وَمَا لَكُمْ لَا تُقَـٰتِلُونَ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَٱلْمُسْتَضْعَفِينَ مِنَ ٱلرِّجَالِ وَٱلنِّسَآءِ وَٱلْوِلْدَٰنِ ٱلَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَآ أَخْرِجْنَا مِنْ هَـٰذِهِ ٱلْقَرْيَةِ ٱلظَّالِمِ أَهْلُهَا وَٱجْعَل لَّنَا مِن لَّدُنكَ وَلِيًّا وَٱجْعَل لَّنَا مِن لَّدُنكَ نَصِيرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Nima uchun Allohning yo`lida va: «Ey Robbimiz, bizni ahli zolim shahardan chiqargin, bizga O`z tomoningdan do`st ato qilgin va O`z tomoningdan nusratchi ato qilgin» deyayotgan zaifhol erkagu ayol va bolalar yo`lida jang qilmaysizlar?!Нима учун Аллоҳнинг йўлида ва: «Эй Роббимиз, бизни аҳли золим шаҳардан чиқаргин, бизга Ўз томонингдан дўст ато қилгин ва Ўз томонингдан нусратчи ато қилгин» деяётган заифҳол эркагу аёл ва болалар йўлида жанг қилмайсизлар?!Alauddin Mansour: (Ey moʻminlar), sizlarga nima boʻldiki, Alloh yoʻlida va «Parvardigoro, bizni egalari zolim boʻlgan bu shahardan ozod qil va bizga oʻz huzuringdan bir doʻst bergin, bizga oʻz huzuringdan bir yordamchi qilgin», deyayotgan erkaklar, ayollar hamda bolalardan iborat boʻlgan bechoralar(ni ozod qilish) yoʻlida jang qilmayapsizlar?!(Эй мўминлар), сизларга нима бўлдики, Аллоҳ йўлида ва «Парвардигоро, бизни эгалари золим бўлган бу шаҳардан озод қил ва бизга ўз ҳузурингдан бир дўст бергин, бизга ўз ҳузурингдан бир ёрдамчи қилгин», деяётган эркаклар, аёллар ҳамда болалардан иборат бўлган бечоралар(ни озод қилиш) йўлида жанг қилмаяпсизлар?!
Allohning yoʻlida jang qilishga ham chiqmay boʻladimi?!
Zaifhol erkaklarni ozod qilish yoʻlidagi jangga chiqmay boʻladimi?! Zaifhol ayollarni ozod qilish yoʻlidagi jangga chiqmay boʻladimi?! Zaifhol bolalarni ozod qilish yoʻlidagi jangga chiqmay boʻladimi?! Xususan, mazkur zaifhol erkagu ayollar va bolalar aholisi zolim boʻlgan shaharda tutqun boʻlsalar. Dinu diyonatlari uchun azob-uqubatga duchor qilinayotgan boʻlsalar.
Musulmonlar faqat shunday oliy maqsad yoʻlida jang qiladilar. Ularga boshqacha urushning keragi yoʻq. Umuman, keling, kelasi oyatdan kim nima uchun, kimning yoʻlida jang qilishini bilib olaylik: