QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят77

أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ قِيلَ لَهُمْ كُفُّوٓا۟ أَيْدِيَكُمْ وَأَقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتُوا۟ ٱلزَّكَوٰةَ فَلَمَّا كُتِبَ عَلَيْهِمُ ٱلْقِتَالُ إِذَا فَرِيقٌ مِّنْهُمْ يَخْشَوْنَ ٱلنَّاسَ كَخَشْيَةِ ٱللَّهِ أَوْ أَشَدَّ خَشْيَةً ۚ وَقَالُوا۟ رَبَّنَا لِمَ كَتَبْتَ عَلَيْنَا ٱلْقِتَالَ لَوْلَآ أَخَّرْتَنَآ إِلَىٰٓ أَجَلٍ قَرِيبٍ ۗ قُلْ مَتَـٰعُ ٱلدُّنْيَا قَلِيلٌ وَٱلْـَٔاخِرَةُ خَيْرٌ لِّمَنِ ٱتَّقَىٰ وَلَا تُظْلَمُونَ فَتِيلًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qo`lingizni tiying, namoz o`qib, zakot bering, deb aytilgan kimsalarni ko`rmaysanmi?! Ularga urush farz qilinganda, birdan, bir guruhlari odamlardan xuddi Allohdan qo`rqqandek yoki undan ham qattiqroq qo`rqishmoqda. Va: «Ey Robbimiz, bizga urushni nega farz qilding, biroz ortga surib tursang bo`lmasmidi?!» demoqdalar. «Dunyoning matohi oz, oxirat esa, taqvo qilganlarga yaxshidir. Va qilchalik zulm qilinmassizlar», deb ayt.Қўлингизни тийинг, намоз ўқиб, закот беринг, деб айтилган кимсаларни кўрмайсанми?! Уларга уруш фарз қилинганда, бирдан, бир гуруҳлари одамлардан худди Аллоҳдан қўрққандек ёки ундан ҳам қаттиқроқ қўрқишмоқда. Ва: «Эй Роббимиз, бизга урушни нега фарз қилдинг, бироз ортга суриб турсанг бўлмасмиди?!» демоқдалар. «Дунёнинг матоҳи оз, охират эса, тақво қилганларга яхшидир. Ва қилчалик зулм қилинмассизлар», деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), mana bu kimsalarni koʻrmadingizmiki, ularga (ilgari Makkada turgan paytlarida kofirlarga qarshi jang qilishga talabgor boʻlganlarida) «Oʻzingizni bosing va namozingizni oʻqib, zakotingizni ado etib turinglar», deyilgan edi. Endi jang farz qilinganida esa banogoh ulardan bir toʻpi odamlardan Allohdan qoʻrqqandek, balki undan-da qattiqroq qoʻrqmoqdalar. Va (hatto) «Parvardigor, nega bizga jangni farz qilding? Bizlarga bu ajalni bir oz keyinroq yuborganingda edi», dedilar. Ularga ayting: «Dunyo matosi ozginadir. Allohdan qoʻrqqan kishiga Oxirat yaxshiroqdir. Sizlarga qilchalik zulm qilinmas».(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), мана бу кимсаларни кўрмадингизмики, уларга (илгари Маккада турган пайтларида кофирларга қарши жанг қилишга талабгор бўлганларида) «Ўзингизни босинг ва намозингизни ўқиб, закотингизни адо этиб туринглар», дейилган эди. Энди жанг фарз қилинганида эса баногоҳ улардан бир тўпи одамлардан Аллоҳдан қўрққандек, балки ундан-да қаттиқроқ қўрқмоқдалар. Ва (ҳатто) «Парвардигор, нега бизга жангни фарз қилдинг? Бизларга бу ажални бир оз кейинроқ юборганингда эди», дедилар. Уларга айтинг: «Дунё матоси озгинадир. Аллоҳдан қўрққан кишига Охират яхшироқдир. Сизларга қилчалик зулм қилинмас».

90-sahifa · 5-juz · 9-hizb90-саҳифа · 5-жуз · 9-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَلَمْemasmiэмасмиتَرَkoʻrdingкўрдингإِلَىtomonтомонٱلَّذِينَkimsalarniкимсаларниقِيلَaytilganайтилганلَهُمْulargaуларгаكُفُّوٓا۟tiyingтийингأَيْدِيَكُمْqoʻlingizniқўлингизниوَأَقِيمُوا۟va toʻkis ado etingва тўкис адо этингٱلصَّلَوٰةَnamozniнамозниوَءَاتُوا۟va beringва берингٱلزَّكَوٰةَzakotniзакотниفَلَمَّاbas, qachonkiбас, қачонкиكُتِبَfarz qilingandaфарз қилингандаعَلَيْهِمُulargaуларгаٱلْقِتَالُurushурушإِذَاbirdanбирданفَرِيقٌۭbir guruhбир гуруҳمِّنْهُمْulardanуларданيَخْشَوْنَqoʻrqishmoqdaқўрқишмоқдаٱلنَّاسَodamlardanодамларданكَخَشْيَةِxuddi qoʻrqqandekхудди қўрққандекٱللَّهِAllohdanАллоҳданأَوْyokiёкиأَشَدَّqattiqroqқаттиқроқخَشْيَةًۭ ۚqoʻrquv ilaқўрқув илаوَقَالُوا۟va dedilarва дедиларرَبَّنَاey Robbimizэй Роббимизلِمَnegaнегаكَتَبْتَfarz qildingфарз қилдингعَلَيْنَاbizgaбизгаٱلْقِتَالَurushniурушниلَوْلَآboʻlmasmidiбўлмасмидиأَخَّرْتَنَآbizni ortga sursangбизни ортга сурсангإِلَىٰٓ-gacha-гачаأَجَلٍۢmuddatмуддатقَرِيبٍۢ ۗyaqinяқинقُلْdeb aytдеб айтمَتَـٰعُmatohiматоҳиٱلدُّنْيَاdunyoningдунёнингقَلِيلٌۭozозوَٱلْـَٔاخِرَةُva oxiratва охиратخَيْرٌۭyaxshidirяхшидирلِّمَنِkimsagaкимсагаٱتَّقَىٰtaqvo qilganтақво қилганوَلَاva emasва эмасتُظْلَمُونَzulm qilinasizlarзулм қилинасизларفَتِيلًاqilchalikқилчалик
TafsirТафсир

Ulamolarimizning fikrlaricha, bu oyati karima Paygʻambarimiz alayhissalomning hijratlaridan keyin jihod farz boʻlishi bilan hosil boʻlgan muammolarni muolaja qilish uchun tushirilgandir. Makkai Mukarramada baʼzi musulmonlar kofir-mushriklarning azobi avjiga chiqqan paytida qattiq qiynalgan edilar. Lekin u payt ularga jang qilishga ruxsat berilmagan edi. Balki sabr qilish, urushmay turish, namoz oʻqib, zakot berish topshirilgan edi. Qiynoqda qolgan musulmonlar esa, butun vujudlari bilan urushga izn berilishini orzu qilishar, bu iznni zorlanib soʻrashar edi. Shuningdek, Madiynai Munavvarada baʼzi munofiqlar ham bu ishga qoʻshilgan boʻlishlari mumkinligini ayrim ulamolar aytib oʻtishgan. Gapning xulosasi, bir guruh odamlar kofirlarga qarshi jang qilishga ruxsat boʻlishini juda ham xohlagan edi.

Ularning talabi haddan oshganda, bir oz tinchlantirish uchun ularga:

«Qoʻlingizni tiying, namoz oʻqib, zakot bering, deb aytilgan», edi.

Chunki oʻsha vaqt jihodga izn berish uchun munosib vaqt emas edi. Madiynai Munavvaraga hijrat qilingandan soʻng ham, mushriklar musulmonlarni tinch qoʻymadilar. Ularni tag-tomirlari bilan quritib yuborish payiga tushib qoldilar. Ana shundagina Alloh taolo musulmonlarga kofirlarga qarshi urush qilishga izn berdi. Shunda gʻalati holatga duchor boʻlindi. Urushning farz qilinishini zorlanib soʻraganlardan baʼzilari urushdan qoʻrqdilar va:

«Ularga urush farz qilinganda, birdan, bir guruhlari odamlardan xuddi Allohdan qoʻrqqandek yoki undan ham qattiqroq qoʻrqishmoqda. Va: «Ey Robbimiz, bizga urushni nega farz qilding, bir oz ortga surib tursang boʻlmasmidi?!» demoqdalar».

Odamlarning qiyinchilikka munosabatlari turlicha boʻladi. Baʼzilar har qanday mashaqqatga chidab, sabr qiladilar. Boshqalar chidayolmay, maqsaddan qaytishlari ham mumkin. Uchinchi bir toifa esa, maqsaddan qaytmasdan keskin biror chora koʻrishni, yaʼni, borini bor, yoʻgʻini yoʻq qilib qoʻyaqolishni afzal koʻradilar.

Ehtimol, Makkai Mukarramada mushriklarning qiynoqlari ostida qattiq ezilgan musulmonlardan baʼzilari xuddi shu uchinchi yoʻlni tutmoqchi boʻlishgandir. Ammo, Madiynai Munavvaraga hijrat qilganlaridan soʻng, bu yerda qaror topib, tinchlanib, yuqoridagi gʻayratlari soʻnib qolgan boʻlsa kerak. Hayotga qiziqishlari ortib, urush ular uchun xavfli koʻrinib qolgandir. Nima boʻlganda ham, ularning bu ishlari notoʻgʻri. Allohdan amr kelgandan keyin bajarilishi shart, munoqasha qilinmaydi. Musulmon odamga bu dunyoning unchalik qizigʻi yoʻq. Asosiysi–u dunyo baxtiga erishish. Allohning amriga boʻysunish va jihodga ragʻbat bilan borish oʻsha asosiy maqsadga erishishning haqiqiy omilidir. Hamma oxiratni oʻylashi kerak, oxiratda qilganiga yarasha olinadi. Bu maʼnoni oʻsha urushdan qoʻrqqanlarga tushuntirishni Alloh taolo Paygʻambari alayhissalomga topshirmoqda:

«Dunyoning matohi oz, oxirat esa, taqvo qilganlarga yaxshidir. Va qilchalik zulm qilinmassizlar», deb ayt».

Urushdan qoʻrqqanlar dunyoning matohiga qiziqqanlaridan jihodning farz qilinganligini xush koʻrmagan boʻlsalar, shuni bilib qoʻysinlarki, bu dunyoning matohi juda ham oz. Oʻsha oz matohni deb oxiratdan benasib boʻlish kerak emas. Oxiratga erishish uchun esa, taqvodor boʻlish kerak. Taqvodorlik Allohning amriga toʻla boʻysunib, jihodga chiqishni taqozo etadi. U dunyoda hech kimga zarracha zulm qilinmaydi.

Keyingi oyatda bu nasihat davom etadi: