса, унга улуғ мукофот ато этажакмиз.

89-sahifa · 5-juz · 9-hizb89-саҳифа · 5-жуз · 9-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ فَلْيُقَـٰتِلْbas, jang qilsinlarбас, жанг қилсинларفِى-da-даسَبِيلِyoʻliйўлиٱللَّهِAllohАллоҳٱلَّذِينَkimsalarкимсаларيَشْرُونَsotadiganсотадиганٱلْحَيَوٰةَhayotiniҳаётиниٱلدُّنْيَاbu dunyoбу дунёبِٱلْـَٔاخِرَةِ ۚoxirat uchunохират учунوَمَنva kimва кимيُقَـٰتِلْjang qilsaжанг қилсаفِى-da-даسَبِيلِyoʻliйўлиٱللَّهِAllohАллоҳفَيُقْتَلْbas, oʻldirilsaбас, ўлдирилсаأَوْyokiёкиيَغْلِبْgʻolib kelsaғолиб келсаفَسَوْفَbas, albattaбас, албаттаنُؤْتِيهِunga berurmizунга берурмизأَجْرًاajrажрعَظِيمًۭاulugʻулуғ
TafsirТафсир

Musulmon odam doimo Allohdan tinchlik-omonlikni soʻrab yashaydi. Ammo zarurat tugʻilib, jihodga safarbarlik eʼlon qilinsa, ikkilanmay urushga qoʻzgʻaladi. Chunki u, avvalo, Alloh yoʻlida jang qiladi, boshqa birovning yoki narsaning yoʻlida emas. Qolaversa, moʻmin kishi bu dunyoni deb emas, oxiratni deb yashaydi. U oxirat saodati yoʻlida bu dunyoni sotishga doim tayyor. Eng muhimi–Allohning yoʻlida jihodga chiqqan kishi uchun ikki yaxshilikdan biri boʻladi, uchinchisi yoʻq. Yoki gʻalaba, yoki shahidligu jannat. Agar munofiqlar bu haqiqatlarni anglab yetsalar, oʻz qilmishlari naqadar pastkashlik va oʻzlari uchun naqadar zarar ekanini bilar edilar.

Kelasi oyatda musulmonlarga xitob qilinib jihodga targʻib qilinadi.