QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят76

ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ يُقَـٰتِلُونَ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ۖ وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ يُقَـٰتِلُونَ فِى سَبِيلِ ٱلطَّـٰغُوتِ فَقَـٰتِلُوٓا۟ أَوْلِيَآءَ ٱلشَّيْطَـٰنِ ۖ إِنَّ كَيْدَ ٱلشَّيْطَـٰنِ كَانَ ضَعِيفًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Iymon keltirganlar Allohning yo`lida jang qilurlar. Kufr keltirganlar tog`utning yo`lida jang qilurlar. Bas, shaytonning do`stlariga qarshi jang qiling. Albatta, shaytonning hiylasi zaifdir.Иймон келтирганлар Аллоҳнинг йўлида жанг қилурлар. Куфр келтирганлар тоғутнинг йўлида жанг қилурлар. Бас, шайтоннинг дўстларига қарши жанг қилинг. Албатта, шайтоннинг ҳийласи заифдир.Alauddin Mansour: Moʻminlar Alloh yoʻlida jang qiladilar, kofir kimsalar esa shayton yoʻlida jang qiladilar. Bas, (ey moʻminlar), shaytonning doʻstlariga qarshi jang qilingiz! Shubhasiz, shaytonning makri zaif boʻlguvchidir.Мўминлар Аллоҳ йўлида жанг қиладилар, кофир кимсалар эса шайтон йўлида жанг қиладилар. Бас, (эй мўминлар), шайтоннинг дўстларига қарши жанг қилингиз! Шубҳасиз, шайтоннинг макри заиф бўлгувчидир.

90-sahifa · 5-juz · 9-hizb90-саҳифа · 5-жуз · 9-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلَّذِينَkimsalarкимсаларءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганيُقَـٰتِلُونَjang qilurlarжанг қилурларفِى-da-даسَبِيلِyoʻliйўлиٱللَّهِ ۖAllohАллоҳوَٱلَّذِينَva kimsalarва кимсаларكَفَرُوا۟kufr keltirganкуфр келтирганيُقَـٰتِلُونَjang qilurlarжанг қилурларفِى-da-даسَبِيلِyoʻliйўлиٱلطَّـٰغُوتِtogʻutтоғутفَقَـٰتِلُوٓا۟bas, jang qilingбас, жанг қилингأَوْلِيَآءَdoʻstlariga qarshiдўстларига қаршиٱلشَّيْطَـٰنِ ۖshaytonningшайтоннингإِنَّalbattaалбаттаكَيْدَhiylasiҳийласиٱلشَّيْطَـٰنِshaytonningшайтоннингكَانَerurэрурضَعِيفًاzaifзаиф
TafsirТафсир

Ha, moʻmin-musulmonlar Allohning yoʻlida, Allohning dini yoʻlida, Allohning shariati yoʻlida, Allohning hukmi butun dunyoda yoyilishi yoʻlida, yer yuzida ilohiy adolat hukm surishi yoʻlida jang qiladilar.

Boshqalar esa, kim boʻlishlaridan qatʼinazar, togʻutning yoʻlida–Allohning hukmidan boshqa hukm yoʻlida, shayton yoʻlida jang qiladilar. Alloh taoloning hukmiga yurmagan har bir guruhning oʻziga xos togʻuti boʻladi. Chunki, Allohning hukmidan boshqa hukm, Allohning dasturidan boshqa dastur hammasi togʻutdir. Togʻutlar turli nomlar bilan nomlanadi. Hammasi oʻzini oʻz bandalariga chiroyli qilib koʻrsatishga harakat qiladi. Lekin hammasi ham baribir togʻut, hammasi ham baribir Allohning hukmidan boshqa hukmdir. Moʻminlar esa, shaytonning doʻstlariga qarshi jang qilishga buyurilganlar. Lekin jang qilish hammaga ham yoqavermaydi. Bu haqiqatni kelasi oyat bayon qiladi: