QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят78

أَيْنَمَا تَكُونُوا۟ يُدْرِككُّمُ ٱلْمَوْتُ وَلَوْ كُنتُمْ فِى بُرُوجٍ مُّشَيَّدَةٍ ۗ وَإِن تُصِبْهُمْ حَسَنَةٌ يَقُولُوا۟ هَـٰذِهِۦ مِنْ عِندِ ٱللَّهِ ۖ وَإِن تُصِبْهُمْ سَيِّئَةٌ يَقُولُوا۟ هَـٰذِهِۦ مِنْ عِندِكَ ۚ قُلْ كُلٌّ مِّنْ عِندِ ٱللَّهِ ۖ فَمَالِ هَـٰٓؤُلَآءِ ٱلْقَوْمِ لَا يَكَادُونَ يَفْقَهُونَ حَدِيثًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qayerda bo`lsangiz ham, hattoki mustahkam qal'alarda bo`lsangiz ham, o`lim sizni topadir. Agar ularga yaxshilik yetsa, bu Allohdan, derlar. Yomonlik yetganda esa, bu sendan, derlar. «Hammasi Allohdan», deb ayt! Anavi qavmlarga nima bo`ldiki, gapni tushunay demaslar?!Қаерда бўлсангиз ҳам, ҳаттоки мустаҳкам қалъаларда бўлсангиз ҳам, ўлим сизни топадир. Агар уларга яхшилик етса, бу Аллоҳдан, дерлар. Ёмонлик етганда эса, бу сендан, дерлар. «Ҳаммаси Аллоҳдан», деб айт! Анави қавмларга нима бўлдики, гапни тушунай демаслар?!Alauddin Mansour: Qayerda boʻlsangiz, hatto mustahkam qalʼalar ichida boʻlsangiz ham oʻlim sizlarni topib olur. Agar ularga (munofiqlarga) biron yaxshilik yetsa, «Bu Allohning huzuridan», deydilar. Bordi-yu biron yomonlik yetib qolsa, «Bunga sen sababsan», deydilar. Ayting: «Hamma narsa Allohdandir». Nega bu qavm kishilari hech gap anglamaydilar-a?!Қаерда бўлсангиз, ҳатто мустаҳкам қалъалар ичида бўлсангиз ҳам ўлим сизларни топиб олур. Агар уларга (мунофиқларга) бирон яхшилик етса, «Бу Аллоҳнинг ҳузуридан», дейдилар. Борди-ю бирон ёмонлик етиб қолса, «Бунга сен сабабсан», дейдилар. Айтинг: «Ҳамма нарса Аллоҳдандир». Нега бу қавм кишилари ҳеч гап англамайдилар-а?!

90-sahifa · 5-juz · 9-hizb90-саҳифа · 5-жуз · 9-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَيْنَمَاqayerdaқаердаتَكُونُوا۟boʻlsangizбўлсангизيُدْرِككُّمُsizni topadirсизни топадирٱلْمَوْتُoʻlimўлимوَلَوْva hattokiва ҳаттокиكُنتُمْboʻlsangiz hamбўлсангиз ҳамفِى-da-даبُرُوجٍۢqalʼalarқалъаларمُّشَيَّدَةٍۢ ۗmustahkamмустаҳкамوَإِنva agarва агарتُصِبْهُمْularga yetsaуларга етсаحَسَنَةٌۭyaxshilikяхшиликيَقُولُوا۟derlarдерларهَـٰذِهِۦbuбуمِنْ-dan-данعِندِhuzuriҳузуриٱللَّهِ ۖAllohАллоҳوَإِنva agarва агарتُصِبْهُمْularga yetsaуларга етсаسَيِّئَةٌۭyomonlikёмонликيَقُولُوا۟derlarдерларهَـٰذِهِۦbuбуمِنْ-dan-данعِندِكَ ۚsening huzuringсенинг ҳузурингقُلْdeb aytдеб айтكُلٌّۭhammasiҳаммасиمِّنْ-dan-данعِندِhuzuriҳузуриٱللَّهِ ۖAllohАллоҳفَمَالِbas, nima boʻldikiбас, нима бўлдикиهَـٰٓؤُلَآءِanaviанавиٱلْقَوْمِqavmlargaқавмларгаلَاemasэмасيَكَادُونَyaqin keladilarяқин келадиларيَفْقَهُونَtushunishgaтушунишгаحَدِيثًۭاgapniгапни
TafsirТафсир

Jihodga chiqishni xohlamaslik asosan oʻlimdan qoʻrqish tufayli boʻladi. Lekin oʻlim faqat jihod maydonidagina yetadimi?! Boshqa joylarda oʻlim yoʻqmi? Jihodga chiqqan oʻladi-yu, chiqmagan tirik qolaveradimi? Yoʻq, ajali yetmagan qirq yil qironda yurganda, qilcha ziyon koʻrmaydi. Ajali yetganda esa, hech narsa toʻsiq boʻla olmaydi. Oyati karimada ushbu haqiqat quyidagicha tushuntirilyapti:

«Qayerda boʻlsangiz ham, hattoki mustahkam qalʼalarda boʻlsangiz ham, oʻlim sizni topadi».

Sirtdan qaraganda, urush maydonida oʻlim bor-u, mustahkam qalʼada yoʻq. Shu yerda mazkur, Makkada jihod farz boʻlishini soʻragan, jihod farz boʻlgandan keyin esa, undan qoʻrqqan muhojirlar haqidagi soʻzlar tugaydi. Bundan buyoqda musulmonlar orasiga kirib qolgan baʼzi bir toifalar haqida soʻz ketadi. Bu toifadagi odamlarda qazoi qadar tushunchasi notoʻgʻri boʻlgan. Ular Paygʻambarimiz alayhissalomdan shumlanishgan, yaʼni, bu oyoqi yoqmaydigan odam ekan, degan xayolga borishgan edi. Shu bilan birga, Paygʻambarimiz alayhissalomning rahbarliklariga futur yetkazishga uringanlar. Shunday toifadagilarning holi oyatda quyidagicha vasf qilinadi:

«Agar ularga yaxshilik yetsa, bu Allohdan, derlar. Yomonlik yetganda esa, bu sendan, derlar».

Bu gaplardan ularning haqiqatan ham Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan shumlanishlari koʻrinib turibdi. Chunki ular u zotga faqat yomonlikni nisbat bermoqdalar, yaxshilikni emas. Bu ularning botil fikr va tasavvurlaridir. Ular buni Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga ochiq-oydin aytmoqdalar. Alloh taolo esa, bu haqdagi haqiqiy toʻgʻri fikrni ularga tushuntirishni Paygʻambarimizga topshirib:

«Hammasi Allohdan», deb ayt!» demoqda.

Ulkan haqiqat mana shudir. Albatta, hamma narsa Allohdan– yaxshilik ham Allohdan, yomonlik ham. U borliqdagi yagona ish yurituvchi. Borliqda nima sodir boʻlsa, Uning Oʻzidan. Harakat va urinish insondan, uning amalga oshishi esa, Allohdandir. Inson yaxshilikka harakat qiladi, reja tuzadi, urinadi, turli vositalarni ishga soladi, ammo oʻsha yaxshilikning vujudga kelishi Allohning irodasi ila boʻladi. Chunki, bir narsani bor yoki yoʻq qilishga Allohning qudratidan oʻzga qudrat yoʻq.

Shuningdek, inson yomonlikka ham harakat qiladi, reja tuzadi, urinadi, turli vositalarni ishga soladi, ammo oʻsha yomonlikning vujudga kelishi Allohning irodasi ila boʻladi. Chunki, oʻsha yomonlikni yuzaga chiqarishga Allohning qudratidan oʻzga qudrat yoʻq. Buni hamma tushunishi kerak. Ammo:

«Anavi qavmlarga nima boʻldiki, gapni tushunay demaslar?!»

Keyingi oyatda xuddi shunga oʻxshash masala tamoman boshqa tomondan muolaja qilinadi. Avvalgi oyatda yaxshilik yoki yomonlikda boshqa odam omil boʻlish-boʻlmasligi muhokama etilgan boʻlsa, bu oyatda har kimning qilgani oʻziga nisbatan qanday baholanishi bildiriladi: